Muraeva Hodisaxon Mo‘sinjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Tasvir ko‘rinishida berilgan o‘simlik barglarining kasalliklarini tashxislashda informativ belgilarni tanlash algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5804.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Mirzaakbar Xaqqulmirzaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.03.
Rasmiy opponentlar: Primova Xolida Anorboevna, texnika fanlari doktori, professor; Temerbekova Barno Maratovna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Zahirriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘simliklarning barg tasvirlari haqidagi ma’lumotlar bilan ishlash orqali kasalliklarni tashxislashga xizmat qiladigan informativ belgilar fazosini shakllantiruvchi algoritmlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘simlik bargi tasvirlaridan obektni tavsiflovchi xususiyatlarni ajratishda turli toifali belgilarni ajratuvchi algoritmlar ansambili ishlab chiqilgan;
obektni xususiyatlarni tavsiflash jarayonida tanib olishga ijobiy hissa qo‘shadigan informativ belgilarni tanlash algoritmlari takomillashtirilgan;
qismiy presedentlik tamoyili asosida belgilarning tayanch qism to‘plamlari bilan sinflar orasidagi bog‘liqlik munosabatini baholovchi mezon ishlab chiqilgan;
obektlarning etalonga muvofiqligini baholash uchun bo‘sag‘aviy qiymatlarni aniqlash yondashuvi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan hamda takomillashtirilgan algoritmlar asosida yaratilgan dasturiy majmua quyidagi muassasalarga joriy etilgan:
Tasvir ko‘rinishida berilgan o‘simlik barglarining kasalliklarini tashxislashda informativ belgilarni tanlash algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘simlik karantini va himoyasi agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasida barg tasvirlaridan o‘quv tanlanma shakllantirish, tanlangan informativ belgilar asosida o‘simlik barglariga tushadigan kasalliklarni tashxislash aniqligini oshirish vositasi sifatida qo‘llanilmoqda (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 05/06-04-527-son ma’lumotnomasi). Mazkur dasturiy majmua qishloq xo‘jaligi xodimlarining tashxislash samaradorligini oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Buvayda tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida barg tasvirlari ma’lumotlarini qayta ishlash, informativ belgilar asosida tashxislash aniqligini oshirish vositasi sifatida amaliy foydalanishga topshirildi (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 05/06-04-527-son ma’lumotnomasi). Pirovardida, tadqiqot natijalari yanada aniqroq tahlil qilina boshlandi, mavjud an’anaviy yondashuvlarga qaraganda sezilarli afzalliklar kuzatilgan.
dasturiy majmua Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Zamon teks klaster” MChJ da barg tasvirlari ma’lumotlarini qayta ishlash, informativ belgilar asosida tashxislash aniqligini oshirish vositasi sifatida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 05/06-04-527-son ma’lumotnomasi). Dasturiy majmuadan barg tasvirlari ma’lumotlari asosida olingan ko‘rsatkichlarga tayanib, tashxis qilish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Mazkur dasturiy majmua o‘simlik kasalliklariga tashxis qo‘yish samaradorligini 10% ga oshirish imkonini bergan.
dasturiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Jizzax viloyati boshqarmasida mazkur dasturiy mahsulot sinovdan o‘tkazilgan va bir qator samaradorliklar qo‘lga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 05/06-04-527-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simlik barglaridagi kasalliklarni aniqlash vaqti mavjud usullarga nisbatan 15% ga qisqardi hamda aniqlashdagi xatoliklar kamaygan.