Urazov Nu’monjon Sa’dullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘sma genezli mexanik sariqlikda o‘t yo‘llarini drenajlash uchun kam invaziv texnologiyalardan foydalanishga differensial yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6101.
Ilmiy rahbar: Xo‘jabaev Safarboy Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Daminov Feruz Asadullaevich (DSc), dotsent. Nazarov Shoxin Kuvatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
o‘sma genezli mexanik sariqlikda o‘t yo‘llarini drenajlashning miniinvaziv texnologiyalarini qo‘llashga differensial yondashuvni asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘smaning joylashuvi, oshqozon osti bezi-o‘t yo‘llari sohasining topografik-anatomik xususiyatlari, o‘sma bloki darajasi, kasallik bosqichi va bemorlarning jismoniy holati, kutilayotgan umr davomiyligi prognoz omillarini hisobga olgan holda operatsiya qilib bo‘lmaydigan o‘smalarni davolash algoritmida miniinvaziv texnologiyalarning turli usullarining o‘rni aniqlangan;
mexanik sariqlik bilan asoratlangan jigar-oshqozon osti bezi-o‘n ikki barmoq ichak sohasining rezeksiya qilinmaydigan o‘smalarida o‘t yo‘llarini ichki drenajlashning an’anaviy jarrohlik va miniinvaziv texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirish imkonini beruvchi differensial-diagnostik va davolash algoritmlari ishlab chiqilgan;
o‘t yo‘llarini drenajlash yoki biliodigestiv anastomozlar qo‘yish bilan palliativ jarrohlik davolash maqsadida miniinvaziv texnologiyalarni tanlash, mexanik sariqlik bilan asoratlangan jigar-oshqozon osti bezi-o‘n ikki barmoq ichak sohasi a’zolari o‘smalari bo‘lgan operatsiya qilib bo‘lmaydigan bemorlarning kutilayotgan umr davomiyligiga asoslanishi aniqlangan;
an’anaviy jarrohlik aralashuvlariga nisbatan drenajlash samaradorligi teng bo‘lgan holda, operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytiruvchi o‘t yo‘llarini drenajlashning ehtiyotkor miniinvaziv intervension usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘sma genezli mexanik sariqlikda o‘t yo‘llarini drenajlash uchun kam invaziv texnologiyalardan foydalanishga differensial yondashuv bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 16.02.2026 y. 03/10-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: o‘smaning joylashuvi, oshqozon osti bezi-o‘t yo‘llari sohasining topografik-anatomik xususiyatlari, o‘sma bloki darajasi, kasallik bosqichi va bemorlarning jismoniy holati, kutilayotgan umr davomiyligi prognoz omillarini hisobga olgan holda operatsiya qilib bo‘lmaydigan o‘smalarni davolash algoritmida miniinvaziv texnologiyalarning turli usullarining o‘rni aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasi (15.01.2026 y. 269-7-107-TB/2026-son buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali (12.01.2026 y. 14-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bajarilgan aralashuvdan keyingi uzoq muddatli davrda miniinvaziv intervension turli usullarini qo‘llash jihatlari, biliar stentlar okklyuziyasi va duodenal stenoz rivojlanishi bilan bog‘liq takroriy kasalxonaga yotqizish holatlari o‘rganildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: miniinvaziv intervension turli usullarini qo‘llash jihatlari, biliar stentlar okklyuziyasi va duodenal stenoz rivojlanishi bilan jarrohlik davolashni qo‘llash doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 7-10 kun uchun 7625400 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 975650 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 5 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 3876450 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: retrograd transpapillyar yo‘l orqali samarali drenajlashga to‘sqinlik qiladigan eng murakkab anatomik sharoitlar o‘sma torayishining bevosita konflyuensda (samaradorligi 40%) va umumiy o‘t yo‘lining terminal qismida duodenal stenoz bilan birgalikda (samaradorligi 22,7%) joylashishi hisoblanadi. Bunday holatlarda kombinatsiyalangan antegrad aralashuvlarni qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: mexanik sariqlik bilan asoratlangan jigar-oshqozon osti bezi-o‘n ikki barmoq ichak sohasining rezeksiya qilinmaydigan o‘smalarida o‘t yo‘llarini ichki drenajlashning an’anaviy jarrohlik va miniinvaziv texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirish imkonini beruvchi differensial-diagnostik va davolash algoritmlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasi (15.01.2026 y. 269-7-107-TB/2026-son buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali (12.01.2026 y. 14-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mexanik sariqlik bilan asoratlangan gepatopankreatobiliar zona o‘smalari bo‘lgan operatsiya qilib bo‘lmaydigan bemorlarning kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligini hisobga olgan holda, o‘t yo‘llarini drenajlashning turli usullarini qo‘llash uchun differensial-diagnostik mezonlar va bemorlarni davolash algoritmi ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘t yo‘llarini drenajlashning turli usullarini qo‘llash uchun differensial-diagnostik mezonlar va bemorlarni davolash algoritm ostida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 15024100 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: stentlarning xilma-xilligi, turli konstruksiyalarining mavjudligi va ularni birgalikda qo‘llash imkoniyati har bir aniq klinik vaziyatda eng maqbul usulni tanlashga differensial yondashuvni talab etadi. Operatsiya qilib bo‘lmaydigan gepatopankreatobiliar zona o‘smalari bor bemorlarda kutilayotgan umr davomiyligi 6 oydan kam bo‘lganda, plastik stent yordamida o‘t yo‘llarini antegrad yoki retrograd endoskopik drenajlash bilan miniinvaziv intervensiyani afzal ko‘rish lozim. Operatsiya qilib bo‘lmaydigan gepatopankreatobiliar zona o‘smalari bor bemorlarda kutilayotgan umr davomiyligi 6 oydan ortiq bo‘lganda, kengayuvchi metal stent yordamida o‘t yo‘llarini antegrad yoki retrograd endoskopik drenajlash bilan miniinvaziv intervensiyani yoki biliodigestiv anastomozlar va/yoki gastroenteroanastomoz qo‘yish orqali palliativ jarrohlik davolashni afzal ko‘rish kerak. 
uchinchi ilmiy yangilik: o‘t yo‘llarini drenajlash yoki biliodigestiv anastomozlar qo‘yish bilan palliativ jarrohlik davolash maqsadida miniinvaziv texnologiyalarni tanlash, mexanik sariqlik bilan asoratlangan jigar-oshqozon osti bezi-o‘n ikki barmoq ichak sohasi a’zolari o‘smalari bo‘lgan operatsiya qilib bo‘lmaydigan bemorlarning kutilayotgan umr davomiyligiga asoslanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasi (15.01.2026 y. 269-7-107-TB/2026-son buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali (12.01.2026 y. 14-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: katta klinik materialda mexanik sariqlik bilan asoratlangan gepatopankreatobiliar zonaning operatsiya qilib bo‘lmaydigan o‘smalarida biliodigestiv anastomozlar qo‘yish bilan miniinvaziv intervension va palliativ jarrohlik amaliyotlarining bevosita va uzoq muddatli natijalarining qiyosiy tahlili o‘tkazildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sbiliodigestiv anastomozlar qo‘yish bilan miniinvaziv intervension va palliativ jarrohlik amaliyotidan keyin operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 25% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: gepatopankreatobiliar zona o‘smalari bo‘lgan operatsiya qilib bo‘lmaydigan bemorlarning umr ko‘rish davomiyligining eng muhim prognostik omillari quyidagilardir: birlamchi o‘smaning hajmi va ASA tasnifi bo‘yicha jismoniy holat darajasi. O‘sma hajmi 45 mm dan katta va ASA bo‘yicha 3-4 darajali jismoniy holati bo‘lgan bemorlarda umr ko‘rish davomiyligi odatda 6 oydan oshmaydi. Aksincha, o‘sma hajmi kichikroq va jismoniy holati yaxshi saqlangan (ASA bo‘yicha 1-2 darajali) bemorlarda umr ko‘rish davomiyligi ancha yuqori bo‘ladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: an’anaviy jarrohlik aralashuvlariga nisbatan drenajlash samaradorligi teng bo‘lgan holda, operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytiruvchi o‘t yo‘llarini drenajlashning ehtiyotkor miniinvaziv intervension usullari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasi (15.01.2026 y. 269-7-107-TB/2026-son buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali (12.01.2026 y. 14-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: miniinvaziv aralashuvlar uchun operatsiyadan keyingi asoratlarning past chastotasi xos bo‘lib, birlamchi drenajlashdan keyin bir necha oy yoki hatto yillar davomida rivojlanadigan kechki asoratlarning ustunligi kuzatiladi. Biliodigestiv anastomozlar qo‘yish bilan an’anaviy palliativ jarrohlik amaliyotlari uchun esa, aksincha, operatsiyadan keyingi erta asoratlar xosdir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: biliodigestiv anastomozlar qo‘yish bilan an’anaviy palliativ jarrohlik amaliyotlari samaradorligi bilan intraoperatsion travmatizmni va jarrohlik aralashuvining davomiyligini kamaytirishga yordam berishi, reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 15855450 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 25% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: biliodigestiv anastomozlar qo‘yish bilan amalga oshiriladigan palliativ jarrohlik davolash miniinvaziv drenajlashga qaraganda ko‘proq jarrohlik agressiyasi bilan tavsiflanadi. Jarrohlik davolashda operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim darajasi (29,4% va 17,6%) antegrad (11,1% va 5,5%) va retrograd yo‘l (15,5% va 11,8%) bilan amalga oshiriladigan miniinvaziv davolashga qaraganda sezilarli darajada yuqori.

Yangiliklarga obuna bo‘lish