Jumanova Moxira Zoirovnaning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Anorning (Punica granatum L.) istiqbolli shakllarini tanlash asosida yangi navini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1767.
Ilmiy rahbar: Ochildiev O‘tkir Ollanazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: anorning Navro‘z navi (NAP 548).
II. Tadqiqotning maqsadi anor (Punica granatum L.) ning xalq seleksiyasiga mansub mahalliy shakllari asosida yuqori ko‘rsatkichlarga ega yangi navini yaratish, vegetativ usulda ko‘chatlarini etishtirish agrotexnikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor boshlang‘ich namuna sifatida anorning xalq seleksiyasiga mansub mahalliy shakllari tanlanib, asosiy qimmatli-xo‘jalik ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari asosida istiqbolli onalik ashyolar ajratilgan;
tanlab olingan istiqbolli shakl asosida vegetativ ko‘paytirish usulida qalamchalar olingan, ko‘chatlar etishtirilgan hamda anorning 8 ta baholash mezonlari asosida fenotipik belgilari bo‘yicha ustunlik ko‘rsatkichlari aniqlanib boshlang‘ich namunaning ustun belgilari to‘liq saqlanib qolganligi ilmiy asosolangan;
ilk marotaba xalq seleksiyasiga mansub mahalliy anor shakllari asosida anorning yangi «Navro‘z» navi yaratilgan va uning yangiligi tasdiqlangan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan NAP 548 raqamli patent berilgan;
yangi yaratilgan «Navro‘z» navining andoza “Qozoqi anor” naviga nisbatan meva mahsuldorlik ko‘rsatkichlari 2-2,5 barobar yuqori ko‘rsatkichda bo‘lganligi aniqlangan;
yangi yaratilgan anorning «Navro‘z» navining 20, 25, 30 sm uzunlik o‘lchamidagi vegetativ qalamchalaridan ko‘chat etishtirish agrotexnikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anorning (Punica granatum L.) istiqbolli shakllarini tanlash orqali yangi navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
anorning bitta butadan olinadigan o‘rtacha mahsuldorligi yuqori, yirik mevali va yuqori ta’m sifatlariga ega bo‘lgan yangi “Navruz” navi yaratilgan, unga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi tomonidan NAP 548 raqamli patent olinib, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilgan va ko‘chatlari etishtirilib joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi №05/06-03-362-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, anor genofondi yangi, hosildor, yuqori ta’m sifatlariga ega bo‘lgan nav bilan boyitilgan va barqaror yuqori hosil olish imkonini bergan;
«Navro‘z» navining vegetativ organlaridan qalamchalash usuli bilan etishtirilgan ko‘chatlari Xorazm viloyati Xiva tumani “Davron” fermer xo‘jaligining 1,2 ga maydonida ekib joriy qilingan ushbu anor navini ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi №05/06-03-362-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilgan ishlanmalar asosida 1,2 ga maydonga jami 63500 dona anor qalamchalari ekilib 92% qalamchalarda ildiz otish ko‘rsatkichlari aniqlangan va 58420 dona sifatli anor ko‘chat olishga erishilgan. Ushbu olingan anor ko‘chatlari ulgurji narxda 4 ming so‘mdan sotilganda 233 mln 680 ming so‘m daromad olishga erishilib, olingan sof foyda 229 mln so‘mni tashkil etgan;
Xorazm viloyati Gurlan tumani “Madamin Matyakubov Bog‘i” fermer xo‘jaligining 0,6 ga maydonida «Navro‘z» navining 3 yoshli ko‘chatlaridan 3x4 ekish sxemasida anorzor barpo etilib ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi №05/06-03-362-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, anorning har bir tupidan o‘rtacha 12-14 kg, jami 6,5 tonna hosil olinib, gekutaridan 97 mln 500 ming so‘m daromad olishga erishilgan.