Mo‘minov To‘lqin Shoyqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Shaharda transport-o‘tish bog‘lamalarini joylashtirish manzillari va parametrlarini tanlash”, 05.08.01 – “Mamlakat, uning mintaqa, shahar va sanoat markazlarining transport tizimlari. Transport logistikasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.1.PhD/T5453
Ilmiy rahbar: Svetashev Aleksandr Aleksandrovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash
Rasmiy opponentlar: Ilesaliev Dauren Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Qodirov Tuyg‘un Uzoqovich, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaharda transport-oʻtish bog‘lamalarini joylashtirish manzillari va parametrlarini tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport-o‘tish bog‘lamalarida yo‘lovchilarni transport vositasiga qayta o‘tirish vaqtlarini shakllantiruvchi parametrlarning o‘zaro bog‘liqligi, ularni ta’sir darajalari asosidagi muhimligini inobatga olgan holda juft korrelyasiya usuli yordamida aniqlangan;
transportga sarflanadigan xarajat va transport vositalarining ekologik ta’sir parametrlarini hisobga olgan holda transport-o‘tish bog‘lamalari joylashuvini baholash va tanlash uslubi, yo‘lovchini manzilga etib borish vaqti, Evklid masofani hisoblash usuli yordamida takomillashtirilgan;
real ekspluatatsion sharoitlarni inobatga olgan holda transport-o‘tish bog‘lamlarining ish jarayonini funksional ifodalovchi imitatsion modeli, yo‘lovchilarni bog‘lamadagi sarflangan vaqtini optimallashtirish va infratuzilmadagi “zaif joylar”ni prognoz qilish asosida ishlab chiqilgan;
transport vositasini kutish va qayta o‘tirish vaqtlarini inobatga olgan holda, yo‘lovchilarni manzillariga etib olishga sarflyagan umumiy vaqtlari va iqtisodiy xarajatlarinining o‘zgarish qonuniyati, Puasson taqsimlanish ko‘rsatkichlari yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaharda transport-oʻtish bog‘lamalarining joylashtirish manzillari va parametrlarini tanlash ilmiy tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
transport-o‘tish bog‘lamalarida yo‘lovchilarni transport vositasiga qayta o‘tirish vaqtini shakllantiruvchi parametrlar Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 19-noyabrdagi 4E1690-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘lovchilarning umumiy o‘tish vaqtini transport harakat jadvaliga muvofiqlashtirish imkoniyati 3,73 % ga, yo‘lovchi oqimini boshqarish va xizmat ko‘rsatish ishonchlilik darajasi 11,21 % ga oshirilishiga erishilgan;
transport-o‘tish bog‘lamalari joylashuvini baholash va tanlash uslubi Transport va logistik muammolarni o‘rganish markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 19-noyabrdagi 4E1690-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘lovchi oqimlarini samarali boshqarish imkoniyati yaratilib, yo‘lovchilarning umumiy qatnov vaqtini hisoblash hamda qayta o‘tirishdagi noqulayliklarini 11 % gacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
transport-o‘tish bog‘lamalarining ish jarayonini ifodalovchi imitatsion model Transport va logistik muammolarni o‘rganish markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 19-noyabrdagi 4E1690-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘lovchining transport vositasini kutish vaqtini 16,7%, bir transportdan ikkinchi transportga qayta o‘tish vaqtini 15,8% ga kamaytirishga va bir transportdan ikkinchi transportga qayta o‘tishlar soni 16,2% yo‘lovchiga ortishiga erishilgan;
yo‘lovchilarni manzillariga etib olishga sarflyagan umumiy vaqtlari va iqtisodiy xarajatlarinining o‘zgarish qonuniyati ko‘rsatkichlari Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 19-noyabrdagi 4E1690-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, transport-o‘tish bog‘lamalarining qulaylik darajasini baholash imkoni yaratilib, bitta yo‘lovchi kesimida oyiga o‘rtacha 44 200 so‘mgacha harajatlarning tejalishi orqali iqtisodiy samaradorlik oshirilishiga erishilgan.