O‘rishev Qaxramon Oxunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalarida xususiy kapital hisobini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt738.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalarida xususiy kapital hisobini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yog‘-moy sanoati korxonalarining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda ustav kapitalini hisobga olishda 4620-«Ustav kapitalga ulushlari bo‘yicha xorijiy ta’sischilarning qarzlari» va 8340-«Chet el ta’sischilarning ulushlari» ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida qo‘shilgan kapital hisobini takomillashtirish maqsadida 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kursning ijobiy farqi» va 8430- «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kursning salbiy farqi» nomli ishchi schyotlardan foydalanish taklif qilingan;
aksiyadorlik jamiyatlarida amaldagi 8500 - «Rezerv kapital» schyotini «Jamg‘arilgan va rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar» ishchi schyoti deb nomlash taklif etilgan;
yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalarida mulklarni qayta baholash natijasida vujudga keladigan qiymatning bir qismini taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazish taklif etildi va olinadigan ijobiy natija asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalarida xususiy kapital hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ustav kapitalga ulushlari bo‘yicha xorijiy ta’sischilarning qarzlari» hamda «Chet el ta’sischilarning ulushlari» ishchi schyotlarini kiritish takliflari «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning «Hisob siyosati»ga o‘zgartirishlar kiritishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2019 yil 18 sentyabrdagi AA/9-1290-son ma’lumotnomasi hamda «Asaka yog‘» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 6 sentyabrdagi 05/652-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda chet el ta’sischilarining ulushlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni olishga xizmat qilgan;
8430-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kursning salbiy farqi» (KP) ishchi schyotni kiritish bo‘yicha takliflar amaliyotda foydalanish uchun «Asaka yog‘» aksiyadorlik jamiyatida qabul qilindi («Asaka yog‘» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 6 sentyabrdagi 05/652-son ma’lumotnomasi). Ushbu schyotlardan amalda foydalanish natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ustav kapitalidagi chet el ta’sischilarini ulushlari bo‘yicha kurs farqlarini hisobga olishda aniqlik va shaffoflik ta’minlangan;
«Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar»ni «Jamg‘arilgan va rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar» nomi bilan belgilash ishchi schyotini kiritish bo‘yicha tavsiyalar «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning «Hisob siyosati»ga o‘zgartirishlar kiritishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2019 yil 18 sentyabrdagi AA/9-1290-son ma’lumotnomasi hamda «Asaka yog‘» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 6 sentyabrdagi 05/652-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiya natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda taqsimlanmagan foyda hisobidan rezerv kapitalini shakllantirish me’yorlariga rioya qilinishiga hamda mulkni qayta baholash natijasida jamg‘arilgan foyda hisobini yuritish ishonchliligiga xizmat qilgan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida mulklarni qayta baholash natijasida vujudga keladigan qiymatning bir qismini taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalari amaliyotda foydalanish uchun «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi tomonidan qabul qilindi («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2019 yil 18 sentyabrdagi AA/9-1290-son ma’lumotnomasi hamda «Asaka yog‘» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 6 sentyabrdagi 05/652-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida «Asaka yog‘» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yilda taqsimlanmagan foydasi 0,2 foizga oshirilishi ta’minlangan hamda jamiyatning xususiy kapital miqdori 0,04 foizga ko‘payishiga erishilgan. Natijada aksiyadorlik jamiyatida korxona mablag‘laridan samarali foydalanishga erishilgan.