Qalandarova Safiya Tohirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nolisoniy mutaxassislik talabalarining lingvomadaniyatshunoslik kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped549.
Ilmiy rahbar: Tursunov Sobir Turdievich, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2019.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Teshaboevich, pedagogika fanlari doktori; Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarining nolisoniy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining lingvomadaniyatshunoslikka oid kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari nolisoniy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining lingvomadaniyatshunoslik kompetensiyasini rivojlantirishning psixologik-pedagogik imkoniyatlari to‘qimachilik sohasidagi terminologik vositalarini qo‘llashga oid invariant faoliyat usullarini rivojlantirish asosida kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalari nolisoniy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining lingvomadaniyatshunoslik kompetensiyasi kommunikativ vositalarni variantlash, nutqiy xulq-atvorni vaziyatga muvofiq boshqara olish hamda refleksiv malakalarni o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
nolisoniy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining lingvomadaniyatshunoslik kompetensiyalari leksik-terminologik birliklar semantikasi, o‘rgatilayotgan lingvomadaniy axborotni so‘zlarning kognitiv obrazini shakllantirish, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
nolisoniy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining lingvomadaniyatshunoslik kompetensiyasini rivojlantirishning blok-modulli texnologiyasi nemis tiliga oid to‘qimachilik terminlarining lingvomadaniyatshunoslik xususiyatlariga ustuvorlik berish hamda lingvomadaniyatshunoslikka oid bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishni integratsiyalash, maqsadli, mazmuniy va natijaviy bloklarga ajratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nolisoniy mutaxassislik talabalarining lingvomadaniyatshunoslik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari nolisoniy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining lingvomadaniyatshunoslik kompetensiyasi kommunikativ vositalarni variantlash, nutqiy xulq-atvorni vaziyatga muvofiq boshqara olish hamda refleksiv malakalarni o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan A-1-197 raqamli “Ingliz tili va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 yanvardagi 89-03-151-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ va refleksiv malakalari takomillashtirilgan;
nolisoniy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining lingvomadaniyatshunoslik kompetensiyalari leksik-terminologik birliklar semantikasi, o‘rgatilayotgan lingvomadaniy axborotdan so‘zlarning kognitiv obrazini shakllantirish, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini optimallashtirish asosida rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalardan chet tili bo‘yicha o‘quv-metodik ta’minotni yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 yanvardagi 89-03-151-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu takliflar ta’lim modeli ilmiy-metodik ta’minotining sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
nolisoniy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining lingvomadaniyatshunoslik kompetensiyasini rivojlantirishning blok-modulli texnologiyasi nemis tiliga oid to‘qimachilik terminlarining lingvomadaniyatshunoslik xususiyatlariga ustuvorlik berish hamda lingvomadaniyatshunoslikka oid bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishni integratsiyalash, maqsadli, mazmuniy va natijaviy bloklarga ajratish asosida takomillashtirishga doir takliflardan 5320900-Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi Yigirish texnologiyasi bo‘yicha o‘quv-metodik ta’minotni yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 yanvardagi 89-03-151-son ma’lumotnomasi). Natijada nolisoniy ta’lim yo‘nalishlari malakaviy talablarini ishlab chiqishga va takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan.