Soy Gerasim Nikolaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Teri xomashyosidan namlikni siqib chiqaruvchi mashinalarni takomillashtirish va innovatsion texnologiyarlarning ilmiy va amaliy asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robototexnika, mexatronika va robototexnika tizimlar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.1.DSc/T589.
Ilmiy maslahatchi: Baxadirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Farxod Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: terining reologik modelini, ko’n yarim mahsulotidan namlikni yanada samarali chiqarish uchun siqish texnologiyasini va valli siquv mashinasini takomillashtirish va ularni eksperemental asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
charmning reologik parametrlarini, shuningdek, teriga mexanik ishlov berish texnologik mashinalarining ishchi parametrlarini matematik jihatdan aniqroq tavsiflash imkonini beruvchi kapillyar tolali materiallarning deformatsion inertlik koeffisienti parametrlarini aniqlash usuli va qurilmalari ishlab chiqilgan;
charm -yarim tayyor mahsulotini ishlov berish zonasiga uzatish tezligini boshqarish orqali turli qalinlikdagi ishlov beriladigan charmlar diapazonini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradigan, ishlov berish tezligi avtomatik boshqariladigan valli mashina ishlab chiqilgan;
plitkali presslar yordamida namlikni yo‘qotish jarayonini o‘rtacha 15 foizga oshiradigan charm yarim tayyor mahsulotlari orasidagi namlikni chiqarivchi materialning ta’siri asoslangan;
charmning reologik parametrlarini aniqroq tavsiflash imkonini beriir, bu esa o‘z navbatida teriga mexanik ishlov berish, texnologik mashinalarining ishchi parametrlarini hisoblashning muhandislik usullari ishlab chiqish imkonini beruvchi deformatsion inertlik koeffisienti ko‘rinishidagi reologik parametr orqali ifodalanadigan charm yarim tayyor mahsulotining takomillashtirilgan reologik modeli tenglamasi keltirib chiqarilgan;
turli qoplamali siqish vallari juftliklari, siqish bosimi va o‘tkazish tezligining charm yarim tayyor mahsulotidan siqib chiqarigan namlik miqdoriga ta’siri aniqlangan;
qatlamlari orasiga parametrlari charm yarim tayyor mahsulotidan namlikni siqib chiqarishda mashina unumdorligini ikki martagacha oshirish imkonini beradigan namlikni chiqarivchi LASh materiallari o‘rnatilgan ko‘p qatlamli charm yarim tayyor mahsulotlari uchun chiqarilgan namlik miqdorining siqish vallarining bosimiga va o‘tkazish tezligiga bog‘liqligining matematik modellari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ko’n yarim mahsulotlarini siqish va presslash jarayonini takomillashtirish, shuningdek, suyuqlikni siqib chiqaruvchi valli mashinalar konstruksiyalarini yaxshilash bo’yicha muammolarni o’rganish asosida:
deformatsiya inersiyasining reologik parametrini aniqlash usuliga O’zR Adliya Vazirligi qoshidagi Intellektual Mulk Agentligidan ixtiroga patent olingan (IAP №05761, 2019 y.);
ko’n yarim mahsulotlaridan suyuqlikni siqib chiqarish usuli va qurilmalariga O’zR Adliya Vazirligi qoshidagi Intellektual Mulk Makazining ixtiro va foydali modelga patentlar olingan (№IAP 04451,2011g.; №FAP 00732, 2012 y.; №IAP 04458, 2012 y.; №FAP 01735, 2021 y.; №FAP 01763, 2022 y, ; №IAP 06957, 2022 y.; №IAP 06958, 2022 y.; №IAP 07074, 2022 y.);
teri xomashyosidan namlikni siqib chiqaruvchi mashinalarni takomillashtirish va innovatsion texnologiyalari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi “Premium Leather” MChJ va “GOLD LEATHER EXPORT IMPORT” MChJ korxonalarida joriy etilgan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2025-yil 24 - dekabrdagi 01-07/3471-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yarim tayyor mahsulotlardan namlikni mexanik ravishda olib tashlash bilan 2 barobar va undan yuqori mahsuldorlik bilan valli mashinani ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi va egallab olingan ishlab chiqarish maydonini 2 barobar kamaytirish imkoniyati yaratilgan.