Akbarova Nigora A’zamxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida O‘zbekiston musiqa maktablari faoliyati tarixi (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tar1764
Ilmiy rahbar: Murtazova Sahodatxon Bo‘rievna – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2026.27.12.Tar.10.01. 
Rasmiy opponentlar: Xojiakbar Xamidov – tarix fanlari doktori, professor, Xoshimov Soyibjon Abdurazzoqovich – tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi bolalar musiqa maktablari faoliyatini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikning dastlabki yillarida Andijon, Namangan, Fargʼona viloyatlari musiqa maktablaridagi mahalliy millatga mansub bo‘lmagan malakali mutaxassislarning aksariyat qismi ko‘chib ketishi oqibatida fortepiano, damli va zarbli cholg‘ular, bayan-akkordeon, torli cholg‘ular yo‘nalishlarida kadrlar etishmovchiligi sodir bo‘lganligi, oqibatda ushbu yo‘nalishlarga qamrov kamaygani, xalq cholg‘ulari yo‘nalishida esa ortganligi dalillandi;
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining mustaqillik yillaridagi musiqa maktablari faoliyati tarixi idoraviy tegishliligi, taʼlim yo‘nalishlari, kadrlar tarkibi, moddiy-texnik taʼminotiga ko‘ra uch bosqichga, jumladan birinchi bosqich – 1992–2008-yillar, ikkinchi bosqich – 2008–2017-yillar, uchinchi bosqich – 2017-yildan keyingi davrga bo‘lingani aniqlandi;
mustaqillik yillarida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari musiqa maktablarining nufuzi ortib, hamkorlik doirasida Buyuk Britaniya, Turkiya va Ozarbayjon respublikalari, Rossiya Federatsiyasi davlatlari ta’lim muassasalari bilan memorandum imzolanib, mahorat darslari, birgalikda konsert dasturlari tashkil etilgani, unda o‘quvchilarning iste’dodi namoyish etilgani ochib berildi;
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilashga mo‘ljallangan davlat dasturiga muvofiq 2009-yildan maktablar ikki xil shaklda, jumladan hududlar aholisining soniga qarab 150 va 250 o‘rinli namunada qurila boshlangani hamda taʼlimda an’anaviy xonandalik, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, baxshichilik yo‘nalishlarining joriy etilishi, o‘quv fanlari tarkibiga “Maqom”, “Shashmaqom asoslari” fanlarining kiritilishi milliy musiqa an’analarini rivojlantirish uchun xizmat qilgani aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston musiqa maktablari faoliyati tarixi (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari misolida) mavzusini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
mustaqillikning dastlabki yillarida Andijon, Namangan, Fargʼona viloyatlari musiqa maktablaridagi malakali rusiyzabon mutaxassislarning aksariyat qismini ko‘chib ketishi oqibatida fortepiano, damli va zarbli cholg‘ular, bayan-akkordeon, torli cholg‘ular yo‘nalishlarida kadrlar etishmovchiligi sodir bo‘lganligi, oqibatda ushbu yo‘nalishlarga qamrov kamaygani, xalq cholg‘ulari yo‘nalishida esa ortganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyati teleradiokanali faoliyatida 2024–2025-yillarda “Xayrli kun”, “Jarayon” ko‘rsatuvlari, “Kun mavzusi” radioeshittirishlar ssenariylarini yozishda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyati teleradiokanalining 19-mart 2025-yilgi 55-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va eshittirishlarning mazmun mohiyati yanada boyitildi, teletomashabinlar hamda radio tinglovchilarning Vatan tarixiga oid bilim va tasavvurlarini yanada kengayishiga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari musiqa maktablarining nufuzi ortib, hamkorlik doirasida Buyuk Britaniya, Turkiya va Ozarbayjon respublikalari, Rossiya Federatsiyasi davlatlari ta’lim muassasalari bilan memorandum imzolanib, mahorat darslari, birgalikda konsert dasturlari tashkil etilgani, unda o‘quvchilarning iste’dodi namoyish etilganligiga oid ilmiy xulosalardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ko‘rgazmalarini boyitishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 8-iyuldagi 04-05/2754-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim qilingan materiallar muzey ekspozisiyalari ko‘rgazmaliligini yanada ortishiga xizmat qilgan; 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining mustaqillik yillaridagi musiqa maktablari faoliyati tarixi idoraviy tegishliligi, taʼlim yo‘nalishlari, kadrlar tarkibi, moddiy-texnik taʼminotiga ko‘ra uch bosqichga, jumladan birinchi bosqich – 1992-2008-yillar, ikkinchi bosqich – 2008-2017-yillar, uchinchi bosqich – 2017-yildan keyingi davrga bo‘linganiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tarkibidagi ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishda hamda mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlash, turli seminarlar va tadbirlar tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 11-aprel 2025-yil 02-11-17-1214-son ma’lumotnomasi). Natijada, masalaga doir targ‘ibot ma’lumotlari yanada boyitilishiga, tizimga oid amaliyotda tajriba bo‘lishiga va xulosalar chiqarilishiga xizmat qilgan; 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilashga mo‘ljallangan davlat dasturiga muvofiq 2009-yildan maktablar ikki xil shaklda, jumladan 150 va 250 o‘rinli namunada qurila boshlangani hamda taʼlimda an’anaviy xonandalik, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, baxshichilik yo‘nalishlarining joriy etilishi, o‘quv fanlari tarkibiga “Maqom”, “Shashmaqom asoslari” fanlarining kiritilishi milliy musiqa an’analarini rivojlantirish uchun xizmat qilganligiga oid ilmiy xulosalardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ko‘rgazmalarini boyitishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 8-iyuldagi 04-05/2754-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim qilingan materiallar muzey ekspozisiyalari ko‘rgazmaliligini yanada ortishiga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish