Teshabaev Muxammadkodir Gulamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suzish bilan shug‘ullanuvchi yosh spotchilar tayyorgarlik davrining turli bosqichlarida yurak qon – tomir tizimidagi funksional o‘zgarishlar» 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V1146.
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.35/2025.27.12.Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Temur Otanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Charos Abdujalilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buhoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suzish bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilar tayyorgarligining turli davrlarida organizm morfometriya va funksional ko‘rsatgichlarini (yurak-qon tomir tizimi) sportchi jinsi va yoshi kesimlarida qiyosiy o‘rganish, hamda yillik jismoniy tayyorgarlikning ushbu ko‘rsatgichlarga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yosh suzuvchilarda yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlari jarayonida ular organizmi morfometrik ko‘rsatgichlari (tana uzunligi va vazni) tabaqalanib o‘zgarishga uchrashi aniqlanib, tana uzunligi dastlab o‘rtacha ko‘rsatgichdan past bo‘lgan sportchilarda, tana uzunligi mos ravishda yuqori bo‘lgan sporchilarga nisbatan jadal o‘sishi, tana uzunligi yuqori bo‘lgan sporchilarda esa tana vazni ko‘rsatgichini o‘sishi yaqqolroq bo‘lganligi isbotlangan;
yosh suzuvchi sportchilarda morfometrik o‘zgarishlar dinamikasi sportchilar yoshi va jinsi bilan uzviy bog‘liq ekanligi asoslanib, tana uzunligini intensiv o‘sishi 9-14 yosh oralig‘iga to‘g‘ri kelishi va qiz bolalarda o‘g‘il bolalarga nisbatan 1-2 yoshga avvalroq kuzatilishi, hamda tana vaznini intensiv ortishi esa tana uzunligini ortishidan so‘ng namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor yosh suzuvchilarda tana uzunligi va vazni etarlicha bo‘lmagan sportchilarda jismoniy yuklamalarga moslashuv yurak qisqarishlar soni, yurak zarb hajmi va boshqa ko‘rsatgichlar intensivligi hisobiga kechishi, yosh kattalashishi va morfometriya ko‘rsatgichlarini ortishi tufayli esa yurak qon tomir tizimi rezerv imkoniyatlarini shakllanishini jadalashuvi tufayli amalga oshishi aniqlangan;
ilk bor yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlari natijasida “kechki bolalik davri” yoshidagi suzuvchilarda ular organizmi morfometriya va yurak qon tomir tizimi moslashuvi ko‘rsatgichlarini ortishi, “erta usmirlik davri” yoshidagi suzuvchilarda esa ushbu ko‘rsatgichlar ortishining yuqori intensivlik darajasiga etishi, hamda “kechki o‘smirlik davrida” esa ushbu jarayonni susayishi aniqlangan;
sportchilarda aniqlangan o‘zgarishlar yosh suzuvchi qizlarda yosh suzuvchi o‘g‘il bolalarga nisbatan yarim – bir yilga ertaroq kuzatilganligi, hamda qiz bolalarda tana uzunligini ortishi intensivligi, o‘g‘il bolalarga nisbatan sustroq bo‘lganligi, tana vazni ortishi intensivligi esa, aksincha yuqoriroq ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suzish bilan shug‘ullanuvchi yosh spotchilar tayyorgarlik davrining turli bosqichlarida yurak qon – tomir tizimidagi funksional o‘zgarishlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqot najilari O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi ilmiy texnik kengashininig 2026 yil 12 martdagi №8 - sonli xulosasi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor yosh suzuvchilarda yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlari jarayonida ular organizmi morfometrik ko‘rsatgichlari (tana uzunligi va vazni) tabaqalanib o‘zgarishga uchrashi aniqlanib, tana uzunligi dastlab o‘rtacha ko‘rsatgichdan past bo‘lgan sportchilarda, tana uzunligi mos ravishda yuqori bo‘lgan sporchilarga nisbatan jadal o‘sishi, tana uzunligi yuqori bo‘lgan sporchilarda esa tana vazni ko‘rsatgichini o‘sishi yaqqolroq bo‘lganligi isbotlangan. Olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Bo‘ston tumani sport maktabining 12-sonli buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Namangan shahar yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 2-sonli buyrug‘i asosida sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Individual morfometrik xususiyatlarni hisobga olish uyg‘un jismoniy rivojlanishga, ortiqcha jismoniy yuklama va funksional buzilishlar xavfini kamaytirishga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga va sport natijalarini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Har bir yosh suzuvchini sport maktabida tayyorlash uchun har oyda taxminan 3100000 so‘m (ovqatlanish, turar joy, sport anjomlari, yig‘inlar va musobaqalarda qatnashish) sarflanadi. Dastlabki morfometrik ko‘rsatkichlar asosida individual yondashuvni joriy etish quyidagilarga imkon beradi: bir sportchiga tibbiy kuzatuv va profilaktika tadbirlari uchun xarajatlarni yiliga 400000 so‘mgacha kamaytirish; jismoniy tayyorgarlikning belgilangan ko‘rsatkichlariga erishish vaqtini qisqartirish hisobiga har bir sportchi uchun iqtisodiy jihatdan 600000 so‘mga teng bo‘lgan mashg‘ulot jarayoni samaradorligini oshirish; standart o‘lchov vositalaridan (rostomer, tarozi, santimetrli lenta) foydalangan holda morfometrik monitoringni deyarli bepul o‘tkazish. Shunday qilib, morfometrik ko‘rsatkichlarni oqilona hisobga olish byudjet xarajatlarini kamaytirish, mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish va yosh suzuvchilarning sport natijalarini oshirish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yosh suzuvchi sportchilarda morfometrik o‘zgarishlar dinamikasi sportchilar yoshi va jinsi bilan uzviy bog‘liq ekanligi asoslanib, tana uzunligini intensiv o‘sishi 9-14 yosh oralig‘iga to‘g‘ri kelishi va qiz bolalarda o‘g‘il bolalarga nisbatan 1-2 yoshga avvalroq kuzatilishi, hamda tana vaznini intensiv ortishi esa tana uzunligini ortishidan so‘ng namoyon bo‘lishi aniqlangan. Olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Bo‘ston tumani sport maktabining 12-sonli buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Namangan shahar yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 2-sonli buyrug‘i asosida sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: morfofunksonal rivojlanishning yosh va jinsiy xususiyatlarini hisobga olish yosh sportchilarning uyg‘un jismoniy rivojlanishiga yordam beradi, ortiqcha jismoniy yuklama va funksional buzilishlar xavfini kamaytiradi, sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Yosh suzuvchilarning yoshi, jinsi va morfometrik xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulot jarayoniga individual yondashuv sport maktablarining byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish imkonini beradi. Bir sportchiga suzish mashg‘ulotlari uchun o‘rtacha oylik xarajatlar (ovqatlanish, turar joy, sport anjomlari, yig‘inlar va musobaqalar xarajatlari) 3100000 so‘mni tashkil etadi. Morfometrik monitoring ma’lumotlaridan foydalanish mashg‘ulot samaradorligini 20-30% ga oshirish imkonini beradi, bu esa bitta sportchini tayyorlash uchun yillik xarajatlarni taxminan 600000 so‘mga kamaytiradi. Bundan tashqari, funksional xavflarni o‘z vaqtida aniqlash va ortiqcha jismoniy yuklamaning oldini olish tibbiy kuzatuv va jarohatlarning oldini olish xarajatlarini bir sportchi uchun yiliga 200000 so‘mga kamaytiradi. Individuallashtirilgan yondashuvni qo‘llashning umumiy iqtisodiy samaradorligi yiliga bitta sportchi uchun 120000 so‘mni tashkil etadi, bu esa byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni va mashg‘ulot jarayonining samaradorligini oshirishni ta’minladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor yosh suzuvchilarda tana uzunligi va vazni etarlicha bo‘lmagan sportchilarda jismoniy yuklamalarga moslashuv yurak qisqarishlar soni, yurak zarb hajmi va boshqa ko‘rsatgichlar intensivligi hisobiga kechishi, yosh kattalashishi va morfometriya ko‘rsatgichlarini ortishi tufayli esa yurak qon tomir tizimi rezerv imkoniyatlarini shakllanishini jadalashuvi tufayli amalga oshishi aniqlangan. Olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Bo‘ston tumani sport maktabining 12-sonli buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Namangan shahar yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 2-sonli buyrug‘i asosida sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Individual yondashuv uyg‘un jismoniy rivojlanishni ta’minlaydi, ortiqcha jismoniy yuklama va funksional buzilishlar xavfini kamaytiradi, yosh sportchilarning salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi va sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bir sportchi uchun suzish mashg‘ulotlari uchun o‘rtacha oylik xarajatlar 3100000 so‘mni tashkil etadi (ovqatlanish, turar joy, sport anjomlari, yig‘inlar va musobaqalar). Yurak-qon tomir tizimi monitoringini qo‘llash funksional buzilishlar va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning oldini olish imkonini berib, bir sportchi uchun yiliga 1400000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Mashg‘ulot jarayonini o‘z vaqtida tuzatish tibbiy yordam va jarohatlarning oldini olish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa qo‘shimcha ravishda yiliga bir sportchi uchun taxminan 200000 so‘mni tejaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlari natijasida “kechki bolalik davri” yoshidagi suzuvchilarda ular organizmi morfometriya va yurak qon tomir tizimi moslashuvi ko‘rsatgichlarini ortishi, “erta usmirlik davri” yoshidagi suzuvchilarda esa ushbu ko‘rsatgichlar ortishining yuqori intensivlik darajasiga etishi, hamda “kechki o‘smirlik davrida” esa ushbu jarayonni susayishi aniqlangan. Olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Bo‘ston tumani sport maktabining 12-sonli buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Namangan shahar yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 2-sonli buyrug‘i asosida sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish suzuvchilar tayyorgarligini yosh xususiyatlariga mos ravishda optimallashtirish, ortiqja jismoniy yuklamalarni kamaytirish va yurak qon tomir tizimida funksional buzilishlar xavfini pasaytirish imkonini beradi. Bu esa yosh sportchilar sog‘lig‘ini saqlash, jismoniy tayyorgarlik va sport natijalarini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish jismoniy mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish orqali xar bir sportchi uchun yillik tibbiy xizmat va profilaktik chora tadbirlar xarajatlarini o‘rtacha 300000 so‘mga kamaytirish imkonini beradi. Shu o‘rinda, tayyorgarlik jarayoni samaradorligini oshirish xisobiga belgilangan jismoniy ko‘rsatkichlarga erishish muddati nisbatan qisqarib, bu xar bir sportchi uchun qo‘shimcha 200000 so‘m miqdorda iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi.
beshinchi ilmiy yangilik: sportchilarda aniqlangan o‘zgarishlar yosh suzuvchi qizlarda yosh suzuvchi o‘g‘il bolalarga nisbatan yarim – bir yilga ertaroq kuzatilganligi, hamda qiz bolalarda tana uzunligini ortishi intensivligi, o‘g‘il bolalarga nisbatan sustroq bo‘lganligi, tana vazni ortishi intensivligi esa, aksincha yuqoriroq ekanligi isbotlangan. Olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Bo‘ston tumani sport maktabining 12-sonli buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Namangan shahar yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 2-sonli buyrug‘i asosida sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish suzuvchilar tayyorgarligi jarayonini jinsi va individual xususiyatlarini xisobga olgan xolda tashkillashtirish imkonini beradi. Bu esa yosh sportchilar sog‘lig‘ini saqlash, ortiqcha jismoniy yuklamalarni oldini olish va sport natijalari ko‘rsatkichlarini xavfsiz oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish orqali bir nafar sportchi uchun yillik tibbiy kuzatuv va ortiqcha jismoniy yuklamalarni oldini olish va bartaraf qilish xarajatlari 100000 so‘mgacha kamaygan.