Buranov Abdulxakim Xollievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoat tashkilotlari: muammolar tajribalar va yangiliklar (Surxondaryo viloyati misolida)”- 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1158
Ilmiy rahbar: Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Omonova Sarvinoz Orif qizi, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda, jumladan, Surxondaryo viloyatida jamoat tashkilotlarining faoliyatini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqimizning bosib o‘tgan tarixiy jarayonlarda jamoatchilik birlashmasining muhim bo‘lagi sanalgan urug‘, qo‘shnichilik va qishloq jamoalari kabi bosqichlarni bosib o‘tganligi, mahallaning ilk belgilari Markaziy Osiyoda ilk bor Surxon vohasidagi Sopollitepa va Jarqo‘ton makonlarida shakllanganligi, mahalla tizimi tarix sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligi, kishilarni birlashtiruvchi, tarbiyalovchi vosita ekanligi, ayniqsa, mustaqillik yillarida mahalla tizimi tarix sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligi, kishilarni birlashtiruvchi, tarbiyalovchi vosita ekanligi, ayniqsa, mustaqillik yillarida mahalla tiziming jamiyatdagi o‘rni ortganligi, o‘zini o‘zi boshqarish tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida ijtimoiy, ma’naviy va ma’rifiy islohotlarda muhim o‘rin tutganligi ishonchli misollar orqali asoslangan;
jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar muhim o‘rin tutishligi siyosiy plyuralizmning muhim bo‘lagi ekanligi , shu asosda, respublika ko‘ppartiyaviylik tizimga o‘tganligi, ammo partiyalarning faoliyatida faollik sezilmayotganligi, ko‘pincha siyosiy partiyalar o‘z elektrotiga bergan va’dalarni bajarmaganligi, partiyalar faoliyatida tashabbuskorlik etishmaganligi kabi jihatlar uzoq vaqt ustuvor bo‘lganligi, ammo keyingi yillarda jamiyat hayotida yuz bergan demokratik o‘zgarishlarning partiyalar faoliyatida ham yaqqol sezilganligi, Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va modernizatsiya jarayonida siyosiy partiyalarning o‘rni ortib borayotganligi aniq manbalarga tayanib dalillangan.
Mustaqillik yillarida kasaba uyushmalarining faoliyati tamomila yangi bosqichga o‘tganligi, xususan, kasaba uyushmalari xodimlarining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishda belgilovchi o‘rin tutganligi, Surxondaryo viloyatida sheriklik, ijtimoiy himoya va ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishda ulkan tajriba to‘planganligi, xususan, kasaba uyushmalari mehnat jamoalarida aholining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoyalash, bandlik, mehnat muhofazasi, munosib mehnat sharoitini yaratish xodimlar va ularning oila a’zolari jamoatchilik borasida jamaotchilik nazorati vazifasini bajarayotganligi ko‘plab dalillar asosida isbotlangan;
Mustaqillik yillarida yoshlar va xotin qizlar tashkilotlarining viloyat ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayotida tutgan o‘rni, xususan, mazkur tashkilotlarining say-harakatlari asosida ayollar va yoshlar hayotida uchraydigan ko‘plab muammolar echim topganligiga qaramasdan, mazkur tashkilotlarning faoliyati, asosan, majlisbozliklar va rasmiyatchilik asosida tashkil etilganligi, ko‘pincha so‘z va ish birligida muvozanatning buzilish holatlarining uchrashi, biroq yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan demokratik islohotlar surxondaryolik yoshlar va ayollarning hayotida ham ijobiy yangilanishlar jarayonini boshlab berganligi bilan bog‘liq holatlar ochiqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamoat tashkilotlari faoliyati muammolar, tajribalar va yangiliklar (Surxondaryo viloyati misolida) mavzusini o‘rganishda to‘plangan ilmiy ma’lumotlar asosida:
Xalqimizning bosib o‘tgan tarixiy jarayonlarda jamoatchilik birlashmasining muhim bo‘lagi sanalgan urug‘, qo‘shnichilik va qishloq jamoalari kabi bosqichlarni bosib o‘tganligi, mahallaning ilk belgilari Markaziy Osiyoda ilk bor Surxon vohasidagi Sopollitepa va Jarqo‘ton makonlarida shakllanganligi, mahalla tizimi tarix sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligi, kishilarni birlashtiruvchi, tarbiyalovchi vosita ekanligi, ayniqsa mustaqillik yillarida mahalla tizimi tarix sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligi, kishilarni birlashtiruvchi, tarbiyalovchi vosita ekanligi, ayniqsa mustaqillik yillarida mahalla tiziming jamiyatdagi o‘rni ortganligi, o‘zini o‘zi boshqarish tiziming muhim bo‘g‘ini sifatida ijtimoiy, ma’naviy va ma’rifiy islohotlarda muhim o‘rin tutganligi bilan ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan. “Tarix maydoni” ko‘rsatuv senariyasini tayyorlash jarayonida foydalanilgan. Bu esa O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining 2026 yil 7 yanvardagi 01-33/08-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Natijada, bu ma’lumotlar teletomoshobinlarning mahalla va uning jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq tarixiy bilimlarning boyishiga xizmat qilgan.
Jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar muhim o‘rin tutishligi siyosiy plyuralizimning muhim bo‘lagi ekanligi , shu asosda respublikada ko‘ppartiyaviylik tizimga o‘tganligi, ammo partiyalarning faoliyatida faollik sezilmayotganligi, ko‘pincha siyosiy partiyalar o‘z elektrotiga bergan va’dalarni bajarmaganligi, partiyalar faoliyatida tashabbuskorlik etishmaganligi, kabi jihatlar uzoq vaqt ustuvor bo‘lganligi ammo keying yillarda jamiyat hayotida yuz bergan demokratik o‘zgarishlarning partiyalar faoliyatida ham yaqqol sezilganligi, Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va moderinizatsiya jarayonida siyosiy partiyalarning o‘rni ortib borayotganligi bilan bog‘liq ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan. “Taqdimot” ko‘rsatuv senariyasini tayyorlash jarayonida foydalanilgan. Bu esa O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining 2026 yil 7 yanvardagi 01-33/08-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Natijada, ushbu ma’lumotlar teletomoshobinlarning siyosiy partiyalarning tarixi va faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarning boyishiga xizmat qilgan.
Musaqillik yillarida kasaba uyushmalarining faoliyati tamomila yangi bosqichga o‘tganligi xususan kasaba uyushmalari xodimlarining ijtimoiy – iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishda belgilovchi o‘rin tutganligi, Surxondaryo viloyatida sheriklik, ijtimoiy himoya va ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishda ulkan tajrib to‘planganligi, xususan kasaba uyushmalari mehnat jamoalarida aholining ijtimoiy iqtisodiy va huquqiy himoyalash, bandlik, mehnat muhofazasi, munosib mehnat sharoitini yaratish xodimlar va ularning oila a’zolarini jamoatchilik borasida jamoatchilik nazorati vazifasini bajarayotganligi haqidagi ma’lumotlardan Surxondaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining ma’naviyat soatlarini tashkil etish hamda targ‘ibot va ma’ruza materiallarini tayyorlashda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 26 may 109-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining kasaba uyushmalari faoliyati va vazifalari bilan bog‘liq bilimlarni boyitishga hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Mustaqillik yillarida yoshlar va xotin qizlar tashkilotlarining viloyat ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayotida tutgan o‘rni, xususan mazkur tashkilotlarining say – harakatlari asosida ayollar va yoshlar hayotida uchraydigan ko‘plab muammolar echimi topganligiga qaramasdan mazkur tashkilotlarning faoliyati asosan majlisbozliklar va rasmiyatchilik asosida tashkil etilganligi, ko‘pincha so‘z va ish birligida muvozanatning buzilish holatlarining uchrashi, biroq Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan demokratik islohotlar surxondaryolik yoshlar va ayollarning hayotida ham ijobiy yangilanishlar jarayonini boshlab berganligi bilan bog‘liq ma’lumotlardan Surxondaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining ma’naviyat soatlarini tashkil etish hamda targ‘ibot va ma’ruza materiallarini tayyorlashda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 26 may 109-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar ma’naviyat soatlari hamda targ‘ibot-ma’ruza materiallari mazmuniga integratsiya qilinib, etnomadaniy merosni anglash va qadrlash, etnoturizm salohiyatini targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.