Bozorova Dilyayra O‘tkirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mineral va mahalliy o‘g‘itlar qo‘llashning bamiya (Hibiscus esculentus L.) navlarining o‘sishi-rivojlanishi, hosildorligi va kimyoviy tarkibiga ta’siri” (sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.04 - Agrokimyo, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/K1104.
Ilmiy rahbarlar: Namozov Normamat Chorievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor; Islomov Akmal Xushvaqovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01
Rasmiy opponentlar: Sattorov Djurakul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik; Barakaeva Dildora Baxriddin qizi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mineral va mahalliy o‘g‘itlarning bamiya navlari o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ta’sirini hamda o‘g‘it me’yorlariga bog‘liq holda barg, meva hamda urug‘ining kimyoviy tarkibi o‘zgarishini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bamiya o‘simligining o‘sishi va rivojlanishi bosqichlarida o‘g‘itlarning me’yori, qo‘llash muddatlari va ularning organik komponentlar bilan kombinatsiyasi tuproqning gumus holati, nitratli azot, harakatchan fosfor hamda almashinuvchi kaliy miqdorlarining dinamikasiga ta’siri jihatidan baholangan;
tuproqdagi nitratli azot miqdori (N-NO₃) o‘g‘itlarning berilish me’yori va turi bo‘yicha sezilarli farq kuzatilib, nazorat variantida azot (N-NO₃) miqdori 0,110-0,090% bo‘lgan holda, N₂₁₀P₁₄₇K₁₀₅ variantida bu ko‘rsatkich 0,138-0,110% gacha oshganligi, organik va mineral o‘g‘itlar birgalikda qo‘llanilganda (N₂₁₀P₁₄₇K₁₀₅ + 20 t/ga go‘ng) esa azot (N-NO₃) miqdori 0,145-0,112% gacha yetganligi aniqlangan;
o‘g‘it turi va qo‘llash muddati ham tuproqdagi fosforning harakatchan shakllari (P₂O₅) ga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan, bunda nazorat variantida P₂O₅ miqdori 0,150-0,115% bo‘lgan bo‘lsa, eng yuqori fosfor konsentratsiyasi N₂₁₀P₁₄₇K₁₀₅ + 20 t/ga go‘ng variantida qayd etilib, 0,155-0,135% ni tashkil etganligi, almashinuvchi kaliy (K₂O) miqdori ham o‘g‘it turi va organik komponent bilan birgalikda berilishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘lib, nazorat variantida K₂O miqdori 1,530-1,470% bo‘lgan holda, N₂₁₀P₁₄₇K₁₀₅ + 20 t/ga go‘ng qo‘llangan variantda bu ko‘rsatkich 1,830-1,752% gacha oshib borganligi aniqlangan;
bamiyaning “Shafaq” , “Zamin” , va “Toshkent tufhasi” navlari (mevasi, urug‘i va bargi) kukuni tarkibidagi mineral elementlar miqdori “Induktiv bog‘langan argon plazmali optik emission spektrometriyasi usuli” yordamida tekshirilganda 59 ta element mavjudligi, Pb; Cd; Hg va As kabi og‘ir metall ionlarining miqdori Xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi gigiyenik normalariga mos kelishi aniqlangan;
bamiyaning “Shafaq” , “Zamin” , va “Toshkent tufhasi” navlari (mevasi, urug‘i va bargi) kukuni tarkibidagi suvda eruvchi vitaminlar va flavonoidlar, aminokislotalar miqdori YuSSX qurilmasida o‘rganilganda 1 gr namunasi tarkibida vitaminlar B2, B6, C hamda flavonoidlar tarkibida Digidro kversitin, Kversitin, Senerozid, Lyutionin mavjudligi va aminokislotalardan glutamin, tirozin, sistein va prolin ko‘proq miqdorda borligi aniqlangan;
in vitro sharoitida 5 xil konsentratsiyada (100, 250, 500, 750, 1000 mg/ml) antioksidantlik faolligi o‘rganilganda bamiya navlari mevasida antioksidantlik faolligini namoyon qilishi va zaharsiz birikmalar sinfiga tegishli ekanligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida mineral va mahalliy o‘g‘itlar qo‘llashning bamiya (Hibiscus esculentus L.) navlari o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi hamda kimyoviy tarkibiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Bamiya (Hibiscus esculentus L.) navlarining o‘sishi-rivojlanishi, hosildorligi va kimyoviy tarkibiga oziqlantirish me’yorlarining ta’siri (sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida)” nomli tavsiyanoma chop etilgan va Toshkent viloyatida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 25-dekabrdagi 05/04-04/955-sonli ma’lumotnomasi). Bugungi kunda ushbu tavsiyanoma bamiya etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari uchun mahalliy va mineral o‘g‘itlardan foydalanishning agroiqtisodiy samaradorligini oshirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
turli oziqlantirish me’yorlariga bog‘liq holda bamiya navlarini etishtirish texnologiyasi Qibray tumani, ToshDAU tajriba xo‘jaligida 3,0 ga, Toshkent tumanidagi Sabzavot, poliz ekinlar va kartoshkachilik ITIda 3,0 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 25-dekabrdagi 05/04-04/955-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nazorat (o‘g‘isiz) variantiga nisbatan mineral o‘g‘itlar qo‘llanilgan variantlarda Toshkent tuhfasi navidan 10700,0-77070,0 ming so‘m/ga, Zamin navidan 23220,0-104530,0 ming so‘m/ga, Shafaq navidan 13300,0-82050,0 ming so‘m/ga yuqori daromad olinib, sarflangan har bir so‘m o‘zini oqlashi mos ravishda 1,6-4,9; 1,1-1,3 va 1,1-1,5 martagacha bo‘lishiga erishilgan;
bamiya etishtirishda maqbu o‘g‘it me’yorlari Toshkent viloyatida jami 6,0 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 25-dekabrdagi 05/04-04/955-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, etishtirilgan bamiya mevasi tarkibida B2, B3, B6, B9 va C vitaminlari, bir qator aminokislotalar (Serin 0,269 mg/gr, Glisin 2,288 mg/gr, Asparagin 2,336 mg/gr, Glutamin 1,096 mg/gr, Sistein 0,280 mg/gr, Treonin 2,064 mg/gr, Argenin 0,088 mg/gr, Alanin 1,095 mg/gr, Prolin 8,514 mg/gr, Tirozin 0,355 mg/gr, Valin 0,500 mg/gr, Metionin 0,604 mg/gr, Gistidin 1,394 mg/gr, Izoleysin 0,228 mg/gr, Leysin 0,282 mg/gr, Triptofan 2,733 mg/gr, Fenilalanin 0,155 mg/gr hamda Lizin 0,314 mg/gr) hamda 59 ta mikro va makroelementlar mavjudligi, shundan litiy, nikel bor, xrom, mis, titan, rubidiy, bariy, rux, marganes, alyuminiy, stronsiy, temir, natriy, magniy, fosfor, kalsiy hamda kaliy elementlari boshqa moddalarga nisbatan ko‘p miqdorda uchrashi aniqlangan, ushbu ko‘rsatkichlar bamiyaning boy kimyoviy tarkibga ega ekanligi hamda undan turli maqsadlarda foydalanish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi.
mineral va mahalliy o‘g‘itlar qo‘llanilganda bamiya mevasi va urug‘idagi biologik faol moddalar hamda og‘ir metallar (Pb, Cd, Hg, As) miqdori xalqaro oziq-ovqat normalari me’yorlaridan oshmaganligi aniqlangan va sinash uchun Germaniyaning Gyoteborg universitetiga (Gothenburg University) taqdim etilgan (Gyoteborg universitetining 2026-yil 20-fevraldagi ma’lumotnomasi). Ishlanma Gyoteborg universiteti Molekulyar va klinik tibbiyot departamenti laboratoriyasida ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilib, mahsulotning ekologik xavfsizligi tasdiqlangan.