Imamova Nilufar Asamutdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):
“Milliy iqtisodiyotda ta’lim klasterlari shakllanishining nazariy asoslari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4644.
Ilmiy rahbar: Tuxliev Nurislam, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.01.10.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ravshan Arifovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmanova Ra’no Mirjalilovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotda ta’lim klasterini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, respublika oliy ta’lim tizimida klasterlarni tashkil etish mexanizmini davlat-xususiy sheriklik asosida “Sanoatlashtirishga asoslangan”, davlat mulkchiligi asosida “Davlat tomonidan boshqariluvchi” va xususiy sektor tomonidan “Innovatsion ekotizim” ta’lim klasterlarini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra, respublikada shakllanadigan ta’lim klasterlari samaradorligi va ularning xalqaro reytingini oshirish mexanizmini mulkchilik shaklidan qat’iy nazar faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim muassasalarida “Research staff” tizimini tashkil qilish orqali takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
respublikada ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan transport, logistika, energetika, biotexnologiya, elektronika yo‘nalishlarida “korxona – universitet – ilmiy tashkilot” ta’lim klasteri modelini joriy qilish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
respublikada ta’lim klasterlari va innovatsion faollik darajasiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqligining ekonometrik modelini yaratish asosida YaIMga nisbatan ITTKI xarajatlari ulushini oshirishning 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyotda ta’lim klasterlari shakllanishining nazariy asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
respublika oliy ta’lim tizimida klasterlarni tashkil etish mexanizmini davlat-xususiy sheriklik asosida “Sanoatlashtirishga asoslangan”, davlat mulkchiligi asosida “Davlat tomonidan boshqariluvchi” va xususiy sektor tomonidan “Innovatsion ekotizim” ta’lim klasterlarini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifidan 60411800-Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), 60411900-Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, 61010400-Turizm (xalqaro turizm) ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Makroiqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektorining 2025 yilning 20 martdagi 66-UM-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan 66-01-sonli guvohnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv qo‘llanmada foydalanish talabalarda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining ahamiyatini chuqur anglash, kadrlar tayyorlash jarayonida amaliyot va nazariya uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda universitet, biznes va davlat hamkorligining ob’ektiv zarurligini kengroq tushunishlariga xizmat qiladi;
respublikada shakllanadigan ta’lim klasterlari samaradorligi va ularning xalqaro reytingini oshirish mexanizmini mulkchilik shaklidan qat’iy nazar faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim muassasalarida “Research staff” tizimini tashkil qilish orqali takomillashtirish taklifidan 60411800-Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), 60411900-Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, 61010400-Turizm (xalqaro turizm) ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Makroiqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan 47-maqsad ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 25 dekabrdagi 02/58–6337-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida OTMlarda ilmiy loyihalarning tijoratlashtirilishi hamda OTMlarning QS va THE xalqaro reytinglariga kirishi ta’minlanadi;
respublikada ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan transport, logistika, energetika, biotexnologiya, elektronika yo‘nalishlarida “korxona – universitet – ilmiy tashkilot” ta’lim klasteri modelini joriy qilish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son ““O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining “2030 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ta’lim tizimi islohotlari” yo‘nalishining 7-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 25 dekabrdagi 02/58–6337-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ta’lim klaster modeli asosida sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi;
respublikada ta’lim klasterlari va innovatsion faollik darajasiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqligining ekonometrik modelini yaratish asosida YaIMga nisbatan ITTKI xarajatlari ulushini oshirishning 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining ta’limga oid 51-maqsadida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 25 dekabrdagi 02/58–6337-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida innovatsiyalarni keng joriy etish va innovatsion xarajatlarni ko‘paytirish orqali O‘zbekiston Respublikasida ta’lim klasterlari soni ortadi.