Xaitov Oxunjon Nomoz o‘g‘lining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Iqt1081.
Ilmiy rahbar: Yavmutov Dilshod Shoyimardonkulovich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, 
DSc.03/2025.27.12.1.08.03.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Maxbuba Tuychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizmni innovatsion rivojlantirishni baholash uslubiyoti innovatsion faoliyatni baholash algoritmi bosqichlarini (0,1-0,3-past, 0,4-0,6-o‘rta, 0,7-1,0-yuqori) ko‘rinishda, innovatsion faollik obektlarining ko‘lamini (Mikro → Mezo → Makro) darajada baholash hamda turistik korxonalarda innovatsion faoliyatning yakuniy natijalarga ta’sirini ifodalovchi “korxona innovatsion barqarorligi” ko‘rsatkichini kiritish asosida takomillashtirilgan;
Samarqand tumanida hududdagi biznes va mahalliy hunarmandlar kasanachiligi shaklidagi hamkorligiga asoslangan innovatsion turistik mahsulotlar va xizmatlar yaratish, konsalting xizmatlari ko‘rsatish, ishtirokchilar o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar uchun resurslarni jalb qilish, hamda kadrlar va texnologik qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan innovatsion “Biznes” turizm klasterini tashkil etish taklifi dalillangan;
hududiy turizmning innovatsion rivojlanishini integral baholash uslubiyotini sohada innovatsion faollikni eng past (0≤IF<0,027), past (0,028≤IF<0,088), o‘rta (0,089≤IF<0,153), yuqori (0,154≤IF <0,373) va eng yuqori (0,374≤IF<1,000) darajali guruhlarda baholash eng maqbul variant sifatida asoslangan hamda turizmda innovatsion faoliyat rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirilgan;
“Omonqo‘ton” turistik hududida dam olish va xordiq chiqarish uchun afzalliklarga ega jozibali landshaft manzaralarini targ‘ib qilish, turizmning yangi turlari va yangi turistik marshrutlarini ommalashtirish, turistik hudud haqidagi ma’lumotlarni raqamli gidlar orqali etkazib berish hamda boshqariladigan axborotlarni analitik tahlil interfeysini yaratishning “Guidance-information-consultation” platformasini ishlab chiqish taklifi asoslangan;  
O‘zbekistonda turizm sohasini innovatsion rivojlanish dinamikasi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida sohaning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasini innovatsion rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizmni innovatsion rivojlantirishni baholash uslubiyoti innovatsion faoliyatni baholash algoritmi bosqichlarini (0,1-0,3=past, 0,4-0,6=o‘rta, 0,7-1,0=yuqori) ko‘rinishda, innovatsion faollik obektlarining ko‘lamini (Mikro → Mezo → Makro) darajada baholash hamda turistik korxonalarda innovatsion faoliyatning yakuniy natijalarga ta’sirini ifodalovchi “korxona innovatsion barqarorligi” ko‘rsatkichini kiritish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 15-maydagi  “2025-2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoniga muvofiq “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qumitasining 2026-yil 6-apreldagi 02-17/3551-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish turizm sohasi sub’ektlari faoliyati natijalarini innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlar bilan taqqoslash imkonini bergan;
Samarqand tumanida hududdagi biznes va mahalliy hunarmandlar kasanachiligi shaklidagi hamkorligiga asoslangan innovatsion turistik mahsulotlar va xizmatlar yaratish, konsalting xizmatlari ko‘rsatish, ishtirokchilar o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar uchun resurslarni jalb qilish, hamda kadrlar va texnologik qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan innovatsion “Biznes” turizm klasterini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 15-maydagi  “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-238-son Qaroriga muvofiq “Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qumitasining 2026-yil 6-apreldagi 02-17/3551-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi turizm sohasida yangi turistik mahsulotlar va xizmatlar yaratish hamda sohada innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish darajasini 1,5 martaga oshirish imkonini bergan; 
hududiy turizmning innovatsion rivojlanishini integral baholash uslubiyotini sohada innovatsion faollikni eng past (0≤IF<0,027), past (0,028≤IF<0,088), o‘rta (0,089≤IF<0,153), yuqori (0,154≤IF <0,373) va eng yuqori (0,374≤IF<1,000) darajali guruhlarda baholash eng maqbul variant sifatida asoslangan hamda turizmda innovatsion faoliyat rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 15-maydagi  “2025-2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoniga muvofiq “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qumitasining 2026-yil 6-apreldagi 02-17/3551-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududlarning turizm sohasida innovatsion faoliyatini rivojlanish darajalariga ko‘ra tabaqalashtirish orqali ularning turistik innovatsion salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish optimalligini oshirish imkonini bergan;
“Omonqo‘ton” turistik hududida dam olish va xordiq chiqarish uchun afzalliklarga ega jozibali landshaft manzaralarini targ‘ib qilish, turizmning yangi turlari va yangi turistik marshrutlarini ommalashtirish, turistik hudud haqidagi ma’lumotlarni raqamli gidlar orqali etkazib berish hamda boshqariladigan axborotlarni analitik tahlil interfeysini yaratishning “Guidance-information-consultation” platformasini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 15-maydagi  “2025-2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoniga muvofiq “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qumitasining 2026-yil 6-apreldagi 02-17/3551-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning ko‘p bosqichli tizimini shakllantirish hamda kichik biznes va tadbirkorlik uchun  turizm va rekreatsiya sohasida keng ko‘lamli axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish imkonini bergan;
Samarqand viloyatida turizm sohasini innovatsion rivojlanish dinamikasi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida sohaning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2025-2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Turizm qumitasining 2026-yil 6-apreldagi 02-17/3551-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatiga turist sifatida tashrif buyuruvchilar sonini 27,5 %ga, joylashtirish vositalari sonini 27,3 %ga oshishi dalillangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish