Fotiev Sergey Stepanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kombinirlangan dori vositasini ishlab chiqish orqali yuqori yutuqli sportni farmakologik ta’minlanishini optimallashtirish (eksperimental tadqiqot)», 03.00.17 – Sport fiziologiyasi, farmakologiyasi va genetikasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Far189.
Ilmiy rahbar: Usmonalieva Nafisa Shamsiddinovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi huzuridagi PhD.35/2025.27.12.Tib.01.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Dilafruz Bahodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirakilova Dilfuza Botiralievna, farmatsevtika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buhoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: farmakologik substansiyalarning yangi kombinatsiyasini yaratish va o‘rganish, shuningdek, ularning sun’iy ravishda yaratilgan yuqori jismoniy yuklama shartlarida eksperimental hayvonlarning jismoniy ish qobiliyati, chidamliligi va tiklanishiga taʼsirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor organizm jismoniy holatini tiklash va jismoniy yuklamalarga moslashuvini yaxshilash orqali jismoniy imkoniyatini oshirishga qaratilgan aminokislota va mikroelementlar, hamda biologik faol komponentlardan iborat yangi kombinatsiyalashgan farmakologik substansiya ishlab chiqilgan;
yangi farmatsevtik kompozisiyaning tarkibiy komponentlarining ilk bor optimal nisbati aniqlangan va toksikologik tadqiqoti o‘tkazilib, uning LD-50 ko‘rsatgichining aniq chegaraviy qiymatlarini hisoblangan va zaharlilik darajasi past bo‘lgan kompozisiya ekanligi isbotlangan;
ilk bor tajriba sharoitida yangi farmakologik birikma xususiyatlari kompleks o‘rganilib, uning komponentlarining sinergik o‘zaro taʼsiri tufayli organizm moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilanishi, energiya manbalari yog‘ va oqsillar sintezini ortishi, hamda tajriba hayvonlari harakat faolligi yaxshilanishi aniqlangan;
ilk bor aminokislota va mikroelementlar, hamda biologik faol komponentlardan iborat yangi kompleks birikmaning jismoniy ish qobiliyatini oshirish va organizmning yuklamalarga moslashuv imkoniyatlarini yaxshilashdagi samaradorligi, hamda organizm uchun deyarli zararsizligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kombinirlangan dori vositasini ishlab chiqish orqali yuqori yutuqli sportni farmakologik taʼminlanishini optimallashtirish (eksperimental tadqiqot) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Farmasevtik substansiyalar kompleksi ta’sirining qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari va organizmning adaptiv mexanizmlariga ta’sirini baholashning yangi yondashuvlari” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqildi. Ushbu tavsiyanoma biologik va tibbiy yo‘nalishdagi ilmiy-tekshiruv ishlari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, kompleks qo‘shimchalar kiritilganda organizmda yuzaga keladigan adaptasion va biokimyoviy reaksiyalarni o‘rganuvchi mutaxassislar, shuningdek sport tibbiyoti va sport farmakologiyasi sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan ilmiy xodimlar uchun mo‘ljallangan.
Birinchi joriy etish Toshkent Farmasevtika institutining innovasion farmasevtik birikmalar ilmiy laboratoriyasida 2025 yil 16 iyundagi 416-sonli buyruq asosida amalga oshirilgan, joriy etish hisoboti - 2025 yil 6 avgustdagi IFBL-25-65 raqam bilan tasdiqlangan (Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Ilmiy kengashining xulosasi, 2025 yil 20 dekabr, 4-son bayonnomasi); O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasining Ilmiy-texnik kengashi tomonidan 2025 yil 4 iyunda tasdiqlangan). Buning natijasida laboratoriya sharoitida in vivo yangi kombinirlangan preparatlar yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uslubiyatlari yangilandi.
Ikkinchi joriy etish Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Biotibbiyot texnologiyalar markazi” laboratoriyasi amaliyotiga 2025 yil 19 iyundagi 1457-sonli buyruq asosida amalga oshirilgan, joriy etish hisoboti - 2025 yil 28 iyul kuni bilan tasdiqlangan (Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Ilmiy kengashining xulosasi, 2025 yil 20 dekabr, 4-son bayonnoma; O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasining Ilmiy-texnik kengashi tomonidan 2025 yil 4 iyunda tasdiqlangan). Natijada, laboratoriya sharoitida hayvonlarning eksperimental modellarida organizmning adaptasion (moslashuv) va biokimyoviy reaksiyalarini baholash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish