Isoxo‘jaeva Munira Yashnarovnaning
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida elektron tijoratni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13–Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Iqt317.
Ilmiy maslahatchi: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.28.01
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Urinov Babur Nasilloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muradova Xusniya Muxiddinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida elektron tijoratni davlat tomonidan boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy-metodologik qoidalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“elektron tijoratni davlat tomonidan boshqarish” tushunchasi takomillashtirilib, u data-driven boshqaruvi va risklarga qarshi yoʻnaltirilgan tartibga solish iqtisodiy-tashkiliy mexanizm sifatida talqin qilingan bo‘lib, boshqaruvning proaktiv modeliga o‘tishni ta’minlaydi hamda regulyator xavflarni kamaytirish va davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlash imkonini beradi;
umumiy risk darajasini baholash mexanizmi bilan integratsiyalashgan boshqaruv qarorlarini bashoratli tahlil qilish metodik yondashuv taklif etilgan bo‘lib, uni qo‘llash natijasida elektron tijoratni rivojlantirishning asosiy omillari (global kiberxavfsizlik indeksi r = 0,915; davlat boshqaruvi samaradorligi r = 0,845; internetdan foydalanish darajasi r = 0,794) aniqlangan va ularning uyg‘unlashuvi 97,9–99,8% prognoz samaradorligini ta’minlagan;
boshqaruv samaradorligini kompleks baholashni shakllantirishni ta’minlovchi resurslar samaradorligi koeffisienti (𝑘ER < 1), samaradorlik koeffisienti (𝑘PR > 1), o‘z vaqtida ishlash koeffisienti (𝑘T < 1) uchun mezonlar tizimini o‘z ichiga oluvchi elektron tijoratning davlat boshqaruvi samaradorligini kompleks baholashning metodologik yondashuvi ishlab chiqilgan;
xavf darajasini past (R≤0,1), o‘rtacha (0,1<R≤0,3) va yuqori (R>0,3) toifalarga ajratishga asoslangan hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida boshqaruv mexanizmlari samaradorligini oshirish imkonini beradigan elektron tijoratni davlat tomonidan boshqarishning iqtisodiy samaradorligini baholashning metodik usuli taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni davlat tomonidan boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan raqamli iqtisodiyotning normativ-huquqiy bazasi samaradorligi, regulyator sifat indikatori, elektron hukumatni rivojlantirish indeksi va global kiberxavfsizlik indeksi asosida 2028-yilgacha bo‘lgan rivojlanishning ssenariy prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektron tijoratni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“elektron tijoratni davlat tomonidan boshqarish” tushunchasi takomillashtirilib, u data-driven boshqaruvi va risklarga qarshi yunaltirilgan tartibga solish iqtisodiy-tashkiliy mexanizm sifatida talqin qilingan bo‘lib, boshqaruvning proaktiv modeliga o‘tishni ta’minlaydi hamda regulyator xavflarni kamaytirish va davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi usullar va jarayonlar majmui sifatida takomillashtirilib oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun nazariy-uslubiy materiallarda tavsiya etilgan va “Mikroiqtisodiyot” nomli darslikni tayorlashda foydalanilgan. (Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektorining 2026-yil 5-maydagi №8-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning ta’lim jarayoniga joriy etilishi talabalarda elektron tijoratni davlat tomonidan boshqarish sohasida nazariy bilimlarni kengaytirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini bergan;
umumiy risk darajasini baholash mexanizmi bilan integratsiyalashgan boshqaruv qarorlarini bashoratli tahlil qilish metodologik yondashuv taklif etilgan bo‘lib, uni qo‘llash natijasida elektron tijoratni rivojlantirishning asosiy omillari (global kiberxavfsizlik indeksi; davlat boshqaruvi samaradorligi; internetdan foydalanish darajasi) aniqlangan va ularning uyg‘unlashuvi prognoz samaradorligini ta’minlagan va mazkur usul Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi faoliyatiga joriy etilgan bo‘lib, natijada elektron tijoratni rivojlantirishni prognoz qilish aniqligi 18,7% ga oshirilib, qabul qilinayotgan qarorlar noaniqligi 23,4% ga kamaytirilgan (Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazining 2023-yil 10-maydagi №1-3/176-son dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 7-fevraldagi №33-8/914-son ma’lumotnomasi);
boshqaruv samaradorligini kompleks baholashni shakllantirishni ta’minlovchi resurslar samaradorligi koeffisienti (𝑘ER < 1), natijaviylik koeffisienti (𝑘PR > 1) va o‘z vaqtida bajarilish koeffisienti (𝑘T < 1) uchun mezonlar tizimini o‘z ichiga oluvchi elektron tijoratni davlat tomonidan boshqarish samaradorligini kompleks baholashga oid metodologik yondashuv ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur yondashuv «Elektron hukumat» loyihalarini boshqarish markazi faoliyatiga raqamli loyihalarni amalga oshirishda samaradorlikni baholash mezonlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar sifatida joriy etilgan. («Elektron hukumat» loyihalarini boshqarish markazining 2023-yil 27-iyundagi №1-1284-son bayonnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 7-fevraldagi №33-8/914-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat boshqaruvida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi va qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari asoslanganligi 14–22% oshirilgan;
boshqaruv qarorlarining sifati, qamrovi va ta’sir intensivligi funksiyasi sifatida ularning hissasini omillar yig‘indisi hamda risk darajasini hisobga olgan holda aniqlashga asoslangan va samaradorlikning adaptiv integral bahosini shakllantirishni ta’minlaydigan elektron tijoratni davlat tomonidan boshqarishning iqtisodiy samaradorligini baholash metodologik usuli «UNICON.UZ» DUK tavsiyalariga joriy etilgan (2023-yil 10-fevraldagi dalolatnoma), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 7-fevraldagi №33-8/914-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Bu raqamli texnologiyalardan foydalangan holda boshqaruv qarorlari samaradorligini baholashning miqdoriy yondashuvini shakllantirish, samaradorlikni baholash aniqligini 16–21% oshirish va qabul qilinayotgan qarorlarning asoslanganligini kuchaytirish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni davlat tomonidan boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan raqamli iqtisodiyotning normativ-huquqiy bazasi samaradorligi, regulyator sifat indikatori, elektron hukumatni rivojlantirish indeksi va global kiberxavfsizlik indeksi asosida ishlab chiqilgan 2028 yilgacha bo‘lgan ssenariy prognozlari Raqamli iqtisodiyot tadqiqot markazi faoliyatiga joriy etilgan (Raqamli iqtisodiyot tadqiqot markazining 2023-yil 10-maydagi №1-3/176-son dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 7-fevraldagi №33-8/914-son ma’lumotnomasi). Mazkur sohada ilmiy asoslangan prognozlash va boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirishni ta’minlagan.