Xo‘shiev Shuhrat Panjievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Naporli quvurlarida gidravlik zarba va uning so‘ndirgichi hisobini takomillashtirish”.
05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6293.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Jonqobilob Ulug‘murad Umbarovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12T.17.02. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Bekmamat texnika fanlari doktori, dotsent. Rahimov Ashraf Rasul o‘g‘li texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot – Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Naporli quvurlarda gidravlik zarba va uning so‘ndirgichini hisoblash usullarini oqim butunligi uzilishini inobatga olib takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyuqlikning klapan tomon tezlashishini (razgonini) inobatga olgan holda naporli quvur uzunligi bo‘yicha siqilmaydigan suyuqlikda gidravlik zarbani hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
gidravlik zarbaning maksimal naporini hisoblash usuli nasos agregati aylanish qismi va nasos kamerasi ichidagi suv massalarining inersiyasilarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
naporli quvurda gidravlik zarba parametrlarini aniqlash usuli suyuqlik butunligi uzilgan joyda tutilgan havoning siqilishini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
gidravlik zarba paytida naporli quvur oxiriga o‘rnatilgan havo kamerasining hajmini aniqlash usuli kamerada havo siqilishining izotermik va adiabatik qonuniyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Naporli quvurlarda gidravlik zarba va uning so‘ndirgichi hisobini suyuqlikning tezlashishini, nasos aylanish qismlari va nasos kamerasi ichidagi suv massalarining inersiyasilarini va oqim butunligi uzilishini hisobga olgan holda gidravlik zarbani va uning so‘ndirgichi–havo kamerasini hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suyuqlikning klapan tomon tezlashishini (razgonini) va nasos agregati aylanish qismi va nasos kamerasi ichidagi suv massalarining inersiyasilarini inobatga olgan holda gidravlik zarbani hisoblash usullari O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi Qarshi tumanida joylashgan Qo‘ng‘irtog‘ nasos stansiyasida amaliyotga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 6-martdagi 04/19-1014-sonli ma’lumotnomasi). Natijada naporli quvurlarning me’yordagi ishlashini ta’minlash natijasida resurslarni tejashning 6-9 foizga oshirish imkonini bergan;
quvurlarninmg singan kesimlarida suyuqlik butunligi uzilgan joyda tutilgan havoning siqilishini va so‘ndirgich-havo kamerasi ichida havo siqilishining izotermik va adiabatik qonuniyatlarini inobatga olgan holda naporli quvurlarda gidravlik zarba va uning so‘ndirgichini hisoblash usullari natijalari O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi Kitob tumanida joylashgan Varganza-2 nasos stansiyasida amaliyotga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 6-martdagi 04/19-1014- sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyasining me’yordagi ish rejimini ta’minlash natijasida resurslarni tejashning 7-10 foizga oshirish imkonini bergan.