Jumabaeva Dilafruz Tojidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Agroturizm faoliyatini agroklasterlar orqali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17- “Turizm va mehmonxona faoliyati”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3663
Ilmiy rahbari: Askarov Nodirbek Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muasasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.07.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:  A.N.Norchaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, D.B.Mamayusupova,  iqtisodiyot fanlari doktori ,dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agroturizm faoliyatini agroklasterlar orqali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    taksometrik baholash metodikasi asosida  atrof-muhitning ifloslanish darajasi, qishloq aholisi soni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari bilan shug‘ullanadigan korxonalar soni, hudud bilan markaz oralig‘idagi masofa hamda turistlar soni kabi ko‘rsatkichlarni kiritish orqali hududlarning agroturistik jozibadorligini baholash uslubiyoti takomillashtirilgan;
agroturizm faoliyatida shakllanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita iqtisodiy samara, daromadlar hajmi, sohaga jalb qilingan mablag‘lar miqdori hamda turizm mablag‘larining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘ylab aylanish ko‘lami o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklar asosida agroturizmning hududlar rivojlanishiga ta’siri asoslangan;
agroturistik xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot sifatida shakllanishi sohadagi xo‘jalik yurituvchi subektlarning integratsion ta’siri, kooperatsion hamkorligi va resurslar uyg‘unligiga agroturizm faoliyatini rivojlantirishning konseptual modeli asoslangan;
turizm tarmog‘ida shakllantirilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agroturizm faoliyatini agroklasterlar orqali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
taksometrik baholash metodikasi asosida  atrof-muhitning ifloslanish darajasi, qishloq aholisi soni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari bilan shug‘ullanadigan korxonalar soni, hudud bilan markaz oralig‘idagi masofa hamda turistlar soni kabi ko‘rsatkichlarni kiritish orqali hududlarning agroturistik jozibadorligini baholash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 1-maydagi 03-11-17-269-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Andijon viloyati hududlarida agroturistik jozibadorligini baholash metodikasi asosidagi strategik baholash natijalari aniqligi  ortgan; 
agroturizm faoliyatida shakllanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita iqtisodiy samara, daromadlar hajmi, sohaga jalb qilingan mablag‘lar miqdori hamda turizm mablag‘larining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘ylab aylanish ko‘lami o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklar asosida agroturizmning hududlar rivojlanishiga ta’siri asoslanishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 1-maydagi 03-11-17-269-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda agroturizmdan olinadigan umumiy daromadni va uning yillar davomida o‘zgarish dinamikasini baholash hamda agroturizmning ma’lum bir turidan multiplikativ samara va umumiy daromadni baholash aniqligi 10-12 foizga ortgan;
agroturistik xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot sifatida shakllanishi sohadagi xo‘jalik yurituvchi subektlarning integratsion ta’siri, kooperatsion hamkorligi va resurslar uyg‘unligiga agroturizm faoliyatini rivojlantirishning konseptual modeli asoslanishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 1-maydagi 03-11-17-269-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida agroturizm sohasida yagona axborot makonini yaratish, yangi noyob agroturistik mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish hamda mintaqaviy turizm brendini shakllantirish asosida agroturizm faoliyatini rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
turizm tarmog‘ida shakllantirilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 1-maydagi 03-11-17-269-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida makro darajada umumiy sifat darajasi (Darbin-Uotson mezoni 2,31 ga teng) yuqori bo‘lgan chiziqsiz modelga asoslangan, turizm tarmog‘i va boshqa tarmoqlarda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining  2028-yilgacha bo‘lgan tafovut oralig‘i 0,29 foiz diapazonga teng  maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish