Islamov Xurshid Djamshidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metastatik kolorektal saratonda tashxislash va davolashda mul`timodal yondashuv» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Tib1239.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagalib Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.15.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedaminov Shuxrat Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston onkologiya va radiologiya ilmiy tekshirish instituti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metastatik kolorektal saratonni o‘z vaqtida aniqlash va bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash uchun mul`timodal yondashuvni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik-laborator ko‘rsatkichlar (tizimli yallig‘lanish javobi parametrlari) va o‘sma markerlari darajalarining uyg‘unligi kolorektal saratonning biologik agressivligini aks ettirishi hamda birlamchi uzoq metastazlar shakllanishining erta integral prediktori sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
kolorektal saratonida birlamchi uzoq metastazlarni tashxislashning ishlab chiqilgan mul`timodal algoritmi magnit-rezonans tomografiyani laborator markerlar bilan birgalikda qo‘llash orqali metastatik jarayonni erta aniqlashni tubdan yaxshilashi isbotlangan;
perinevral invaziya, birlamchi o‘sma o‘lchami va ad’yuvant kimyoterapiyani o‘tkazish mahalliy tarqalgan kolorektal saratonda umumiy yashovchanlikning asosiy mustaqil determinantlari ekanligi aniqlangan;
ilk bor metastatik kolorektal saratonning kompleks molekulyar-genetik tavsifi o‘tkazilib, klinik ahamiyatli mutatsiyalar spektri aniqlanishi va target terapiyani tanlashda personallashtirilgan yondashuv o‘tkazish imkoniyatlari asoslangan;
metastatik kolorektal saratonni davolash algoritmiga molekulyar-genetik profillashtirishni integratsiya qilish metastatik o‘choqlar rezektabelligini oshirishi va target preparatlarni ratsional qo‘llash hisobiga davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshilashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metastatik kolorektal saratonda tashxislash va davolashda mul`timodal yondashuv bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ekspert komissiyasining 2025 yil 24 oktyabrdagi №28/07-sonli xulosasi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: klinik-laborator ko‘rsatkichlar (tizimli yallig‘lanish javobi parametrlari) va o‘sma markerlari darajalarining uyg‘unligi kolorektal saratonning biologik agressivligini aks ettirishi hamda birlamchi uzoq metastazlar shakllanishining erta integral prediktori sifatida xizmat qilishi isbotlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazi Ilmiy kengashining 2025 yil 29 martdagi №4.7 va №4.8-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan «Metastatik kolorektal saratonni diagnostika qilish va davolash algoritmini ishlab chiqish» hamda «Metastatik kolorektal saratonni davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan. Mazkur uslubiy tavsiyanomalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Farg‘ona filialida 2025 yil 5 apreldagi №08i va №09i-sonli buyruqlar hamda Samarqand filialida 2025 yil 5 apreldagi №13i va №14i-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ekspert komissiyasining 2025 yil 24 oktyabrdagi №28/07-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: tizimli yallig‘lanish javobi klinik-laborator ko‘rsatkichlari va o‘sma markerlari darajalarining uyg‘unligini birlamchi uzoq metastazlarning erta integral prediktori sifatida qo‘llash kolorektal saratonning agressiv kechishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, davolash taktikasini individuallashtirish va dinamik kuzatuvni kuchaytirish imkonini beradi. Bu esa tizimli terapiyani ertaroq boshlashga, kasallikning generalizsiyalashgan shakllarini kech aniqlash holatlarini kamaytirishga, davolanishga rioya etish darajasini oshirishga va bemorlar hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: metastazlanish xavfi bo‘yicha bemorlarni erta stratifikatsiya qilish va ularni yo‘naltirishni optimallashtirish imkoniyati bilan belgilanadi, bu esa kasallikning tarqalgan bosqichlarida qimmatbaho davolash hajmini qisqartirishga, shoshilinch gospitalizatsiyalar sonini kamaytirishga va palliativ yordamga bo‘lgan ehtiyojni pasaytirishga olib keladi. Klinik amaliyotni kolorektal saratonning biologik agressiv shakllarini erta aniqlashga yo‘naltirish statsionarda davolanish muddatini o‘rtacha 4–6 koyka-kunga qisqartirishni va bir bemorni davolash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni taxminan 5,0–8,0 mln so‘mga kamaytirishni ta’minlaydi, bu diagnostik va terapevtik resurslardan oqilona foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Xulosa: tizimli yallig‘lanish javobi ko‘rsatkichlari va o‘sma markerlarini uyg‘un baholashga asoslangan integral yondashuvni amaliyotga joriy etish kolorektal saratonda birlamchi uzoq metastazlarni erta aniqlash samaradorligini oshirishga, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga, gospitalizatsiya muddatini o‘rtacha 4–6 koyka-kunga qisqartirishga va bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 5,0–8,0 mln so‘mga kamaytirishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: magnit-rezonans tomografiyani laborator markerlar bilan birgalikda qo‘llash metastatik jarayonni erta aniqlash aniqligini tubdan oshirishi va bu holat kolorektal saratonda birlamchi uzoq metastazlarni aniqlashning mul`timodal algoritmini ishlab chiqishga asos bo‘lishi asoslanganligi bo‘yicha olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazi Ilmiy kengashining 2025 yil 29 martdagi №4.7 va №4.8-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan «Metastatik kolorektal saratonni diagnostika qilish va davolash algoritmini ishlab chiqish» hamda «Metastatik kolorektal saratonni davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan. Mazkur uslubiy tavsiyanomalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Farg‘ona filialida 2025 yil 5 apreldagi №08i va №09i-sonli buyruqlar hamda Samarqand filialida 2025 yil 5 apreldagi №13i va №14i-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ekspert komissiyasining 2025 yil 24 oktyabrdagi №28/07-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: magnit-rezonans tomografiyasini laborator markerlar bilan uyg‘un holda qo‘llash, kolorektal saratonda birlamchi uzoq metastazlarni erta aniqlashning mul`timodal algoritmi doirasida, o‘sma jarayoni generalizatsiyasining doklinik bosqichlarida diagnostik hushyorlikni sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Bu esa maxsus davolashni ertaroq boshlashni ta’minlaydi, kasallikning ilgarilagan shakllari ulushini kamaytiradi, diagnostika va davolash bosqichlari o‘rtasidagi izchillikni yaxshilaydi hamda davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzatish hisobiga bemorlar hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: metastatik shikastlanishni erta aniqlash aniqligini oshirish va bemorlarni yo‘naltirishni optimallashtirish bilan izohlanadi, bu esa takroriy instrumental tekshiruvlar sonini qisqartirishga, asossiz gospitalizatsiyalarni kamaytirishga va kasallikning tarqalgan bosqichlarini davolashga sarflanadigan xarajatlar hajmini kamaytirishga imkon beradi. Mul`timodal algoritmni qo‘llash statsionarda bo‘lish muddatini o‘rtacha 3–5 koyka-kunga qisqartirishni va bir bemorni davolash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni taxminan 6,0–9,0 mln so‘mga kamaytirishni ta’minlaydi, bu yuqori texnologiyali diagnostik va terapevtik resurslardan oqilona foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Xulosa: magnit-rezonans tomografiyasi va laborator markerlar kombinatsiyasiga asoslangan birlamchi uzoq metastazlarni erta aniqlashning mul`timodal algoritmini amaliyotga joriy etish diagnostika samaradorligini oshirishga, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga, gospitalizatsiya muddatini o‘rtacha 3–5 koyka-kunga qisqartirishga va bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 6,0–9,0 mln so‘mga kamaytirishga imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: perinevral invaziya, birlamchi o‘sma o‘lchami va ad’yuvant kimyoterapiyani o‘tkazish mahalliy tarqalgan kolorektal saratonda umumiy yashovchanlikning asosiy mustaqil determinantlari ekanligi aniqlanib, bu kasallik progressiyasi mexanizmlarini chuqurroq anglash va davolash taktikasini optimallashtirishga xizmat qilishi isbotlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazi Ilmiy kengashining 2025 yil 29 martdagi №4.7 va №4.8-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan «Metastatik kolorektal saratonni diagnostika qilish va davolash algoritmini ishlab chiqish» hamda «Metastatik kolorektal saratonni davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan. Mazkur uslubiy tavsiyanomalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Farg‘ona filialida 2025 yil 5 apreldagi №08i va №09i-sonli buyruqlar hamda Samarqand filialida 2025 yil 5 apreldagi №13i va №14i-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ekspert komissiyasining 2025 yil 24 oktyabrdagi №28/07-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: perinevral invaziya, birlamchi o‘sma o‘lchami va ad’yuvant kimyo terapiyasini o‘tkazish faktini mahalliy tarqalgan kolorektal saratonda umumiy yashovchanlikning asosiy mustaqil determinantlari sifatida aniqlash bemorlarni prognostik guruhlar bo‘yicha aniqroq stratifikatsiya qilish, operatsiyadan keyingi davolash hajmini individuallashtirish va yuqori xavfli bemorlar ustidan dinamik kuzatuvni kuchaytirish imkonini beradi. Bu esa onkologik hushyorlikni oshirishga, davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzatishga va kasallikning erta progressiyasini oldini olish hisobiga bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ad’yuvant kimyo terapiyasi uchun bemorlarni ratsional tanlash va operatsiyadan keyingi davolash hajmini optimallashtirish imkoniyati bilan belgilanadi, bu esa residivlar va takroriy gospitalizatsiyalar chastotasini kamaytirishga, asoratlangan shakllarni davolash uchun sarflanadigan qimmatbaho xarajatlarni qisqartirishga va onkologik xizmat resurslaridan samarali foydalanishga olib keladi. Prognostik jihatdan asoslangan davolash taktikasini qo‘llash statsionarda davolanish muddatini o‘rtacha 4–6 koyka-kunga qisqartirishni va bir bemorga to‘g‘ri keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni taxminan 5,0–8,0 mln so‘mga kamaytirishni ta’minlaydi, bu erta progressiyaning oldini olish va ad’yuvant terapiya sxemalarini optimallashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Xulosa: perinevral invaziya, birlamchi o‘sma o‘lchami va ad’yuvant kimyo terapiyasini o‘z ichiga olgan prognostik mezonlarni amaliyotga joriy etish mahalliy tarqalgan kolorektal saratonni individuallashtirilgan davolash samaradorligini oshirishga, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga, gospitalizatsiya muddatini o‘rtacha 4–6 koyka-kunga qisqartirishga va bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 5,0–8,0 mln so‘mga kamaytirishga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasi populyasiyasida ilk bor metastatik kolorektal saratonning kompleks molekulyar-genetik tavsifi o‘tkazilib, klinik ahamiyatli mutatsiyalar spektri aniqlanishi va target terapiyani tanlashda personallashtirilgan yondashuvni asoslash imkoni yaratilgani isbotlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazi Ilmiy kengashining 2025 yil 29 martdagi №4.7 va №4.8-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan «Metastatik kolorektal saratonni diagnostika qilish va davolash algoritmini ishlab chiqish» hamda «Metastatik kolorektal saratonni davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan. Mazkur uslubiy tavsiyanomalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Farg‘ona filialida 2025 yil 5 apreldagi №08i va №09i-sonli buyruqlar hamda Samarqand filialida 2025 yil 5 apreldagi №13i va №14i-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ekspert komissiyasining 2025 yil 24 oktyabrdagi №28/07-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: metastatik kolorektal saratonning kompleks molekulyar-genetik tavsifini o‘tkazish va klinik ahamiyatli mutatsiyalar spektrini aniqlash target terapiyani tanlashda personallashtirilgan yondashuvni ilmiy jihatdan asoslash imkonini berdi, bu esa davolash samaradorligini oshirishga, asossiz terapiya sxemalari qo‘llanilishini kamaytirishga va o‘smaning molekulyar profilini hisobga olgan holda eng maqbul dori vositalarini tayinlash orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: molekulyar-genetik profillash asosida target terapiyani ratsional tanlash imkoniyati bilan belgilanadi, bu esa samarasiz qimmatbaho preparatlarni qo‘llashdan saqlanishga, davolash liniyalari sonini qisqartirishga, dorivor toksiklik va takroriy gospitalizatsiyalar chastotasini kamaytirishga imkon beradi. Personallashtirilgan yondashuvni qo‘llash bir bemor uchun dori terapiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni taxminan 7,0–12,0 mln so‘mga kamaytirishni, shuningdek, o‘tkazilayotgan davolashga javob samaradorligini oshirish hisobiga statsionarda bo‘lish muddatini o‘rtacha 3–5 koyka-kunga qisqartirishni ta’minlaydi. Xulosa: metastatik kolorektal saratonda molekulyar-genetik profillash va target terapiyani personallashtirilgan tanlashni amaliyotga joriy etish davolash samaradorligini oshirishga, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga, gospitalizatsiya muddatini o‘rtacha 3–5 koyka-kunga qisqartirishga va bir bemor uchun dori terapiyasi xarajatlarini taxminan 7,0–12,0 mln so‘mga kamaytirishga imkon berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: metastatik kolorektal saratonni davolash algoritmiga molekulyar-genetik profillashtirishni integratsiya qilish metastatik o‘choqlar rezektabelligini oshirishi va target preparatlarni ratsional qo‘llash hisobiga davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshilashi isbotlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazi Ilmiy kengashining 2025 yil 29 martdagi №4.7 va №4.8-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan «Metastatik kolorektal saratonni diagnostika qilish va davolash algoritmini ishlab chiqish» hamda «Metastatik kolorektal saratonni davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga kiritilgan. Mazkur uslubiy tavsiyanomalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazining Farg‘ona filialida 2025 yil 5 apreldagi №08i va №09i-sonli buyruqlar hamda Samarqand filialida 2025 yil 5 apreldagi №13i va №14i-sonli buyruqlar asosida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ekspert komissiyasining 2025 yil 24 oktyabrdagi №28/07-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: metastatik kolorektal saratonni davolash algoritmiga molekulyar-genetik profillashni integratsiya qilish target preparatlarni oqilona qo‘llash hisobiga metastatik o‘choqlarning rezektabelligini oshirish va davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Bu esa sitoreduktiv va radikal jarrohlik amaliyotlarini bajarish mumkin bo‘lgan bemorlar ulushini oshirishga, kasallik progressiyasi chastotasini kamaytirishga, umumiy yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga hamda bemorlar hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tizimli terapiya samaradorligini oshirish va operabel holatga erishgan bemorlar sonining ko‘payishi bilan izohlanadi, bu esa ko‘p bosqichli medikamentoz davolash davomiyligini qisqartirishga, terapiya liniyalari sonini kamaytirishga va asoratlar chastotasini pasaytirishga imkon beradi. Molekulyar profillashga asoslangan holda target preparatlarni oqilona qo‘llash statsionarda davolanish muddatini o‘rtacha 4–7 koyka-kunga qisqartirishni va bir bemorga to‘g‘ri keladigan umumiy xarajatlarni taxminan 8,0–15,0 mln so‘mga kamaytirishni ta’minlaydi, bu davolashga javob samaradorligini oshirish va palliativ yordam hajmini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi. Xulosa: metastatik kolorektal saratonni davolash algoritmiga molekulyar-genetik profillashni integratsiya qilish metastatik o‘choqlar rezektabelligini oshirishga, davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshilashga, gospitalizatsiya muddatini o‘rtacha 4–7 koyka-kunga qisqartirishga va bir bemorni davolash xarajatlarini taxminan 8,0–15,0 mln so‘mga kamaytirishga imkon berdi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish