Mardonov Davron Shamsi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2674.
Ilmiy rahbar:  Ishnazarov Oybek Xayrilaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.28.11.T.16.01
Rasmiy opponentlar:Kadirov Kamoliddin Shuxratovich - texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. Bekishev Allabergan Ergashevich- texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: sharli tegirmonlarda aylanish tezligi va sharlarni yuklash ko‘rsatkichlarini maqbullashtirish asosida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tatqiqotning ilmiy yangiligi:
sharli tegirmon boshqariluvchi elektr yuritmasida shar yuklamasi miqdori, o‘lchami hamda tegirmon aylanish tezligi ta’sirini hisobga olgan holda sinxron motorning matematik modeli ishlab chiqilgan;
sharli tegirmonning shar bilan maqbul yuklanish darajasini aniqlash maqsadida nochiziqli regressiya usuli asosida elektr energiyasi sarfining matematik modeli yaratilgan;
texnologik jarayon ko‘rsatkichlari hamda akustik nazorat signallari asosida sharli tegirmon elektr yuritmasining boshqarish tizimi funksional sxemasi ishlab chiqilgan;
tegirmonning texnologik parametrlari va sharshara rejimi xususiyatlarini hisobga olgan holda shar bilan yuklashning energiya samarador usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rudani maydalaydigan tegirmonlarni shar bilan yuklashning energiya va resurs tejamkor tizimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
shar yuklamasi miqdori va o‘lchamlarini maqbul shakllantirish, tegirmon aylanish tezligini tanlash hamda yanchish jarayonining energetik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan usul va tavsiyalar Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ 1-sonli Gidrometallurgiya zavodiga joriy etildi (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 11 iyuldagi №23/01-01-07/503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tegirmon agregatlarida elektr energiyasidan samarali foydalanish hamda ish rejimining barqarorligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
sharli tegirmon boshqariluvchi elektr yuritmasining matematik modeli, elektr energiya sarfini baholovchi nochiziqli regressiya modeli hamda texnologik va akustik nazorat signallariga asoslangan energiya tejamkor boshqarish algoritmlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ 1-sonli Gidrometallurgiya zavodiga joriy etildi (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2024 yil 11 iyuldagi №23/01-01-07/503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada solishtirma elektr energiya sarfi 0,5–3%ga kamaytirilib, yiliga 132 000 000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaraga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish