Sirojiddinov Ismoil Luqmon o‘g‘li 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dizel yoqilg‘isi uchun dipressor-dispergirlovchi prisadkalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va joriy qilish”, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5840.
Ilmiy rahbar: Vafaev Oybek Shukurlaevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Narzullaev Akmal Xollinorovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dizel yoqilg‘isi uchun samarali depressor dispergirlovchi qo‘shimchalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
pentaeritritol, olien kislota asosida PEO-1, etilenpropilen kauchuk, benzoil peroksid katalizatori asosida SI-4 va ikkilamchi polietilentereftalat, gliserin, olein kislota asosida ALG-2 markali depressor dispergirlovchi qo‘shimchalar olingan;
polietilentereftalat, etilenpropilen kauchuk, pentaeritritol, gliserin va olein kislota asosida depressor qo‘shimchalar sintez qilishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
olingan depressor dispergirlovchi qo‘shimchalar dizel yoqilg‘isiga 0,01-0,5% qo‘shilganda dizel yoqilg‘isining qotish haroratini PEO-1 da (Tq) -180C gacha,  SI-4 da (Tq) -240C gacha, ALG-2 da (Tq) -270S gacha pasayishi aniqlangan;
pentaeritritol, olien kislota asosida PEO-1 va ikkilamchi polietilentereftalat, gliserin, olein kislota asosida ALG-2 markali depressor dispergirlovchi qo‘shimchalarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarali depressor dispergirlovchi  qo‘shimchalar ishlab chiqarish va ularni qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
samarali depressor dispergirlovchi qo‘shimchalar “O‘zbekneftgaz” “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ning “2022-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ning 2025 yil 18 iyundagi 01/2-15-1654-son ma’lumotnomasi). Natijada, depressor dispergirlovchi qo‘shimcha dizel yoqilg‘isiga 0,5% qo‘shilganda, dizel yoqilg‘isining qotish harorati minus 100C dan minus 270C ga tushirish imkonini beradi;
sintez qilingan ALG-2, PEO-1, hamda SI-4 markali korroziya ingibitor qo‘shimchalari “O‘zbekneftgaz” “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ  amaliyotga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ning 2025 yil 18 iyundagi 01/2-15-1654-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz, gazakondensat quduqlari va quvur sistemalarida yuzaga keluvchi korroziyadan po‘lat materiallarini 85,3-91,8 % gacha himoyalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish