Xodieva Sitora Shoxabbos qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyani ildizdan va ildizdan tashqari oziqlantirishning o‘sishi va rivojlanishi hamda dukkaklarning chatnab to‘kilishiga ta’siri (Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1545
Ilmiy rahbar: Abduazimov Akbar Muxtorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.03.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Jonibek Bazarovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Nosirov Iqboljon Qobiljon o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida soyani turli me’yorlarda mineral o‘g‘itlarga bog‘liq holda biostumliatorlar qo‘llashning soya dukkaklarining chatnab donining to‘kilishini kamaytiruvchi yuqori hosil yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida soya navlari dukkaklarining chatnab to‘kilishini kamaytirish uchun ildizdan va ildizdan tashqari oziqlantirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan hamda maqbul oziqlantirish usullari ishlab chiqilgan;
biostimulyatorlarning soya navlari o‘sish ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilganda, eng yuqori natijalar N120P90K60 foni qo‘llanilgan variantlarda qayd etilib ushbu fonda poya balandligi “Toshkent” va “Madad” navlarida Kalifos qo‘llanilganda 86,1–90,3 sm ni, Sakoda suyuq o‘g‘iti bilan oziqlantirilganda esa 100,1–103,1 sm.ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar o‘g‘itlanmagan N00P00K00 nazorat variantiga nisbatan tegishli ravishda 11–15 sm va 14,0–14,7 sm ga, N60P45K30 fonga nisbatan esa 7,3–10,2 sm va 12,0–13,1 sm ga yuqori ekanligi aniqlangan;
o‘simliklarda poyaning kuchli rivojlanib, dukkaklar sonining kam shakllanishiga sabab bo‘lishi hamda Kalifos va SAKO‘ o‘g‘itlari bilan bargdan oziqlantirilganda “Toshkent” navida 20,9–31,4 dona, “Madad” navida 11,5–38,7 donaga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
eng mahsuldor fotosintetik sof mahsuldorlik soya navlariga mineral o‘g‘it me’yori N60P45K30 hisobida qo‘llanilgan sharoitida SAKO‘ va Kalifos o‘g‘itlari bilan ildizdan tashqari oziqlantirilganda Kalifos 22,6–21,4 g/m2 sutka, SAKO‘ 22,6 –21,3 g/m2 sutka) bo‘lib, barg yuzasi “Toshkent” navida 60506,5–60690,6 m2/ga, “Madad” navida 60160,6–60335,4 m2/ga ni, quruq massa 77,2–88,2 g/o‘simlik shakllanishi aniqlangan;
soyani mineral o‘g‘it me’yori N120P90K60 hisobida qo‘llanilganda o‘g‘itlanmagan variantlarga nisbatan 12,6–14,9 %, ildizdan tashqari oziqlantirilmagan variantlarga nisbatan Kalifos preparati bilan oziqlantirilganda 5,8–6,4 %, SAKO‘ preparati bilan oziqlantirilganda 5,4–6,3 % dukkaklar chatnashi kamayishi aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida soya navlarini mineral o‘g‘it me’yori N120P90K60 hisobida qo‘llanilib, SAKO‘ va Kalifos o‘g‘itlari bilan ildizdan tashqari oziqlantirilganda hosildorlik eng yuqori 35,8–39,4 s/ga bo‘lib, mineral o‘g‘itlar qo‘llanilmagan (o‘g‘isiz) fonga nisbatan 9,7–14,0 s/ga, ildizdan tashqari oziqlantirilmagan variantga nisbatan 6,0–10,6 s/ga qo‘shimcha hosil shakllanganligi aniqlangan;
Mineral o‘g‘it me’yori N60P45K30 qo‘llanilgan hamda Kalifos o‘g‘itli suspenziya bilan ishlov berilgan variantda eng yuqori rentabellik darajasi qayd etilib, bu ko‘rsatkich “Toshkent” navida 121,8 % ni, “Madad” navida esa 124,7 % ni tashkil etgan. Shuningdek, SAKO‘ o‘g‘iti bilan suspenziya qilingan variantda ham rentabellik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, “Toshkent” navida 105,4 %, “Madad” navida esa 107,1 % bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida soyani ildizdan tashqari oziqlantirishning o‘sishi va rivojlanishi hamda dukkaklarning chatnab to‘kilishiga ta’siri (Qashqadaryo viloyati misolida) bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida soyani yetishtirish va oziqlantirish bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2025-yil 14-iyuldagi 05/05 – 04 – 397-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida soyaning Toshkent va Madad navlaridan yuqori va sifatli don hosili yetishtirishda muhim ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilmoqda;
Soyaning Toshkent va Madad navlarini mineral o‘g‘it fonlarida bargidan biostumliatorlarning turli me’yorlarini qo‘llab ishlov berish usullari ishlab chiqarish sharoitida Qarshi tumanida 21 gektar, Koson tumanida 17 gektar va Kasbi tumanida (64 gektar), jami 102 gektar yer maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/05-04-397-son ma’lumotnomasi). Natijada soya navlari “Toshkent” va “Madad” navlarini mineral o‘g‘itni N60P45K30 me’yorida qo‘llash bargidan ishlov berishda 2 bosqichda dukkaklash fazasining boshida–Kalifos 1,5 l/ga, SAKO‘ 1,5 kg/ga, II bosqich dastlabki dukkaklarning pishish davrida–Kalifos 2,5 l/ga, SAKO‘ 2,5 kg/ga me’yorida qo‘llanilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Soya navlari “Toshkent” va “Madad” navlarini mineral o‘g‘itni N60P45K30 me’yorida qo‘llash bargidan ishlov berishda 2-bosqichda dukkaklash fazasining boshida–Kalifos 1,5 l/ga, SAKO‘ 1,5 kg/ga, II bosqich dastlabki dukkaklarning pishish davrida–Kalifos 2,5 l/ga, SAKO‘ 2,5 kg/ga me’yorida qo‘llanilgan quyidagi “Xayitov Nuriddin Chorvador”, “Tong shamoli ziyosi”, “Saidakbar Saidaxror” fermer xo‘jaligi er maydonlari har gektardan 7,6–13,7 mln. so‘mgacha shartli sof daromad olinishiga rentabellik darajasi 88,7 foizni tashkil etgan.