Ganixanov Xasanxon Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Arrali jin havoli tola ajratuvchi qurilmasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4 PhD/T6177
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Aybek Palvanbaevich, texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sherqul Sherg‘o‘zievich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Xamidulla Abduxoshimovich, texnika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Arrali jin mashinalarining ishchi qismlarini tadqiq qilish hamda parametrlarini nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida takomillashtirish orqali jin mashinasining samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jin arra tishlaridan tolalarni samarali ajratib oluvchi, havo oqimini individual havo kanallari orqali har bir arra tishiga kerakli nuqtada yoʻnaltiruvchi va jarayon uchun energiya sarfini kamaytiruvchi tola ajratuvchi qurilmaning takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tashqi kuchlar hamda aerodinamik ko‘rsatkichlar hisobga olingan holda soplodan chiqayotgan havo oqimining ratsional qiymatlari ajralish zonasidagi tolalar harakat qonuniyatlari asosida aniqlangan;
arra tishlaridan ajratib olingan tolalar oqimini quvurdagi harakat qonuniyatlari tahlili asosida keyingi texnologik jarayonga tez va beshikast uzatish bo‘yicha echim ishlab chiqilgan;
to‘liq faktorli tajriba va sinovlar natijalariga asoslanib arrali jinlarda yuqori samaradorlikni ta’minlovchi tola ajratuvchi qurilma ishchi qismlarining asosiy ratsional parametrlari aniqlangan va o‘zaro bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Arrali jin arralari tishlaridan tolalarni samarali ajratuvchi qurilma yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
takomillashgan arrali jin havoli tola ajratuvchi qurilmasi «Pahtamash» MChJ korxonasida ishlab chiqarilgan DP-90 rusumli arrali jin mashinasiga o‘rnatilgan va «Kattakurgan g‘alla cluster» MChJ ga qarashli «Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash» korxonasida amaliyotga joriy qilingan. («O‘zto‘qimachiliksanoati» uyushmasining 2025-yil 26-dekabrdagi 02/06-2984-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilayotgan I-nav paxta xomashyosini dastlabki ishlashda paxta tolasidagi nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini 0,3 % ga kamaytirish, kalta tolalar indeksini 0,6% ga qisqartirish, tolalarni arra tishlaridan ajratib olish jarayoni uchun sarflanayotgan elektr energiyasini 40% tejab qolish, hamda jin mashinasining ish unumdorligini 20% ga oshirish imkoniga erishilgan.