Abdullabekova Nargiza Abduvaxidovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Indapamid va torasemid dori vositalarining kimyo-toksikologik tadqiqotlari», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Far120.
Ilmiy rahbar: Usmanalieva Zumrad Uktamovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK rakami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.23.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilova Nilufar Shuxratillaevna, farmatsevtika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: indapamid va torasemid dori vositalarining ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan kimyo-toksikologik tahlil uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishdan iborat. 
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonda ilk bor indapamid va torasemid dori vositalarini aniqlash uchun YuQX, YuSSX, UB-spektrofotometriya va GX-MS tahlil usullarida aniqlashning optimal uslublari ishlab chiqilgan;
indapamid va torasemid dori vositalarini suvli muhitdan ekstraksiyasiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan va moddalarni biologik suyuqliklar tarkibidan ajratib olishning tezkor diagnostik usullari ishlab chiqilgan;
ilk bor indapamid va torasemid dori vositalarini biologik ob’ektlardan ajratib olishning samarali uslublari ishlab chiqilgan va zamonaviy takomillashtirilgan uslublar yordamida moddalar aniqlangan;
indapamid va torasemid dori vositalarini zaharlangan laboratoriya hayvonlari ichki a’zolariga tarqalishi va to‘planishi, shuningdek ularni biologik ob’ektlarda saqlanish muddatlari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Indapamid va torasemid dori vositalarining kimyo-toksikologik tadqiqotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 “Indapamid dori vositasini biologik ob’ektlardan ajratib olish va tahlil qilish” uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (17.07.2025 y., № 22/03). Natijada, indapamid dori vositasini sud-kimyo bo‘limlarida biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan ajratib olish va tahlil qilish imkonini bergan;
“Torasemid dori vositasini biologik ob’ektlardan ajratib olish va tahlil qilish” uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (17.07.2025 y., № 22/03). Natijada, torasemid dori vositasi bilan zaharlanish holatlarida biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan ajratib olish va aniq usullarda tahlil qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish