Azizov Bunyod Mavlonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu667.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ikrom Abdurasulovich yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.02
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori (DSc) Umirov Fitrat Faxriddinovich; yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Eshimbetov Mahmud Urazboevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi O‘zbekistonda ma’muriy tartib-taomillar bo‘yicha amaldagi qonunchilikni tahlil qilish, rivojlangan xorijiy va MDH davlatlari tajribasini o‘rganish orqali mavjud muammo va huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash, shuningdek ma’muriy munosabatlarni adolatli tartibga solishga qaratilgan takomillashtirish takliflarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun normalari asosida lisenziyalash, ruxsat berish, xabardor qilish, malaka sertifikatlari berish bilan bog‘liq tartibotlar va huquqiy asoslari to‘liq qayta ko‘rib chiqilgan, jarayonlar raqamlashtirishlgan hamda 250 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar 4 ta hujjatga birlashtirilgan hamda ma’muriy hujjatlarni avtomatik vositalar yordamida qabul qilish mumkinligi asoslab berilgan;
vijdonan harakat qilgan manfaatdor shaxslarning ma’muriy hujjatga bo‘lgan ishonchini himoya qilish, ayniqsa ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning zarariga bekor qilinayotganda uning ishonchini himoya qilish lozim bolgan holatlarda ma’muriy hujjatni bekor qilmaslikka oid mexanizmlarini belgilash lozimligi asoslatirib berilgan;
ma’muriy munosabatlarga oid ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish tartibini joriy etish, bunda ma’muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan ayrim hujjatlarini sudgacha ko‘rib chiqib, ularni o‘zgartirish, qisman yoki to‘liq bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish asoslantirib berilgan;
ma’muriy tartib-taomillarni yo‘l harakatini tartibga soluvchi belgilar va ishoralarga to‘liq tatbiq etish va bunday belgilar bilan bog‘liq ma’muriy nizolarni ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda qo‘llanilgan:
ma’muriy tartib-taomillar tamoyillari asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqib ularni mazkur tamoyillarga muvofiqlashtirish, tizimlashtirish va sonini maqbullashtirish haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi”ning 4-bobi 1-bo‘limini hamda 2-ilovasi bilan tasdiqlangan 
“yo‘l xaritasi”ning 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Adliya vazirligining 
2025-yil 6-yanvardagi 14/1-6/6425-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida lisenziyalash, xabardor qilish, ruxsat berish va malaka sertifikatini rasmiylashtirishni tartibga soluvchi 200 dan ortiq normativ huquqiy hujjatlar tizimlashtirib, Vazirlar Mahkamasining 4 ta qaroriga (2022-yildagi 80, 86, 88-son, 2023-yildagi 635-son qarorlariga) birlashtirishga va jarayonlarni to‘liq raqamlashtirishga xizmat qilgan;
vijdonan harakat qilgan manfaatdor shaxslarning ma’muriy hujjatga bo‘lgan ishonchini himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqish, bunda ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning zarariga bekor qilinayotganda uning ishonchi himoya qilish va ma’muriy hujjatni bekor qilmaslikka oid mexanizmlarini belgilash haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF–67-son Farmoni bilan “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 28.4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-maydagi 12-16-22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida vijdonan harakat qilgan manfaatdor shaxslarning ma’muriy hujjatga bo‘lgan ishonchini himoya qilish mexanizmlari ishlab chiqildi, bu ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning zarariga bekor qilinayotganda uning ishonchi himoya qilinishiga xizmat qiladi;
ma’muriy tartib-taomillarga va ma’muriy munosabatlarga oid ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son Farmonning 15-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Adliya vazirligining 2025-yil 6-yanvardagi 14/1-6/6425-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy ma’muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan ma’muriy hujjatlarini sudgacha ko‘rib chiqib, ularni o‘zgartirish, qisman yoki to‘liq bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
ma’muriy tartib-taomillarni yo‘l harakatini tartibga soluvchi belgilar va ishoralarga to‘liq tatbiq etishga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 85-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2025-yil 23-maydagi 12-16-22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yo‘l harakatini tartibga soluvchi belgilar bilan bog‘liq ma’muriy nizolarni ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqilishiga, manfaatdor shaxslarning ishonchi himoya qilinishi ta’minlanishiga xizmat qilgan.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari qabul qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish