Asrarova Nigora Mirfozil qizining
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda mielom kasalligining rivojlanishini epidemiologik va klinik-patogenetik jihatlari» 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya va 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Tib968.
Ilmiy maslaxatchilar: Kayumov Abduraxmon Abdumavlyanovich, tibbiyot fanlari doktori; Azimova Sevara Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iriskulov Baxtiyor Uktamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxovadinov Burxoniddin Baxoviddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: mielom kasalligining klinik va epidemiologik xususiyatlarini aniqlash orqali uning tarqalishi, kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini baholash hamda turli klinik bosqichlarida rivojlanishini belgilab beruvchi xavf omillarini bashorat qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
giperqovushqoqlikni erta aniqlash va osteoliz hamda buyrak disfunksiyasi bilan bog‘liq kasalliklarni bashorat qilish uchun mustaqil belgilar sifatida qon qovushqoqligi bilan β2-mikroglobulin va β-CrossLaps darajalari o‘rtasida bog‘liqlik ahamiyati aniqlangan;
mielom kasalligida qon qovushqoqligiga D vitamini tanqisligining ta’siri uning yallig‘lanish va o‘ta yopishqoqlikning kuchayishiga olib kelishi bilan ifodalanib, kasallikni davolashda D vitaminining o‘rni ahamiyatli ekani asoslangan;
mielom kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda qon hujayralari tarkibidagi o‘zgarishlar va paraproteinlar darajasi kabi gematologik buzilishlar xamda qonning reologik xususiyatlari o‘rtasidagi korrelyasiyalar baholanib, qon tomir va ishemik asoratlar xavfini aniqroq bashorat qilish imkonini berishi aniqlangan;
β- CrossLaps darajasining oshishi bilan kechadigan faol suyak so‘rilishi yallig‘lanish va qon yopishqoqligiga ta’sir ko‘rsatib, bu esa osteoblastik faollik va yallig‘lanishni bartaraf etishga, shuningdek asoratlarni oldini olishga qaratilgan yangi davolash tamoyillarini zaruriyati asoslangan;
mielom kasalligida laborator, biokimyoviy va patofiziologik ko‘rsatkichlarning integratsiyasi kasallikni erta tashxislash va prognozlash darajasini oshirishi, davolash echimlarini optimallashtirishga xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda mielom kasalligining rivojlanishini epidemiologik va klinik-patogenetik jihatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: giperqovushqoqlikni erta aniqlash va osteoliz hamda buyrak disfunksiyasi bilan bog‘liq kasalliklarni bashorat qilish uchun mustaqil belgilar sifatida qon qovushqoqligi bilan β2-mikroglobulin va β-CrossLaps darajalari o‘rtasida bog‘liqlik ahamiyati aniqlanganligi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 26-fevral 58-I -sonli va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 21-fevral 38-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2026 yil 16 fevraldagi 03/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tashxislashning yangi usullarini joriy etish mieloma kasalligini suyak tizimi asoratlarini baxolash samardorligini 57% oshirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlarini joriy etish natijasida suyak asortalari bilan shifoxonada yotish muddatlari va qo‘shimcha xarajatlar qisqarishini ta’minlaydi. Xulosa: mielom kasalligida D vitamini tanqisligining qon qovushqoqligining oshishiga, yallig‘lanish faolligining kuchayishiga va giperviskoz sindrom rivojlanishiga ta’sirini baholash imkonini beradi,suyak asoratlarini bashoratlash orqali mehnat qobiliyatining tiklanishi va asoratlarni bashoratlar samarani ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: mielom kasalligida qon qovushqoqligiga D vitamini tanqisligining ta’siri uning yallig‘lanish va o‘ta yopishqoqlikning kuchayishiga olib kelishi bilan ifodalanib, kasallikni davolashda D vitaminining o‘rni ahamiyatli ekani asoslanganligi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 26-fevral 58-I -sonli va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 21-fevral 38-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2026 yil 16 fevraldagi 03/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bashoratlanning yangi usullarini joriy etish mieloma kasalligini nefrologik asoratlarini 61% erta aniqlash orqali buyruk faoliyatini saqlab qolishga, nogironlik va erta o‘lim darajasini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu yondashuvlarini joriy etish natijasida shifoxonada yotish muddatlari va dializ xizmatlariga bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar qisqarishi natijasida, byudjet mablag‘ tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: nefrologik asoratlarini bashoratlash orqali dializ xizmatlariga bo‘ladigan xarajatlarni sezilarli qisqarishi natijasida qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy samarani ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: mielom kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda qon hujayralari tarkibidagi o‘zgarishlar va paraproteinlar darajasi kabi gematologik buzilishlar xamda qonning reologik xususiyatlari o‘rtasidagi korrelyasiyalar baholanib, qon tomir va ishemik asoratlar xavfini aniqroq bashorat qilish imkonini berishi aniqlanganligi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 26-fevral 58-I -sonli va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 21-fevral 38-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2026 yil 16 fevraldagi 03/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yangi usullarini joriy etish mieloma kasalligining infeksion asoratlarini erta aniqlashga, asoratlar og‘irlik darajasini kamaytirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy yondashuvlarini joriy etish natijasida bemorlarni shifoxonaga kelgunicha va shifoxonada yotish muddatlarida infeksion qo‘zg‘atuvchilar va ularning antibiotiklarga sezgirligini bashoratlash orqali qo‘shimcha xarajatlar qisqarishini ta’minlaydi. Xulosa: antibiotiklarni buyurishni oldindan bilgan xolda, infeksion asoratlarni og‘irlashishini oldini olish va qo‘shimcha dori vositalarga ehtiyojni kamaytirishni ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: β- CrossLaps darajasining oshishi bilan kechadigan faol suyak so‘rilishi yallig‘lanish va qon yopishqoqligiga ta’sir ko‘rsatib, bu esa osteoblastik faollik va yallig‘lanishni bartaraf etishga, shuningdek asoratlarni oldini olishga qaratilgan yangi davolash tamoyillarini zaruriyati asoslangangi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 26-fevral 58-I -sonli va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 21-fevral 38-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2026 yil 16 fevraldagi 03/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: integral yondoshuv orqali mieloma kasalligini asoratlar uchrashi va ularni oldini olish, mehnat qobiliyatini saqlab qolishga va asoratlar bilan bog‘liq erta o‘lim darajasini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy laborator tashxislash va qon reologik xossalari bilan integral baholash natijasida, asoratlarning patogenetik va patofiziologik hususiyatilarini o‘rganish, asoratlarni oldini olish va ularni patogenetik davolash usullarini joriy etish. Xulosa: asoratlarni patogenetik va patofiziologik hususiyatlarini bilgan xolda, qon reaologik xususiyatlaridagi o‘zgarishlarni qayta tiklash orqali asoratlar uchrashini kamayishi qo‘shimcha ijtimoiy-iqtisodiy samarani ta’minlaydi.
beshinchi ilmiy yangilik: mielom kasalligida laborator, biokimyoviy va patofiziologik ko‘rsatkichlarning integratsiyasi kasallikni erta tashxislash va prognozlash darajasini oshirishi, davolash echimlarini optimallashtirishga xizmat qilishi asoslanganligi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 26-fevral 58-I -sonli va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2025-yil 21-fevral 38-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2026 yil 16 fevraldagi 03/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tashhislash va davolashning yangi usullarini joriy etish mielom kasalligini erta aniqlashga, asoratlar chastotasini kamaytirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, mehnat qobiliyatini saqlab qolishga, nogironlik va erta o‘lim darajasini kamaytirishga yordam beradi, bu esa ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlarini joriy etish natijasida shifoxonada yotish muddatlari va qo‘shimcha xarajatlar qisqarishi hisobiga mablag‘ tejalishini, mehnat qobiliyatining tiklanishi va asoratlar uchrash darajasining kamayishini ta’minlaydi. Xulosa: ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlanishi giperviskoz sindromni erta tashxislash, shuningdek, osteoliz va buyrak disfunksiyasini bashorat qilish uchun mustaqil markerlar sifatida qo‘llash imkoniyatini beradi.