Rustamov Mirshohid Ulug‘bek o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat chiqindilari asosida gidrofob, kimyoviy bardosh oltingugurt polimer kompozit materiallarni ishlab chiqish va xossalarini tadqiqotlash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6622.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Erkin Abdihafizovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.10/2025.27.12.T.01.04.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: «Kompozit seropolimerbeton olish uchun tarkib» (№ IAP 8230).
II.Tadqiqotning maqsadi: Neft va gazni qayta ishlash sanoatining ikkilamchi mahsuloti bo‘lgan texnik oltingugurt va mahalliy xomashyolar asosida, agressiv muhitlarga chidamli, yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan oltingugurtli organomineral polimer kompozit materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: oltingugurt polimerli kompozisiyalar tarkibiga kiritilgan fraksiyasi 0,315-1,25 mm bo‘lgan chaqiq graviy va fraksiyasi 0,14-0,63 mm bo‘lgan harakatlanuvchan (zibuchiy) qum zarrachalaridan iborat mayda dispersli mineral to‘ldiruvchilar struktura hosil qiluvchi markaz (yadro) vazifasini bajarishi asoslangan;
to‘ldiruvchi tarkibidagi uglerod allotroplari va amorf uglerod tuzilmalarining bog‘lovchi bilan molekulalararo faol ta’sirlashuvi hisobiga kompozitning strukturasi tartibli shakillanishi asoslangan;
oltingugurt polimer kompozit tarkibidagi uglerodli komponentlar panjaralarning amorf uglerod bilan bog‘langan o‘ziga xos tuzilishi hisobiga, materialning ichki kuchlanishlarini kompensatsiya qilish va natijada tayyor mahsulotning yuqori egiluvchanligini saqlab qolish imkoniyati hisobiga oltingugurt asosidagi kompozitlar uchun xos bo‘lgan yuqori mo‘rtlik muammosini mineral to‘ldiruvchilarning submikrostrukturasi orqali boshqarish aniqlangan;
kompozit tarkibidagi dispersligi 0,315-1,25 mm bo‘lgan 30% chaqiq graviy va zarrachalari 0,14-0,63 mm bo‘lgan 35% oquvchan qum miqdorining maqbul nisbatlarida fizik-mexanik xossalarning maksimal qiymatlarga erishishn asoslangan;
oltingugurt polimerbeton destruktiv jarayonlarini ingibirlash maqsadida ultradispers amorf kremniy dioksidi va GACh-1 (T-1 markali) neft mahsulotining o‘zaro sinergetik ta’siri asosida kompozitning fazoviy strukturasini modifikatsiyalash qonuniyati aniqlangan;
tarkibida oltingugurt bo‘lgan chiqindi keki, modifikator sifatida mazut, armirlovchi komponent sifatida ultradispers amorf kremniy ikki oksidi kukuni va plastifikator sifatida T-1 markali neft gachidan foydalanilgan oltingugurt polimerbeton olish uchun kompozit tarkibi (IAP 8230) va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat chiqindilari asosida gidrofob, kimyoviy bardosh oltingugurt polimer kompozit materiallarni ishlab chiqish va xossalarini tadqiqodlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
IAP 8230 «Kompozit oltingugurt polimerbeton olish uchun tarkib” patenti asosida ishlab chiqilgan gidrafob organominiral polimer kompozit tarkibi va olish texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJ «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» korxonalarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJ «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2026-yil 16-fevraldagi F06/QS-5219-son ma’lumotnomasi). Natijada, konstruksiyalarning kimyoviy muhitlar ta’siriga, sovuqqa chidamliligi va gidrofobligi tufayli ishlash muddatini oshirish uchun qompozisiya ishlab chiqarish imkonini bergan;
yaratilgan oltingugurt polimerbeton kompozit «O‘zbekneftgaz» AJ «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» tasarrufidagi yuqori qatlam bosimi va agressiv minerallashgan suvlar mavjud bo‘lgan burg‘ilash obektlarida hamda «KAOLIN ZONE» MChJning texnologik obektlarida himoyalovchi qatlam sifatida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJ «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2026-yil 16-fevraldagi F06/QS-5219-son ma’lumotnomasi). Natijada tomponaj tarkibni kimyoviy va sovuqqa chidamliligi hamda adgeziya mustahkamligining 2,5 martagacha ortishi hisobiga ularning ekspluatatsion xizmat muddati 2,2–2,5 martaga oshirish imkonini bergan.