Yuldosheva Bibirajab Mirjonovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oʻzbekistonning atrof-muhit holati tarixi (1991-2025 yillar.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Tar581.
maslahatchi: Ochilov Alisher To‘lis o‘g‘li - tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ravshan Normuratovich - tarix fanlari doktori (DSc), professor; Davletov Sanjar Rajabovich - tarix fanlari doktori (DSc), professor, Hayitov Yozil Qosimovich - geografiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.     
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2025-yillarda O‘zbekistonda atrof-muhit holatida yuz bergan o‘zgarishlarning tarixiy omillari, rivojlanish bosqichlari va oqibatlarini hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan aloqadorligini tarixiy manbalar va ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston tarixshunosligida birinchi marta atrof-muhit tarixini o‘rganishning interdisiplinar yondashuvga asoslangan tarixiy-ekologik tizimli modeli ishlab chiqilib, ekologik jarayonlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va tabiiy omillar o‘zaro ta’siri natijasida shakllanuvchi yagona tarixiy tizim sifatida asoslandi;
1991-2000-yillarda O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida iqtisodiy o‘sish asosan yoqilg‘i-energetika resurslari va sug‘orishga tayanadigan agrar ishlab chiqarish hisobiga ta’minlangani, natijada suv, er va atmosfera tizimlariga tushadigan antropogen yuklama ortib, iqtisodiy islohotlar va atrof-muhit degradatsiyasi o‘rtasida bevosita sabab–natija bog‘liqligi shakllanganligi aniqlandi;
islohotlarni chuqurlashtirish davrida (2001-2016-yillar) urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish va agrar sohadagi transformatsiyalar natijasida ekologik tizimlarga antropogen ta’sir kuchaygani, er-suv resurslaridan intensiv foydalanish er degradatsiyasi hamda cho‘llanish jarayonlarini keskinlashtirgani, ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalasi davlat siyosatining strategik yo‘nalishiga aylangani asoslandi;
Yangi O‘zbekistonda (2017-2025-yillar) atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi davlat taraqqiyot strategiyalarining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani, Orolbo‘yi hududida ekologik tiklanishning yangi institutsional va amaliy mexanizmlari joriy etilgani, ekologik madaniyat hamda jamoatchilik ekologik ongidagi o‘zgarishlar ekoturizm rivoji bilan uyg‘un holda atrof-muhit siyosatining yangi qiyofasini yuzaga keltirgani va bu jarayonlar mustaqillik davri atrof-muhit tarixining sifat jihatdan yangi bosqichini vujudga keltirgani dalillantirildi;
mustaqillik yillaridagi ekologik hamkorlik jarayonlari tizimlashtirilib, dastlabki davrda xalqaro ekologik konvensiyalarga qo‘shilish va milliy ekologik boshqaruv institutlarini shakllantirish ustuvor yo‘nalish bo‘lgani, 2001-2016-yillarda Orolbo‘yi inqirozi, transchegaraviy suv resurslari hamda cho‘llanish muammolari ta’sirida ekologik hamkorlikning mintaqaviy va donorlik dasturlari orqali amaliy mexanizmlar bosqichiga o‘tgani, 2017-2025-yillarda esa ekologik xavfsizlik va “yashil rivojlanish” tamoyillari asosida strategik darajaga ko‘tarilganligi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning atrof-muhit holati tarixi (1991–2025-yillar)ni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston tarixshunosligida birinchi marta atrof-muhit tarixini o‘rganishning fanlararo (interdisiplinar) yondashuvga asoslangan tarixiy-ekologik tizimli modeli ishlab chiqilib, ekologik jarayonlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va tabiiy omillar o‘zaro ta’siri natijasida shakllanuvchi yagona tarixiy tizim sifatida talqin etilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan taklifidan sohaga oid huquqiy-normativ hujjatlarni ishlab chiqishda, ularning hududlardagi real ekologik holatga mosligini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2026-yil 13-martdagi 03-04/1-03/6-03/3-2537-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida sohaga oid huquqiy-normativ hujjatlarni ishlab chiqish takomillashtirishga, ularning hududlardagi real ekologik holatga mosligini ta’minlashga erishilgan.
1991–2000-yillarda O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida iqtisodiy o‘sish asosan yoqilg‘i-energetika resurslari va sug‘orishga tayanadigan agrar ishlab chiqarish hisobiga ta’minlangani, natijada suv, er va atmosfera tizimlariga tushadigan antropogen yuklama ortib, iqtisodiy islohotlar va atrof-muhit degradatsiyasi o‘rtasida bevosita sabab–natija bog‘liqligi shakllanganligi ilmiy jihatdan aniqlangan taklifidan hududlarda tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, ulardan foydalanishda tabiiy muhitga tushadigan antropogen yuklamani kamaytirish, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini resurstejamkor shaklga o‘tishini ta’minlash, er-suv resurslaridan tejamkor foydalanish, irrigatsiya obektlarini tashkil etishga yo‘naltirilgan dasturlarni hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik harakatining 2026-yil 14-martdagi 03/21-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida mamlakatda tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, ulardan foydalanishda tabiiy muhitga tushadigan antropogen yuklamani kamaytirish, tog‘-kon sanoati, qishloq-xo‘jaligi ishlab chiqarishini resurstejamkor shaklga o‘tishini ta’minlash, er-suv resurslaridan tejamkor foydalanish, irrigatsiya obektlarini tashkil etishga yo‘naltirilgan dasturlar hamda chora-tadbirlar samaradorligi oshishga erishilgan. 
Islohotlarni chuqurlashtirish davrida (2001-2016-yillar) urbanizatsiya va sanoat modernizatsiyasi ekologik tizimlarga bosimni kuchaytirgani, qishloq xo‘jaligi hamda agroekologik tizimlar transformatsiyasi er degradatsiyasi va cho‘llanish jarayonlarini jadallashtirgani, ekologik xavfsizlikning davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanishi tarixiy qonuniyat sifatida ilmiy jihatdan aniqlangan taklifidan Buxoro shahrining tarixiy va rekreatsiya obektlariga urbanizatsiya rivojlanishining ta’sirini ochib berishda  foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2026-yil 03-martdagi 1519-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada sanoat va urbanizatsiyaning rivojlanishi rekreatsiya resurslarining hududi va miqdori kamayishiga, jumladan, Buxoro shahrining tarixiy va rekreatsiya obektlariga ta’sirini pasaytirishga erishilgan.
“Yangi O‘zbekiston” bosqichida (2017–2025-yillar) atrof-muhit muhofazasi davlat taraqqiyot strategiyalarining ustuvor yo‘nalishiga aylangani, Orolbo‘yi hududida ekologik tiklanishning yangi institutsional va amaliy mexanizmlari joriy etilgani, ekologik madaniyat va jamoatchilik ongining transformatsiyasi hamda ekoturizmning rivojlanishi mustaqillik davri atrof-muhit tarixida sifat jihatdan yangi bosqichni shakllantirganligi ilmiy jihatdan dalillangan taklifidan respublikada aholi va jamoatchilikning ekologik madaniyatini, atrof-muhit muhofazasi borasida savodxonlik darajasini oshirishda, ularga atrof-muhit muhofazasida davlat strategiyalarining ustuvor yo‘nalishlarini, Orolbo‘yi hududida ekologik tiklanishning yangi institutsional va amaliy mexanizmlari haqida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliu teleradiokompaniuasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” Davlat muassasasining 2026-yil 24-martdagi 01-33/191-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida aholi va jamoatchilikning ekologik madaniyatini, atrof-muhit muhofazasi borasida savodxonlik darajasini oshirishda, ularga atrof-muhit muhofazasida davlat strategiyalarining ustuvor yo‘nalishlarini, Orolbo‘yi hududida ekologik tiklanishning yangi institutsional va amaliy mexanizmlari to‘g‘risidagi turkum ko‘rsatuvlarning auditoiriyasi kengaygan.  
 O‘zbekistonning mustaqillik davrida (1991–2025-yillar) ekologik hamkorlikning bosqichma-bosqich rivojlanishi tarixiy tizimda umumlashtirilib, dastlab xalqaro ekologik konvensiyalarga qo‘shilish va milliy ekologik boshqaruv tizimini shakllantirish bilan boshlanganligi, 2001–2016-yillarda Orolbo‘yi, transchegaraviy suvlar hamda cho‘llanish muammolari ta’sirida mintaqaviy va donorlik loyihalari orqali amaliy mexanizmlar shakliga o‘tgani, 2017–2025-yillarda esa ekologik xavfsizlik va “yashil rivojlanish” yo‘nalishlari asosida strategik darajaga ko‘tarilganligi ilmiy jihatdan isbotlangan taklifidan mamlakat va uning turli hududlarida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, transchegaraviy suv diplomatiyasi, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida sog‘lom ekologik qo‘shnichilik muhitini shakllantirish yo‘nalishlaridagi takliflarni, dasturlarni va chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik harakatining 2026-yil 14-martdagi 03/21-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, transchegaraviy suv diplomatiyasi, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida sog‘lom ekologik qo‘shichilik muhitini shakllantirishda ijobiy natijalarga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish