Abidaxunov Dilmurod Tadjiahmedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Sholini takroriy ekin sifatida etishtirishda begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini ishlab chiqish”, 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1626
Ilmiy rahbar: Atajanov Murodjon Maxamadjonovich, qishloq xoʻjaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.03.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Nosirov Bahtiyor Salohiddinovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlari sharoitida takroriy sholi etishtirishda begona o‘tlar zararini kamaytirishga qaratilgan agrotexnik, va kimyoviy choralarni uyg‘unlashgan samarali kurash tizimini ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida etishtirilayotgan sholi agrotsenozlarida begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimining ularning tur tarkibi, zichligi va zararlilik darajasiga ta’siri ilmiy jihatdan aniqlangan.
takroriy sholi etishtirish tizimida qo‘llanilgan uyg‘unlashgan kurash tadbirlarining tuproqning agrofizik, suv-fizik va agrokimyoviy xossalariga ta’siri baholanib, ularning tuproq unumdorligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir darajasi asoslangan.
tuproqqa turli agrotexnik ishlov berish usullari va gerbisidlarni uyg‘un qo‘llash orqali sholi o‘simligining o‘sishi, rivojlanishi, hosil elementlari hamda don sifat ko‘rsatkichlariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda aniqlangan.
taklif etilgan uyg‘unlashgan kurash tizimining takroriy sholi etishtirishda iqtisodiy samaradorlikni oshirishi (xarajatlarni kamaytirish va rentabellikni oshirish) ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyati o‘tloqi tuproqlar sharoitida takroriy ekin sifatida etishtirilayotgan sholi maydonlarida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan kurashni tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalari, sholining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini baholash orqali eng samarali qarshi kurash choralarini aniqlash bo‘yicha ilmiy va amaliy natijalari asosida: 
“Sholi maydonlarida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari” nomli tavsiyanoma chop etilgan va hududidagi sholikor fermer xo‘jaliklar foydalanishlari uchun amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2026-yil 20-fevraldagi 05/045-04-3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma asosida Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlari sharoitida sholini takroriy ekin sifatida etishtirishda begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan kurashni sholini biologik xususiyatlari, morfologik ko‘rsatkichlari, begona o‘tlarga qarshi kurashish agrotexnologiyalari bo‘yicha fermerlar va dala agronomlari uchun amaliy tavsiyalar berish imkoni yaratilgan. 
Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlar sharoitida takroriy ekin sifatida etishtirilayotgan sholi maydonlarida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi tuproqni ikki yarusli plug bilan shudgorlash bilan birga gerbisidlarni qo‘llash texnologiyasi Izboskan tumani “Yangi zamon agro sanoat” fermer xo‘jaligida 12,0 gektar, “Universal agro elit” fermer xo‘jaligida 15,0 gektar, “Andijon zamin sardori” fermer xo‘jaligida 17,0 gektar, “Faxriddin invest” fermer xo‘jaligida 17,0 gektar, shuningdek, Andijon tumani “Bobo dehqon” fermer xo‘jaligida 22,0 gektar, “Durbek olmos” fermer xo‘jaligida 21,0 gektar va “Qiriq qayrag‘och” fermer xo‘jaligida 19,0 gektar jami 123 gektar maydonlarda joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2026-yil 20-fevraldagi 05/045-04-3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tuproq zichligi kamaydi, g‘ovakligi va suv o‘tkazuvchanligi oshdi, namni saqlash qobiliyati yaxshilandi, bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlar soni kamaydi. Joriy etilgan mazkur texnologiya sholi hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.
Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlar sharoitida takroriy ekin sifatida etishtirilayotgan sholi maydonlarida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi tuproqni ikki yarusli plug bilan shudgorlash bilan birga gerbisidlarni qo‘llash texnologiyasi tuproqning zichligini kamaytirib, g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi hamda namni ushlab turish qobiliyati yaxshilagan. Bu esa sholining ildiz tizimini rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib, begona o‘tlar sonini keskin kamayishini ta’minlab, takroriy ekin sholi parvarishlanayotgan maydonlardagi bir yillik begona o‘tlar soni 84,1-85,7% gacha, ko‘p yillik begona o‘tlar 79,4-81,1% gacha kamayishini ta’minlagan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2026-yil 20-fevraldagi 05/045-04-3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rentabellik darajasi esa 37-47,2% gacha bo‘lib, tuproqqa oddiy plug bilan 28-30 sm chuqurlikda ishlov berilib, gerbisidlar qo‘llanilgan variantlarga nisbatan 9,6-10,2% gacha, yuqori rentabellikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish