Bo‘rieva Muhayyo Rahmonberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston dorivor o‘simliklarining melanin pigmentini hosil qiluvchi endofit zamburug‘lari», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/B1368.  
Ilmiy rahbar: Abdul’myanova Liliya Il’yasovna, biologiya fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Mikrobiologiya instituti.   
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.05/2025.27.12.B.21.01. 
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Ibroxim Xomidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Karimov Husniddin Xolmamatovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.     
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston dorivor o‘simliklarining melanin pigmentini hosil qiluvchi EZ xilma-xilligi va xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, O‘zbekiston dorivor o‘simliklaridan melanin pigmentining yangi manbasi sifatida Alternaria, Aspergillus, Cladosporium, Penicillium, Sclerotium va Ulocladium avlodlariga mansub 12 ta qora rangli EZ tanlab olingan, tavsiflangan va chuqur kul`tivatsiya sharoitida 250–300 mkg/g darajasida melanin hosil qilishi aniqlangan; 
melaninni ajratib olishning yumshoq ultratovushli ekstraksiya usulida  15% ga oshirishi takomillashtirigan, turli erituvchilarda ketma-ket ekstraksiya qilish orqali umumiy melanin ekstraktini tozalash usuli ishlab chiqilgan; 
A. niger-FF152S va Cladosporium sp.-HT207 endofitlaridan ajratilgan pigmentlarning melanin tabiati sifat tahlillari bilan tasdiqlangan va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari asoslangan; 
ilk bor, standart preparatlar ta’siri bilan taqqoslash darajasida EZ olingan melaninning antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va sitotoksik faolligi aniqlangan va C.xylophilum-HT207 shtammi asosida melanin substansiyasini olish laboratoriya reglamenti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston dorivor o‘simliklari EZining melanin pigmenti hosil qilish xususiyatlarini o‘rganish ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
melanin pigmenti hosil qiladigan Sclerotium minorum - VM83R endofit zamburug‘i shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan “Antioksidant va yallig‘lanishga qarshi faollikka ega melanin va lipidlar produsenti – endofit zamburug‘i Sclerotium minorum - VM83R” ixtiro patenti ((№ IAR 07517, 2023) olingan. Natijada, melanin hosildorligi antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va sitotoksik faollikka ega bo‘lgan produsentini namoyon etish imkonni bergan;
O‘zbekiston dorivor o‘simliklaridan melanin pigmentini hosil qiluvchi Cladosporium xylophilum-HT207 EZ shtammi ajratib olingan va 5.8S rRNK nukleotid ketma-ketliklari aniqlanib, GenBank hamda National Center for Biotechnology Information (NCBI) ma’lumotlar bazalarida mos ravishda Cladosporium xylophilum-HT207 PP810608.1 raqamlari ostida ro‘yxatdan o‘tkazildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 21 avgustdagi 4/1255-2032-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu shtammning nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchraydigan shtammlar bilan taqqoslash imkonini bergan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish