Kamolov Jo‘rabek Jalol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parabolik konsentrator asosidagi quyosh isitish tizimi” (Buxoro viloyati misolida), 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6210.
Ilmiy rahbar: Axadov Jobir Zamirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.28.11.T.16.01
Rasmiy opponentlar:Toirov Zuvur - texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Raximov Rustam Xakimovich - texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: turar-joy binolariga integratsiya qilinadigan parabolik konsentrator asosidagi fazaviy o‘tuvchi materialga ega panel-nurlanishli quyosh isitish tizimini ishlab chiqish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tatqiqotning ilmiy yangiligi:
turar-joy binolariga integratsiya qilingan fazaviy o‘tuvchi materialga ega parabolik konsentrator asosidagi panel-nurlanishli quyosh isitish tizimi issiqlik sxemasi konstruksiyasi ishlab chiqilgan (№ FAP 2739);
fazaviy o‘tuvchi materialga ega panel-nurlanishli parabolik konsentrator asosidagi quyosh isitish tizimida sodir bo‘luvchi issiqlik jarayonlarini hisoblash imkonini beradigan matematik modeli ishlab chiqilgan;
issiqlik tashuvchi suyuqlikning tizimga kirishdagi harorati, massa sarfi va panel-nurlanishli quyosh isitish tizimi tarkibiy elementlarining issiqlik xossalarini hisobga oluvchi uch o‘lchamli kompyuter modeli ishlab chiqilgan.
ishlab chiqilgan isitish tizimining atrof-muhit harorati, yig‘indi quyosh nurlanishi, parabolik quyosh konsentratorining quvvati, panel-nurlanishli isitish tizimining geometrik o‘lchamlarini hisobga olgan holda parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Turar-joy binolarida issiqlik energiyasi akkumulyasiya qilish va energiya iste’molini tejash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Parabolik konsentrator asosida panel-nurlanishli isitish tizimiga fazaviy o‘tuvchi material integratsiya qilingan tizimi Buxoro viloyati issiqlik Manbai Davlat unitar korxonasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 24 sentyabrdagi 04-25-5289-son ma’lumotnomasi). Natijada yoqilg‘i energiyasini tejash hamda atrof-muhitga chiqariladigan CO2 gazlarining miqdorini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan;
Fazaviy o‘tuvchi materialga ega panel-nurlanishli isitish tizimi Buxoro viloyati issiqlik Manbai Davlat unitar korxonasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 24 sentyabrdagi 04-25-5289-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1 m2 qurilma maydonidan yillik isitish mavsumida, atmosferaga yonilg‘i turi gaz bo‘lganda 9,5 kg (ko‘mir bo‘lganda 32,7 kg) CO2 gazi chiqishining oldi olinishi hisoblangan.
Fazaviy o‘tuvchi materialga ega panel-nurlanishli isitish tizimi Maxmud Muxammad qurilish MChJning 60 m2 turar joy binosida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 24 sentyabrdagi 04-25-5289-son ma’lumotnomasi). Natijada yillik iqtisodiy samaradolik 3 008 460 (uch million sakkiz ming to‘rt yuz oltmish) so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish