Abdazov Bobir Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘yin ampluasi tanlashda tabakalashtirilgan saralashning yangi yondashuvi, xamda futbolchilarning sport natijadorligini oshirish» 03.00.17 – Cport fiziologiyasi, farmakologiyasi va genetikasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4378.
Ilmiy rahbar: Raximova Noiba Mirzaatxamovna, DSc, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.35/2025.27.12.Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Mavlyanov Zafar Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Tursunov Nodirjon Botirovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir yoshdagi futbolchilarning sport natijadorligini oshirish uchun morfofunksional, psixofiziologik va texnik ko‘rsatkichlar asosida ularni saralash va o‘yin ampluasini belgilashga qaratilgan differensiatsiyalashtirilgan yondashuvni ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘smir yoshdagi futbolchilarning morfofunksional xususiyatlari o‘yin amplualari bo‘yicha qiyosiy tahlil qilinib, ampluaga xos antropometrik va funksional ko‘rsatkichlar aniqlangan;
yosh futbolchilarning tezkorlik-kuch qobiliyati, koordinatsiyasi, chidamliligi va psixofiziologik xususiyatlarining o‘yin amplualari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
turli o‘yin amplualari uchun texnik tayyorgarlik mezonlari ishlab chiqildi, uzatmalar aniqligi, zarbalar samaradorligi asoslangan;
o‘smir yoshdagi futbolchilarning morfofunksional, psixofiziologik va texnik ko‘rsatkichlari asosida o‘yin ampluasini aniqlash modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. O‘smir yoshdagi futbolchilarning o‘yin ampluasiga qarab morfofunksional xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish, antropometrik, funksional, psixofiziologik va texnik ko‘rsatkichlarini baholash, shuningdek, o‘smir futbolchilarning o‘yin ampluasini aniqlash modelini ishlab chiqish asosida «Morfometriya, psixofenotip va funksional-metabolik parametrlarni hisobga olgan holda futbolchilar ampluasini tanlashga differensiallashgan yondashuv» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi (Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 2026 yil 29 apreldagi 3-sonli xulosasi).
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘smir yoshdagi futbolchilarning morfofunksional xususiyatlari o‘yin amplualari bo‘yicha qiyosiy tahlil qilinib, ampluaga xos antropometrik va funksional ko‘rsatkichlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘yin ampluasini tanlash nafaqat trenerlik bahosi va texnik ko‘nikmalarga, balki organizmning ob’ektiv morfofunksional ko‘rsatkichlariga ham asoslanishi kerakligi isbotlangan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning «Do‘stlik» futbol klubi amaliy faoliyatiga (2025 yil 15 avgustdagi 33-sonli buyruq, 2025 yil 12 sentyabrdagi joriy etish to‘g‘risidagi hisobot asosida) hamda «Qo‘qon-1912» professional futbol klubi faoliyatiga (2025 yil 15 avgustdagi 8/1-sonli buyruq, 2025 yil 16 sentyabrdagi joriy etish to‘g‘risidagi hisobot asosida) joriy etilgan. Joriy etish Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Ilmiy kengashining xulosasi (2025 yil 20 iyundagi 5-sonli bayonnoma) hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ilmiy-texnik kengashi tomonidan 2025 yil 2 iyulda tasdiqlangan qaror asosida amalga oshirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: morfofunksional mezonlarni qo‘llash saralashning ob’ektivligini oshirish, ampluani noto‘g‘ri tanlash ehtimolini kamaytirish, istiqbolli futbolchilarni saqlab qolish va sport zaxirasini tayyorlash sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yosh sportchilarning optimal o‘yin ampluasini aniqlash davrini o‘rtacha 3 oyga qisqartirish hisobiga yiliga bir sportchi uchun taxminan 1200000 so‘m mablag‘ tejalishi ta’minlanadi. Dastlabki morfometrik, funksional va jismoniy ko‘rsatkichlar asosida individual yondashuvning joriy etilishi quyidagilarga imkon beradi: qo‘shimcha pedagogik kuzatuv va mashg‘ulot dasturlarini tuzatish xarajatlarini yiliga 400000 so‘mgacha kamaytirish; tibbiy nazorat va profilaktika tadbirlari xarajatlarini yiliga 300000 so‘mgacha kamaytirish; erta ixtisoslashuv hisobiga mashg‘ulot jarayoni samaradorligini oshirish, bu iqtisodiy jihatdan har bir sportchi uchun 500000 so‘mga tengdir. Shu tariqa, o‘yin ampluasini oqilona aniqlash byudjet xarajatlarini kamaytirish, mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish va yosh sportchilarning sport natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Xulosa: 14–17 yoshli futbolchilarni kompleks morfofunksional baholash sportchining o‘yin ampluasi bilan bog‘liq individual xususiyatlarini ob’ektiv aniqlash imkonini beradi va futbolchilarni pozisiyalar bo‘yicha tabaqalashtirilgan holda saralash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yosh futbolchilarning tezkorlik-kuch qobiliyati, koordinatsiyasi, chidamliligi va psixofiziologik xususiyatlarining o‘yin amplualari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘yin ampluasini belgilashda nafaqat morfofunksional va texnik ko‘rsatkichlarni, balki sportchining jismoniy, koordinatsion va psixofiziologik xususiyatlarini ham hisobga olish zarurligi isbotlangan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning «Do‘stlik» futbol klubi faoliyatiga (2025 yil 15 avgustdagi 33-sonli buyruq, 2025 yil 12 sentyabrdagi joriy etish to‘g‘risidagi hisobot asosida) hamda «Qo‘qon-1912» professional futbol klubi faoliyatiga (2025 yil 15 avgustdagi 8/1-sonli buyruq, 2025 yil 16 sentyabrdagi joriy etish to‘g‘risidagi hisobot asosida) joriy etilgan. Joriy etish Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Ilmiy kengashining xulosasi (2025 yil 20 iyundagi 5-sonli bayonnoma) hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ilmiy-texnik kengashi tomonidan 2025 yil 2 iyulda tasdiqlangan qaror bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: jismoniy va psixofiziologik mezonlardan foydalanish o‘smir futbolchilarning individual imkoniyatlarini aniqroq belgilash, noto‘g‘ri o‘yin ixtisoslashuvi xavfini kamaytirish, sportchilarning musobaqa yuklamalariga chidamliligini oshirish va sport zaxirasini tayyorlash sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: futbolchining yetakchi jismoniy va psixofiziologik fazilatlarini erta aniqlash hisobiga o‘yin ampluasiga aniqlik kiritish davri qisqaradi va maqsadsiz mashg‘ulot yuklamalari hajmi kamayadi. Ushbu yondashuvning joriy etilishi quyidagilarga imkon beradi: qo‘shimcha pedagogik nazorat xarajatlarini yiliga 300000 so‘mgacha kamaytirish; samarasiz mashg‘ulot dasturlarini tuzatish bilan bog‘liq xarajatlarni yiliga 350000 so‘mgacha kamaytirish; haddan tashqari zo‘riqishlarning oldini olish va tiklanish tadbirlari xarajatlarini yiliga 300000 so‘mgacha qisqartirish. Shu tariqa, umumiy iqtisodiy samara yiliga bir sportchi uchun taxminan 950000 so‘mni tashkil etadi, bu esa mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish, sport maktabi resurslaridan oqilona foydalanish va yosh futbolchilarni tayyorlash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Xulosa: tezkorlik-kuch, koordinatsiya, chidamlilik va psixofiziologik ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniqlangan o‘zaro bog‘liqlik o‘smir futbolchilarning o‘yin ampluasini belgilash va sport natijadorligini prognoz qilishda ularni kompleks hisobga olish zarurligini tasdiqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: turli o‘yin amplualari uchun texnik tayyorgarlik mezonlari ishlab chiqildi, uzatmalar aniqligi, zarbalar samaradorligi asoslangan turli o‘yin amplualari uchun texnik tayyorgarlik mezonlari ishlab chiqildi, uzatmalar aniqligi, zarbalar samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: futbolchilarning texnik tayyorgarligi o‘yin ampluasini hisobga olgan holda baholanishi kerakligi isbotlangan, chunki texnik harakatlarni umumiy tarzda baholash futbolchining muayyan pozisiyadagi real samaradorligini aks ettirmaydi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning «Do‘stlik» futbol klubi faoliyatiga (2025 yil 15 avgustdagi 33-sonli buyruq, 2025 yil 12 sentyabrdagi joriy etish to‘g‘risidagi hisobot asosida) hamda «Qo‘qon-1912» professional futbol klubi faoliyatiga (2025 yil 15 avgustdagi 8/1-sonli buyruq, 2025 yil 16 sentyabrdagi joriy etish to‘g‘risidagi hisobot asosida) joriy etilgan. Joriy etish Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Ilmiy kengashining xulosasi (2025 yil 20 iyundagi 5-sonli bayonnoma) hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ilmiy-texnik kengashi tomonidan 2025 yil 2 iyulda tasdiqlangan qaror bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: ampluaga yo‘naltirilgan texnik mezonlarni qo‘llash futbolchilarning individual tayyorgarlik sifatini oshirish, jamoa chiziqlari o‘rtasidagi o‘yin harakatlarini yaxshilash, noto‘g‘ri ixtisoslashish ehtimolini kamaytirish va o‘yin harakatlarining natijadorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: amplua bo‘yicha texnik saralash mezonlaridan foydalanish hisobiga maqsadsiz texnik tayyorgarlik hajmi qisqaradi va keyinchalik o‘yin ixtisoslashuvini tuzatish xarajatlari kamayadi. Ushbu yondashuvning joriy etilishi quyidagilarga imkon beradi: qo‘shimcha texnik tayyorgarlik xarajatlarini yiliga 320000 so‘mgacha kamaytirish; o‘yin ixtisoslashuvini qayta tuzatish xarajatlarini yiliga 300000 so‘mgacha kamaytirish; mashg‘ulot vaqtidan samarasiz foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarni yiliga 250000 so‘mgacha qisqartirish. Shu tariqa, umumiy iqtisodiy samara yiliga bir futbolchi uchun taxminan 870000 so‘mni tashkil etadi, bu esa texnik tayyorgarlikni oqilona tashkil etish, mashg‘ulot jarayonining maqsadli yo‘naltirilishini oshirish va sport maktabi xarajatlarini optimallashtirish imkonini beradi. Xulosa: texnik tayyorgarlikda aniqlangan ampluaviy farqlar futbolchilarni saralashda, ularning o‘yin ampluasini aniqlashtirishda va musobaqa faoliyati samaradorligini baholashda pozisiyaga yo‘naltirilgan texnik mezonlardan foydalanish zarurligini tasdiqlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘smir yoshdagi futbolchilarning morfofunksional, psixofiziologik va texnik ko‘rsatkichlari asosida o‘yin ampluasini aniqlash modeli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk bor o‘yin ampluasini belgilashning morfofunksional, psixofiziologik va texnik mezonlarini birlashtirgan kompleks model taklif etilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning «Do‘stlik» futbol klubi faoliyatiga (2025 yil 15 avgustdagi 33-sonli buyruq, 2025 yil 12 sentyabrdagi joriy etish to‘g‘risidagi hisobot asosida) hamda «Qo‘qon-1912» professional futbol klubi faoliyatiga (2025 yil 15 avgustdagi 8/1-sonli buyruq, 2025 yil 16 sentyabrdagi joriy etish to‘g‘risidagi hisobot asosida) joriy etilgan. Joriy etish Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi Ilmiy kengashining xulosasi (2025 yil 20 iyundagi 5-sonli bayonnoma) hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ilmiy-texnik kengashi tomonidan 2025 yil 2 iyulda tasdiqlangan qaror bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: tabaqalashtirilgan modelning joriy etilishi sportda saralashning ob’ektivligini oshirishga, istiqbolli futbolchilarni saqlab qolishga, futbolchilarning individual salohiyatini yuzaga chiqarishga va sport zaxirasini tayyorlash sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan modelni kompleks qo‘llash hisobiga optimal o‘yin ampluasini aniqlash muddatlari qisqaradi, qayta diagnostika qilish va mashg‘ulot jarayonini tuzatish xarajatlari kamayadi. Ushbu yondashuvning joriy etilishi quyidagilarga imkon beradi: qayta testdan o‘tkazish va pedagogik diagnostika xarajatlarini yiliga 450000 so‘mgacha kamaytirish; mashg‘ulot dasturlarini tuzatish xarajatlarini yiliga 500000 so‘mgacha kamaytirish; mashg‘ulot vaqtidan maqsadsiz foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarni yiliga 500000 so‘mgacha qisqartirish. Shu tariqa, umumiy iqtisodiy samara yiliga bir futbolchi uchun taxminan 1450000 so‘mni tashkil etadi, bu esa sportga yo‘naltirish jarayonini optimallashtirish, mashg‘ulot resurslarini oqilona taqsimlash va yosh futbolchilarni tayyorlash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Xulosa: o‘yin ampluasini belgilashning ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan modeli 14–17 yoshli futbolchilarni saralashga kompleks va ilmiy asoslangan yondashuvni ta’minlaydi, futbolchilarni pozisiyalar bo‘yicha taqsimlash aniqligini oshiradi va ularning sport natijadorligi o‘sishiga xizmat qiladi.