Azizova Saodat Xabibulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ziyorat turizmini rivojlantirishda halol standartlarini qo‘llashning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt401
Ilmiy rahbar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.08.03 
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,  Xallieva Nargiza Roziqovna,  iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.   
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishda halol standartlarini qo‘llashning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ovqatlanish shaxobchalarini baholash uslubiyoti xalqaro halol  standartlashtirish amaliyotiga asoslangan holda O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan “Ovqatlanish shaxobchalarini halol me’zonlariga muvofiq baholash metodikasi” asosida takomillashtirilgan;
turistlarga xizmatlarni shaxsiylashtirishda sayyohlar uchun mo‘ljallangan, foydalanuvchiga yo‘naltirilgan raqamli xizmat vositasi sifatida real vaqt rejimida mehmonxonalar, restoranlar, masjidlar, ziyoratgohlar joylashuvini, namoz vaqtlarini aniqlash, bron qilish va baho berishga yo‘naltirilgan xizmatlar, ijtimoiy ishtirok va kroud-sourcingni birlashtirgan, mobil qurilmalar orqali boshqarish imkoniyatiga ega “UzHalal Travel” turizm ekotizimi asoslangan;
 global miqyosda halol bozorida kuzatilayotgan tendensiyalar, milliy halol bozorni unga muvofiqlashtirish, ichki va xalqaro turizmning halol xizmatlar sektorida yuzaga kelayotgan ayrim nomuvofiqliklar, halol xizmatlar sohasining sifati va jozibadorligini ta'minlashga asososlangan “Halol standartlarini muvofiqlashtirish markazi” (HSMM) faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
 ziyorat turizmi rivojlanishiga halol standartlariga ega bo‘lgan mehmonxonalar va restoranlar soni, ziyorat ob'ektlari, vizasiz mamlakatlar soni, mamlakatning xavfsizlik indeksi kabi o‘zgaruvchanlarning ta’sirini baholash  va “Dummy-variable” modellari asosida 2029-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ziyorat turizmini rivojlantirishda halol standartlarini qo‘llashning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: 
ovqatlanish shaxobchalarini baholash uslubiyoti xalqaro halol  standartlashtirish amaliyotiga asoslangan holda O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan “Ovqatlanish shaxobchalarini halol me’zonlariga muvofiq baholash metodikasi” asosida takomillashtirilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-sonli farmonining 1-ilovasida belgilangan rejalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 9-oktyabrdagi 03-10-17-10472– sonli ma’lumotnomasi). Ushbu metodikaning joriy etilishi natijasida hududlarda faoliyat yuritayotgan ovqatlanish shaxobchalarini xalqaro halol standartlashtirish amaliyotiga tayanuvchi mezonlar asosida baholash, ularning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda ziyorat turizmi sohasida halol infratuzilmaning samaradorligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan; 
turistlarga xizmatlarni shaxsiylashtirishda sayyohlar uchun mo‘ljallangan, foydalanuvchiga yo‘naltirilgan raqamli xizmat vositasi sifatida real vaqt rejimida mehmonxonalar, restoranlar, masjidlar, ziyoratgohlar joylashuvini, namoz vaqtlarini aniqlash, bron qilish va baho berishga yo‘naltirilgan xizmatlar, ijtimoiy ishtirok va kroud-sourcingni birlashtirgan, mobil qurilmalar orqali boshqarish imkoniyatiga ega “UzHalal Travel” turizm ekotizim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5781-sonli farmoni 2-ilovasining 2-bo‘lim 31-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 9-oktyabrdagi 03-10-17-10472– sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi halol restoranlar, mehmonxonalar, ziyoratgohlar, masjidlar va boshqa obektlar haqidagi rasmiy tasdiqlagan ma’lumotlar bazasi shakllanishi va turizm sohasida shaffoflikni oshirish imkoniyati yaratilgan;
global miqyosda halol bozorida kuzatilayotgan tendensiyalar, milliy halol bozorni unga muvofiqlashtirish, ichki va xalqaro turizmning halol xizmatlar sektorida yuzaga kelayotgan ayrim nomuvofiqliklar, halol xizmatlar sohasining sifati va jozibadorligini ta'minlashga asososlangan “Halol standartlarini muvofiqlashtirish markazi” (HSMM) faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-fevraldagi “Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 57-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 9-oktyabrdagi 03-10-17-10472– sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada halol sertifikatlashtirish jarayonlarini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish, mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qilish, turizm subektlarining halol reytingini yuritish hamda halol turizm infratuzilmasining jozibadorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
ziyorat turizmi rivojlanishiga halol standartlariga ega bo‘lgan mehmonxonalar va restoranlar soni, ziyorat ob'ektlari, vizasiz mamlakatlar soni, mamlakatning xavfsizlik indeksi kabi o‘zgaruvchanlarning ta'sirini baholash  va “Dummy-variable” modellari asosida 2029-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarorning chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 9-oktyabrdagi 03-10-17-10472– sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasiga ziyorat turizmi bo‘yicha tashrif buyuruvchi turistlar sonining 2025-2029-yillar davomida o‘rtacha o‘sishi 15,5 foiz diapazonga teng bo‘lgan maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish