Aripov Alisher Sayfiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy jamiyatda korrupsiya profilaktikasining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1050
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jamiyatda korrupsiya profilaktikasi tizimida zamonaviy profilaktika usullari va vositalarining ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish asosida, bu illatni engishning ijtimoiy zarurati va huquqiy asoslarini globallashuv va raqamlashtirish talablariga javob beruvchi tizimni yaratish orqali xalqaro konvensiyalar doirasida yagona mexanizmni joriy etish lozimligi aniqlangan;
jamiyatda korrupsiyaga qarshi profilaktika tizimini takomillashtirish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, uning funksiyalarini kengaytirish, shuningdek, huquqiy vakolat va majburiyatlarni aniq belgilash va nazariy - ilmiy yondashuvlar asosida SI tizimi yordamida me’yoriy talablar hamda normativ hujjatlar tizimini va sohaga taaluqli kontentlarni yanada takomillashtirish lozimligi dalillangan;
korrupsiya norasmiy ijtimoiy aloqalar darajasida yuzaga keladigan ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘lishi va uni bartaraf etishda ta’lim va madaniyat, ommaviy axborot vositalari, mafkura kabi targ‘ibot tizimini dialektik aloqadorligi asosida korrupsiyani profilaktikasining ijtimoiy va aksiologik ahamiyati ochib berilgan;
korrupsiyaga qarshi profilaktika tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan tamoyillarni ishlab chiqish hamda ularni amaliy faoliyatga samarali joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan profilaktik modellarni tatbiq etishning ijtimoiy va madaniy jihatdan ahamiyati hamda zarurati, jamiyatning barqarorligini mustahkamlash, davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirishda sinergetik yondashuv muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatda korrupsiya profilaktikasi tizimi faoliyatini falsafiy jihatdan tadqiq etish, shuningdek, zamonaviy profilaktika usullari va vositalarining muhimligini ochib berish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish asosida, bu illatni engishning ijtimoiy zarurati va huquqiy asoslarini globallashuv va raqamlashtirish talablariga javob beruvchi tizimni yaratish orqali xalqaro konvensiyalar doirasida yagona mexanizmni joriy etish lozimligiga oid ilmiy xulosa va takliflari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyatida, ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy faoliyatida va partiyaning dasturiy maqsadlarini amalga oshirish jarayonida hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida, partiyaning ijtimoiy-ma’rifiy faoliyatini takomillashtirish jarayoni va dasturiy maqsadlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2024-yil 28-noyabrdagi 6-510-son hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2024-yil 4-dekabrdagi 02/02-74-son ma’lumotnomalari). Natijada, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarining mazmun-mohiyatini boyitish va samaradorligini oshirishga hamda korrupsiyaga qarshi profilaktika faoliyatining nazariy-metodologik asoslari boyitilgan, jamiyatda halollik, ijtimoiy adolat, shaffoflik va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot hamda tarbiyaviy tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
jamiyatda korrupsiyaga qarshi profilaktika tizimini takomillashtirish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, uning funksiyalarini kengaytirish, shuningdek, huquqiy vakolat va majburiyatlarni aniq belgilash va nazariy - ilmiy yondashuvlar asosida SI tizimi yordamida me’yoriy talablar hamda normativ hujjatlar tizimini va sohaga taaluqli kontentlarni yanada takomillashtirishga oid ilmiy xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatiga, yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy loyihalar va axborot kontentlarini takomillashtirishda hamda “Yoshlar forumi – 2024” doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari mazmunini boyitishda hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Ma’naviyat festivali”, “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash”, “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmuni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 20-yanvardagi 4-16-21-311-son hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 13-fevraldagi 10/109-son ma’lumotnomalari). Natijada, yoshlarda halollik, fuqarolik mas’uliyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirilgan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ilmiy-uslubiy asoslari kuchaytirilgan, yoshlarda halollik, vatanparvarlik, ijtimoiy mas’uliyat va korrupsiyaga qarshi qat’iy fuqarolik pozisiyasini shakllantirish samaradorligi oshirilgan;
korrupsiya norasmiy ijtimoiy aloqalar darajasida yuzaga keladigan ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘lishi va uni bartaraf etishda ta’lim va madaniyat, ommaviy axborot vositalari, mafkura kabi targ‘ibot tizimini dialektik aloqadorligi asosida korrupsiyani profilaktikasining ijtimoiy va aksiologik ahamiyatiga oid ilmiy-nazariy xulosalar hamda amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi grant loyihasi doirasida amalga oshirilgan vazifalar ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 2026-yil 20-fevraldagi 01-06/46-son ma’lumotnomasi). Natijada, korrupsiya profilaktikasi sohasida davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularning ijro samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy mexanizmlar takomillashtirilgan, aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiluvchi targ‘ibot materiallari, ijtimoiy mediamahsulotlar va profilaktik axborot platformalarini yaratishning ilmiy-uslubiy asoslari boyitishga xizmat qilgan.
korrupsiyaga qarshi profilaktika tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan tamoyillarni ishlab chiqish hamda ularni amaliy faoliyatga samarali joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan profilaktik modellarni tatbiq etishning ijtimoiy va madaniy jihatdan ahamiyati hamda zarurati, jamiyatning barqarorligini mustahkamlash, davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirishda sinergetik yondashuv muhimligi bo‘yicha ilgari surilgan nazariy g‘oyalar va konseptual qarashlar hamda amaliy takliflar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM faoliyatiga tatbiq qilingan. Korrupsiyani norasmiy ijtimoiy aloqalar ta’sirida yuzaga keluvchi salbiy ijtimoiy fenomen sifatida talqin etish, uning profilaktikasida ta’lim-tarbiya, madaniy muhit, ommaviy kommunikatsiya vositalari, mafkuraviy ta’sir va targ‘ibot tizimining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy yondashuvlar “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” tahririyatining “Ta’lim va taraqqiyot” hamda “Millat va ma’naviyat” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 17-dekabrdagi 01-02/165-son ma’lumotnomasi). Natijada, efirga tayyorlangan teledasturlar va targ‘ibot materiallarining mazmuni ilmiy-nazariy yondashuvlar bilan boyitilib, yoshlarda korrupsiyaga qarshi qat’iy fuqarolik munosabatini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash hamda keng auditoriya uchun mo‘ljallangan ma’rifiy kontentlar samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilgan.