Shamsidinova Umida Rustambek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni - “Yuqori deformatsiyalanish xossalariga ega trikotaj matolardan tikuv buyumlarini loyihalash texnologiyasini ishlab chiqish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5423 
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salih Shukurovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03 
Rasmiy opponentlar: Nabidjonova Nargiza Nasimjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Texnika fanlari nomzodi, dotsent Bazarbaeva Go‘zal G‘ulomovna.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika institutini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: deformatsiyalanish xossalarining o‘ziga xos xususiyatlarini, xususan, erkin qoplanish qo‘shimchalarini hisobga olgan holda trikotaj matolardan buyumlarni loyihalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
trikotaj matolarning deformatsiyalanish xossalarini o‘rganish asosida, inson tanasiga ruxsat etilgan bosim me’yorlarini hisobga olgan holda tikuv-trikotaj buyumlari konstruksiyasiga kiritiladigan qisqarishlar va qo‘shimchalar asoslab berilgan;
trikotaj matolarning deformatsiyalanish xossalarini hisobga olgan holda tikuv buyumlarini bazis konstruksiyasining asosiy uchastkalarini qurishda qo‘llaniladigan maqbul parametrlari, shuningdek o‘lcham belgilariga beriladigan ko‘shimchalar aniqlangan va ilg‘or usuli taklif etilgan;
trikotaj matolarning deformatsiyalanish darajasi bilan ularning kompression xossalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan va inson tanasiga beriladigan bosimni xisoblash usuli taklif etilgan;
deformatsiyalanish natijasida trikotaj mato tuzilmasidagi o‘zgarishlarning ta’sirini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan hamda bog‘liqlik grafiklari asosida ularning ratsional parametrlarini aniqlash imkoniyati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Trikotaj matolarning deformatsiyalanish xossalarini hisobga olgan holda konstruksiyalash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
trikotaj matolardan tikuv buyumlarining yangi namunalarini “IDEAL TEKSTIL-ORZU” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026-yil 28-apreldagi № 01/06-602 -son ma’lumotnomasi). Natijada, trikotaj-tikuv buyumlarining tajriba partiyasini ishlab chiqarishda xomashyo sarfini kamaytirish orqali mehnat unumdorligi 14% ga oshishi hisobiga korxonada 1 tonna trikotaj mato ishlab chiqarishdan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 195 545 000 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish