Saburova Yulduz Tohirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qon donorlarida stafilokokk infeksiyasi tashuvchilarini aniqlash va immun plazma tayyorlash yo‘llarini takomillashtirish” 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4721.
Ilmiy rahbar: Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12 Tib.01.02. 
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori; Ibragimova Sapura Zaxidovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qon donorlarida stafilokokk infeksiyasiga qarshi antitanachalar titri bilan molekulyar va yallig‘lanish markerlari orasidagi bog‘liqlikni aniqlash orqali yuqori titrli donorlarni saralash hamda antistafilokokk immun plazma samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublika miqyosida qon donorlarida Staphylococcus aureus infeksiyasiga qarshi antitanachalar titrining tarqalish xususiyatlari baholanib, donor populyasiyasida yuqori titrli (≥5 U/ml) antitanachalar 20,1% holatda uchrashi orqali donorlar orasida immunologik faol kontingent mavjudligi aniqlangan;
serologik, molekulyar-biologik va yallig‘lanish laborator markerlarini birlashtirgan integratsiyalashgan ko‘p bosqichli diagnostik ketma ketlik asosida donorlarni maqsadli saralash va transfuzion xavfsizlikni ta’minlash samaradorligini oshirish imkoniyati asoslangan;
antistafilokokk antitanachalarning yuqori titri molekulyar deteksiya ehtimoli va tizimli yallig‘lanish faolligi bilan ishonchli bog‘liqligi orqali antitanachalar titri infeksion jarayonning oldindan baholashga qaratilgan laborator markeri ekanligi asoslangan;
qon donorlarini immunologik faollik darajasiga ko‘ra stratifikatsiya qilish va yuqori titrli donorlarni maqsadli saralashga asoslangan immun plazma tayyorlashning yangi modeli ishlab chiqilgan hamda uning transfuziologiyadagi samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Donorlar qonini stafilokokk infeksiyasiga qarshi antitanachalar mavjudligiga tekshirish holati va immun plazma tayerlash jarayonini takomillashtirish va joylarda joriylashtirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: Respublika miqyosida qon donorlarida Staphylococcus aureus infeksiyasiga qarshi antitanachalar titrining tarqalish xususiyatlari baholanib, donor populyasiyasida yuqori titrli (≥5 U/ml) antitanachalar 20,1% holatda uchrashi orqali donorlar orasida immunologik faol kontingent mavjudligi aniqlanganligi akademik V.V.Voxidov nomidagi Respublika ihtisoslashtirilgan hirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 06.11.2025-yildagi 111-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazi 05.11.2025-yildagi 90-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 martdagi 05/37-son yagona xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: donorlar orasida stafilokokk infeksiyasiga nisbatan gumoral immun javob shakllangan immunologik faol kontingent mavjudligini ko‘rsatib, donorlarni immunologik ko‘rsatkichlar asosida saralash imkoniyatini kengaytiradi hamda transfuzion xavfsizlikni oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori titrli antitanachalarga ega donorlarni aniqlash qon xizmati resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlaydi, qon donorlarini bosqichma-bosqich test sistemalarida tekshirish bu soxta musbat natijalar xisobiga tanlab olinayotgan qon xajmi va donotsiyalar soni va sifatini tartibga solishga olib keladi. Donorlarning immunologik monitoringini joriy qilish orqali qon komponentlaridan foydalanishning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari yaxshilanadi, bu esa  immun plazma zaxirasini shakllantirish imkoniyatini yaratadi. Xulosa: o‘tkazilgan tadqiqotlar donorlar orasida stafilokokk infeksiyasiga nisbatan gumoral immun javob shakllangan immunologik faol kontingent mavjudligini ko‘rsatib, qon donorlarini immunologik monitoring asosida baholash transfuzion xavfsizlikni ta’minlash va qon xizmati samaradorligini oshirishning muhim ilmiy-amaliy yo‘nalishlaridan biri ekanligini tasdiqlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: serologik, molekulyar-biologik va yallig‘lanish laborator markerlarini birlashtirgan integratsiyalashgan ko‘p bosqichli diagnostik ketma ketlik asosida donorlarni maqsadli saralash va transfuzion xavfsizlikni ta’minlash samaradorligini oshirish imkoniyati asoslanganligi akademik V.V.Voxidov nomidagi Respublika ihtisoslashtirilgan hirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 06.11.2025-yildagi 111-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazi 05.11.2025-yildagi 90-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 martdagi 05/37-son yagona xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: donorlarda stafilokokk infeksiyasiga qarshi antitanachalar titrini bosqichma-bosqich skrining qilish va serologik, molekulyar hamda yallig‘lanish markerlariga asoslangan ko‘p bosqichli tashxislash joriy etilib, donorlarni infeksion xavf omillari bo‘yicha aniq saralash imkoniyati kengaytirildi. Iqtisodiy samaradorligi: bosqichma-bosqich amalga oshirilgan tadqiqotlar davomida donorlarda stafilokokk infeksiyasini, ishlab chiqilgan skrining-test moduli yordamida, tekshirish natijasida bir qator holatlarda musbat ko‘rsatkichlar qayd etildi. Olingan laborator hamda molekulyar-diagnostik natijalar umumlashtirilgan holda baholanib, mazkur donor qoni mutaxassis-ekspertlar tomonidan immun plazma ishlab chiqarish uchun maqsadli ravishda saralab olindi.Xulosa. Tadqiqot davomida aniqlangan natijalarga ko‘ra, bosqichma-bosqich laborator skrining orqali antistafilokokk antitanachalar titri jihatdan ahamiyatli donorlarni aniqlash imkoniyati kengaydi va stafilokokk infeksiyasiga qarshi immunologik faol donorlarni maqsadli ajratish imkoni yaratildi.
uchinchi ilmiy yangilik: antistafilokokk antitanachalarning yuqori titri molekulyar deteksiya ehtimoli va tizimli yallig‘lanish faolligi bilan ishonchli bog‘liqligi orqali antitanachalar titri infeksion jarayonning oldindan baholashga qaratilgan laborator markeri ekanligining asoslanganligi akademik V.V.Voxidov nomidagi Respublika ihtisoslashtirilgan hirurgiya ilmiy-amaliy tibbiet markazi 06.11.2025-yildagi 111-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazi 05.11.2025-yildagi 90-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 martdagi 05/37-son yagona xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: antistafilokokk antitanachalar titrini prognostik marker sifatida qo‘llash donorlarni erta va aniq saralashni ta’minlab, infeksiya yuqish xavfini kamaytiradi, stafilokokkga  qarshi immun plazmani maqsadli tayyorlash imkonini kengaytiradi va transfuzion xavfsizlikni oshiradi.Iqtisodiy samaradorligi: antistafilokokk antitanachalar titrini oldindan baholashga qaratilgan marker sifatida qo‘llash molekulyar tekshiruvlarni maqsadli yo‘naltirish imkonini berib, ortiqcha tahlillar va xarajatlarni kamaytiradi. Xulosa: Olib borilgan tadqiqotlar natijasida antistafilokokk antitanachalar titrining yuqori ko‘rsatkichlari molekulyar deteksiya ehtimoli va tizimli yallig‘lanish faolligi bilan ishonchli bog‘liqligi ilmiy jihatdan isbotlandi hamda antitanachalar titri infeksion jarayonning oldindan baholashga qaratilgan laborator markeri sifatida asoslandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qon donorlarini immunologik faollik darajasiga ko‘ra stratifikatsiya qilish va yuqori titrli donorlarni maqsadli saralashga asoslangan immun plazma tayyorlashning yangi modeli ishlab chiqilgan hamda uning transfuziologiyadagi samaradorligi aniqlanganligi akademik V.V.Voxidov nomidagi Respublika ihtisoslashtirilgan hirurgiya ilmiy-amaliy tibbiet markazi 06.11.2025-yildagi 111-sonli buyrug‘i bilan va Xorazm viloyati qon quyish markazi 05.11.2025-yildagi 90-I-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 28 martdagi 05/37-son yagona xulosasi).Ijtimoiy samaradorligi: mazkur usulning joriy etilishi natijasida qon donorlarini immunologik faollik darajasiga ko‘ra maqsadli saralash imkoniyati yaratildi, bu esa yuqori titrli immun plazma zaxirasini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, qon xizmati tizimida resurslardan oqilona foydalanish ta’minlanib, aholiga ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifati va xavfsizligi yuksaldi.Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan skrining-modulni amaliyotga joriy etish antistafilokokk antitanachalar titrini aniqlashda sohta manfiy natijalar ulushini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi. Natijada immun plazma hamda immunoglobulin mahsulotlarining hajmiy va miqdoriy ko‘rsatkichlari oshishi ilmiy-amaliy jihatdan asoslandi.Xulosa:donorlar qonida stafilokokk infeksiyasi tashuvchilarini aniqlash orqali qon tayyorlash jarayonida antistafilokokk antitanachalar titrini baholashda kuzatiladigan sohta musbat natijalar tufayli qon va qon tarkibiy qismlarining ortiqcha yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida serologik, klinik-laborator hamda molekulyar-biologik usullarning samaradorligi umulashtirilgan holda baholandi. Ushbu yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan yagona skrining-modulning amaliyotga joriy etilishi iqtisodiy jihatdan yuqori samaradorlikni namoyon etib, o‘rtacha 24,9 % iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish