Ashurova Xurshida Sag‘dullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand jadidlarining ijtimoiy-siyosiy qarashlari (XX asrning birinchi choragi)», 09.00.03–Falsafa tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal30.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rustam Toxirovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor, Xo‘jaev Muminjon Isoxonovich, falsafa doktori (PhD) falsafa fanlari bo‘yicha.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand jadidlarining Turkiston o‘lkasi xalqlari ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy yuksalishidagi o‘rnini tarixiy-falsafiy nuqtai-nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand jadidlarining ilmiy merosida milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish (shaxsning qobiliyatini, dunyoqarashini o‘stirish va takomillashtirish)ga yo‘naltirilgan islohotlarning bugungi kundagi kreativ, raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalashga bog‘liqligi mantiqiy jihatdan asoslangan;
jadidchilik ta’limotidagi milliy ozodlik g‘oyalarining hozirgi global tahlikali zamonda milliy-huquqiy davlatchilikni rivojlantirishdagi zaruratining tarixiy ildizlari (mafkuraviy, siyosiy, ijtimoiy, gumanistik) davr xarakteri orqali aniqlangan;
Samarqand jadidlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida aks etgan ma’rifatparvarlik konsepsiyalari milliy mustaqillik g‘oyalari taraqqiyotiga xalaqit berayotgan konservativ, reaksion hodisalarning oldini olishda muhim vosita ekanligi isbotlangan;
yoshlarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, ularda faol ijtimoiy pozisiyani shakllantirish va milliy o‘zlikni anglashda Samarqand jadidlari qoldirgan umuminsoniy g‘oyalarga boy ma’naviy merosining tarixiy vorisiylikni rivojlantiruvchi mohiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand jadidlarining ijtimoiy-siyosiy va falsafiy ta’limotini ilmiy tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
Samarqand jadidlarining ilmiy merosida milliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirishga qaratilgan islohotlarning g‘oyaviy zaruriyati mantiqiy jihatdan asoslab berilgan falsafiy xulosalaridan Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining “Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va aniqlangan muammolarni hal etish borasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish” Konsepsiyasini va “Hududda jinoyatchilikning oldini olish, ularni sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini muhokama qilishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 26 iyuldagi 02-03/486-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishda ilmiy nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
jadidlar dunyoqarashining o‘ziga xosligi va yoshlar ta’lim tarbiyasiga oid bunyodkor g‘oyalaridan global tahlikali zamonda zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olish, yoshlar orasida ma’naviy meros, milliy g‘oya, ma’naviy taraqqiyot va ajdodlarimizning ma’naviy merosi targ‘ibotiga qaratilgan taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari va barcha targ‘ibotchilarga mo‘ljallangan qo‘llanmani tayyorlashda hamda Buyuk allomalarimiz mashhur asarlarining qisqacha sharhi va mazmunini ochib beruvchi Mobil ilova yaratish va ishga tushiurishda keng foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 30 maydagi 02/09-668-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurtimizda etishib chiqqan buyuk shaxslar, davlat arboblari va allomalarning hayoti hamda ular qoldirgan ma’naviy merosni, nodir qo‘lyozmalarni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga etkazishga xizmat qilgan;
Samarqand jadidlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida aks etgan ma’rifatparvarlik konsepsiyalari milliy mustaqillik g‘oyalari taraqqiyotiga xalaqit berayotgan konservativ, reaksion hodisalarning oldini olishda muhim vosita ekanligiga oid ilmiy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoq markaziy kengashi tomonidan 2019 yil mart oyida respublika miqyosida o‘tkazilgan “Buyuk ajdodlar merosini o‘rganish” dasturi ssenariysini tayyorlashda va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 28 maydagi 04-13/2504-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamiz yoshlarining milliy qadriyatlarga va ma’naviy merosimizga bo‘lgan munosabatlarini yuksaltirishga xizmat qilgan;
yoshlarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish va ularda faol ijtimoiy pozisiyani shakllantirishda Samarqand jadidlarining konstruktiv (bunyodkorlik) g‘oyalari dolzarb ahamiyatga ega ekanligiga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalari, taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2019 yil 29 oktyabr` kuni efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 6 noyabrdagi 09-02/292-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining ayniqsa yoshlarning tarixiy tafakkurini shakllantirish va madaniy saviyasini o‘stirishga xizmat qilgan.