Abdivohidov Sunatillo Abdinabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jadidchilik harakatining ijtimoiy-siyosiy jihatlari va hozirgi zamon», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal196.
Ilmiy rahbar: Karimov Sayimnazar, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Navruzova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor; Bozorov Mustafo Jabborovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jadidlar ma’naviy merosining milliy va umuminsoniy mohiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berish hamda bu g‘oyalarning jahon falsafiy tafakkuri rivojidagi o‘rnini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila munosabatlarini tartibga solish, milliy xarakterni shakllantirish va millat genofondini saqlashda jadidlarning jism, ruh va aql barkamolligi singari o‘ta muhim g‘oyalari epistemologik jihatdan asoslangan;
jadidlarning islomni aqidaparastlikdan himoyalash asosida uning sofligini saqlash va dinga oqilona yondashish haqidagi gumanistik g‘oyalari milliy o‘zlikni anglash omili ekanligi dalillangan;
jadidlar moddiy va ma’naviy olam uyg‘unligini ta’minlashda kalom falsafasi tamoyillari (sunna, ra’y, ijmo)ga tayangan holda faoliyat olib borgani tarixiy-falsafiy fakt asosida ochib berilgan;
jadidchilik harakati namoyandalarining falsafiy ta’limotidagi inson tafakkuri bilan borliqning dialektik aloqadorligi haqidagi konsepsiyasi jamiyat tarixiy taraqqiyotining substansional asosiga mos ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jadidchilik harakati namoyandalari ma’naviy merosi va uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini ko‘rsatishga oid tadqiqot asosida:
milliy xarakter shakllanishi va takomillashuviga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlar davlat grantlari loyihasi doirasida PZ-20170930396 raqamli “Globallashuv sharoitida jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonidagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar rivojini tadqiq qilish” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 9 iyuldagi 02/15-924-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilgan;
jadidlarning islomni aqidaparastlikdan himoyalash asosida modernizatsiyalash va dinga oqilona yondashish haqidagi gumanistik g‘oyalari milliy o‘zlikni anglash omili ekanligiga oid fikr-mulohazalaridan tadbirlar dasturining birinchi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligiga ko‘maklashish va ijtimoiy himoyalash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishi bo‘yicha” nomli bo‘limidagi “Voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish ular o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan voyaga etmaganlarni o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan chiqarish choralarini ko‘rish” deb nomlangan 12-bandidagi hamda uchinchi “Ma’naviy-ma’rifiy masalalar, sport va yosh oilalar bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha” nomli bo‘limidagi “Bag‘rikeng O‘zbekiston” shiori ostida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik tamoyillarini targ‘ib etuvchi yoshlar festivalini o‘tkazishda” deb nomlangan 31-bandidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 8 iyuldagi 04-13/3118-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamiz yoshlarining tarbiyasiga oid bag‘rikenglik, ma’naviy ogohlik, gumanizm va sof islomiy qadriyatlarga rioya etish, bilim olish, madaniy an’analarni asrash, barkamol insonni shakllantirish, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
jadidlarning kalom falsafasi, tasavvuf, moddiyunchilik ta’limotidagi moddiy va ma’naviy olam uyg‘unligi xususidagi konstruktiv g‘oyalarining falsafiy ahamiyatiga oid fikr-mulohazalardan markazning “Milliy g‘oya va mafkuraviy tadqiqotlarni tashkil qilish” bo‘limida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan m PZ-20170930396 raqamli “Globallashuv sharoitida jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonidagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar rivojini tadqiq qilish” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 9 iyuldagi 02/15-924-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, jadid ma’rifatparvarlarining shaxsi va faoliyati haqidagi haqiqatni aniqlash, uning ma’naviy merosi g‘oyalari mezonida yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalashga xizmat qilgan;
buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosini o‘rganish, oila, mahalla va ta’lim muassasalarida, chekka hudud va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlar xususan, yoshlarning jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarida keng foydalanilganligi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashining II bo‘limida keltirilgan partiyaning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyati va O‘zMTDP Markaziy Kengashining 2017 yil 5 avgustdagi X Plenumi qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 1.3-bandida belgilangan vazifalarni Samarqand viloyat kengashida amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashining 2018 yil 6 sentyabrdagi 185-son ma’lumotnomasi). Natijada, targ‘ibot tadbirlarining saviyasini ya’nada boyitishga, yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va mehnatsevarlik tuyg‘ularining rivojlanishida, ogohlik, hushyorlik kabi komil inson mezonlarini shakllantirishga xizmat qilgan.