Ochilov Laziz Ibodovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqlik quvuri asosidagi quyosh isitish tizimini ishlab chiqish”, 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.03/2025.28.11.T.16.01.
Ilmiy rahbar: Ahatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.28.11.T.16.01
Rasmiy opponentlar: Axadov Jobir Zamirovich - texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. Xojiev Qayum Beshimovich - texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: Binolarni issiqlik bilan ta’minlashda issiqlik quvurlaridan foydalanish, ularning past haroratlardagi ish rejimlarini optimallashtirish va an’anaviy energiya resurslarini tejash imkonini beruvchi optimal texnik echimlarni ishlab chiqish.
III. Tatqiqotning ilmiy yangiligi:
binolarni isitish uchun mo‘ljallangan issiqlik quvuri asosidagi quyosh tizimining issiqlik balansi tenglamalari va ularning sonli echimlari asosida, issiqlik quvurining tashqi sirti harorati va qurilmaning birlik uzunligidan vaqt birligi ichida uzatilgan issiqlik miqdorining soatlik o‘zgarishini hisoblash imkonini beradigan matematik modeli ishlab chiqilgan;
passiv quyosh isitish tizimi integratsiya qilingan turar-joy binosi uchun fazaviy o‘tuvchi issiqlik saqlovchi materialga ega, energetik samaradorligi yuqori bo‘lgan issiqlik quvuri ishlab chiqilgan;
quyosh qurilmalari uchun issiqlik akkumlatsiyalovchi, fazaviy o‘tuvchi materiallarning fazaviy o‘tish jarayonidagi harorati 50-55 °C bo‘lgan oraliqda solishtirma issiqlik sigʼimi maksimal 60 kJ/kg ekanligi aniqlangan;
binoga o‘rnatilgan shaffof to‘siqlikli izolyasiyalangan qoplamali “issiq quti”ga tabiiy sharoitda o‘tkazilgan tajriba tadqiqotlari natijalarini umumlashtirib qayta ishlash asosida, issiqlik quvurining bug‘latgich va kondensatsiya haroratini kunning istalgan vaqti uchun quyosh radiatsiyasi va atrof-muhit haroratiga bog‘liq holda aniqlovchi empirik tenglama olingan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Binolarni isitish uchun issiqlik quvuri asosidagi quyosh tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik quvurli passiv quyosh isitish akkumulyasiyalash tizimi uchun O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan (№FAP 02206). Natijada, faza o‘zgartiruvchi materialga ega issiqlik akkumulyatoridan foydalanib turar joy binolarining tashqi devorlarida quyosh nurlanishini issiqlik energiyasiga aylantirish va saqlash orqali energiya samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega issiqlik quvurli passiv quyosh isitish akkumulyasiyalash tizimi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
binolarni isitish uchun issiqlik quvuri asosidagi quyosh tizimi Buxoro viloyati, “Siroj Story Bulding” MChJda joriy etilgan (Energetika vazirligining 2025 yil 24 dekabrdagi № 04-13-7214- son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur korxona binosining janubiy qismi devoriga issiqlik quvurini o‘rnatish orqali binoni isitish va sovutish mavsumlarida yillik energiya sarfini kamaytirish uslublari ishlab chiqilib, birlik yuzaga hisoblanganda yiliga 187 kWh elektr energiyasi tejalishiga erishilgan.