Kamalova Zulayho Abduraximovnaning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘tako‘z, bo‘yimadaron va bo‘znoch o‘simliklari asosida xalq tabobati uchun tovarlar olish”, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/K989.
Ilmiy rahbarlar: Mo‘minjonov Mirjalol Muqimjon o‘g‘li, kimyo fanlari doktori, dotsent; Gopirov Kamolidin, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ubaydullaev Komiljon Tursunboevich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘yimadaron, bo‘tako‘z va bo‘znoch  saqlagan buyrak yallig‘anish va o‘t qopini yallig‘lanish kasalligini davolashga va profilaktikasida qo‘llaniladigan biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalar ishlab chiqish, ularning kimyoviy tarkibini aniqlash asosida sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
bo‘yimadaron, bo‘tako‘z va bo‘znoch o‘simliklarining er ustki qismlarining tarkibidagi makro- va mikroelementlar, suvda eruvchan C, B1, B3, PP, B6, B9 va B2 vitaminlari hamda rutin, salisil kislota, kversetin, apigenin va kempferol miqdori zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
in vitro sharoitida bo‘ymadaron er ustki qismining antioksidant faolligi 10-minutda 10.25%, bo‘tako‘z guli 1-minutda 11.02 % va bo‘znoch guli 5-minutda 10.61 % yuqori antioksidantlik xossasini namoyon qilishi isbotlangan;
in vitro sharoitida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarining antioksidant faolligi  “As-kamol” 18 % va “As-nigor” 19 % antioksidant faollik xususiyatlari yuqori ekanligi aniqlangan;
suvda eruvchi vitaminlar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli yordamida “As-nigor” 100 g miqdorida B3, B9 ko‘p miqdorda ekanligini va  “As-kamol” 100 g miqdorida B3, B1 va B6 miqdori ko‘p miqdorda ekanligini isbotlangan;
in vivo sharoitda “As-kamol” oziq-ovqat qo‘shilmasi ekstraktning buyrak va siydik yoʻllarini yallig‘lanishiga qarshi faolligini kalamushlarda tahlil qilindi va nefrit kasalini keltirib chiqaradigan Glomerullarning deyarli 50 % gacha kamayganligi isbotlangan;
in vivo usulda o‘t pufagining yallig‘lanishini kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan ALT, AST, ishqoriy fosfataza, gamma glyutamaltransferaza, bilurubin,tog‘ri bilurubin, bog‘langan bilurubin, umumiy leykositlar, SOE (ertrositlar cho‘kish tezligi) buzilishi “As-nigor” oziq-ovqat qo‘shilmasi ekstraktning 14 kunlik berilganda meyyorlashishi isbotlangan;
“As-nigor” va “As-kamol” oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘yimadaron, bo‘tako‘z va bo‘znoch  kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlarini aniqlash, ular asosida yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqish va kimyoviy tarkibi asosida sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘yimadaron va bo‘tako‘z, bo‘znoch gullari asosida ishlab chiqilgan “As-nigor” va “As-kamol” oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish uchun texnologik yoʻriqnoma (TY303271760-03:2025) ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat Bosh boshqarmasi tomonidagi Sanitar-epidemiologik xulosa berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat Bosh boshqarmasining 2025 yil 22 martdagi №26-11b/225-son ma’lumotnomasi). Natijada, buyrak yallig‘anish va o‘t qopini yallig‘lanishni davolash xususiyatiga ega bo‘lgan yangi tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan.
“As-nigor” va “As-kamol” oziq-ovqat qo‘shilmalari TIF TN bo‘yicha sinflanib, ularga “suvda eruvchi vitaminlar, rutin, kversetin, salisil kislota, apigeninga boy bo‘ymadaron, bo‘tako‘z va bo‘znoch asosida tayyorlangan, tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari, dori vositasi emas” uchun – 1212 99 950 2 yangi xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilgan hamda davlat bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024 yil 4 dekabrdagi №17/05-24-2131-son maʻlumotnomasi). Natijada, bo‘yimadaron va bo‘tako‘z, bo‘znoch gullari asosida ishlab chiqilgan oziq-ovqat qo‘shilmasi tovar mahsulotlarini bojxona amaliyotida to‘g‘ri tasniflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish