Shamurotova Soxiba Mustafakulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yassi quyosh suv qizdirish kollektorining energetik samaradorligini oshirish”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4906
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD. 03/2025.28.11.T.17.01. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Teymurxanov Anver Teymurxanovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi burama kanalli, sharnirli reflektor bilan takomillashtirilgan hamda faza o‘zgaruvchi materialga asoslangan yassi quyosh suv qizdirish kollektorining konstruksiyasini ishlab chiqish, unda kechadigan issiqlik almashinuv jarayonlarini modellashtirish va tadqiqot qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaffof qoplamali, burama kanalli absorber quvurga ega, reflektor va faza o‘zgaruvchi issiqlik akkumulyatori bilan takomillashtirilgan, vakuumli issiqlik izolyasiyasi bilan qo‘shimcha jihozlangan, avtonom iste’molchilarni barqaror issiq suv bilan taʼminlash imkonini beradigan, reflektor va burama kanalli yassi quyosh suv qizdirish kollektori ishlab chiqilgan (SAP 0152);
tashqi muhit harorati, issiqlik tashuvchi parametrlari va quyosh radiatsiyasi intensivligining o‘zgarishini, yassi quyosh kollektori konstruksiyasi parametrlari hamda faza o‘zgaruvchi issiqlik akkumulyatorining issiqlik-fizik xossalarini  hisobga olgan holda reflektor va burama kanalli yassi quyosh suv qizdirish kollektori issiqlik almashinuvi jarayonlarini CFD asosida hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
tashqi muhit taʼsiri, yassi quyosh kollektori issiqlik almashinuv yuzasi va issiqlik yutuvchi qanotli silliq quvur parametrlari, haroratlar maydoni o‘zgarishi hamda faza o‘zgaruvchi issiqlik akkumulyatorining issiqlik-fizik xossalarini shuningdek, suyuqlikning turli oqim rejimlarini hisobga olgan holda issiqlik tashuvchi haroratining kollektor uzunligi bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
yassi quyosh kollektorining energetik, eksergetik, iqtisodiy hamda ekologik ko‘rsatkichlarini hisoblah uslubi taklif etilgan va an’anaviy yassi quyosh kollektoriga nisbatan issiq suvning haroratini 19,6 %, foydali energiyasini 35,34 %, issiqlikni akkumulyasiya qilish darajasini 54,62 %, eksergetik samaradorligini 15,17 % ga oshirish imkoniyati mavjudligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yassi quyosh suv qizdirish kollektorini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtonom isteʼmolchilarni barqaror issiq suv bilan taʼminlash imkonini beradigan, reflektor va burama kanalli yassi quyosh suv qizdirish kollektori uchun  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining 1 ta sanoat namunasiga patent (SAP 0125). Natijada, 0,7 m2 foydali yuzaga ega reflektor va burama kanalli yassi quyosh suv qizdirish kollektoridan yiliga 0,1024 t.sh.yo. tejalishiga erishildi.
reflektor va burama kanalli yassi quyosh suv qizdirish kollektori Qarshi davlat texnika universiteti bazasidagi “Muqobil energiya manbalari” o‘quv-ilmiy poligonida, Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Qashqadaryo Agro taraqqiyot MTP” MChJ va Koson Agro global MTP” MChJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 20-dekabrdagi 04-13-7110-son ma’lumotnomasi). Natijada, reflektor va burama kanalli yassi quyosh suv qizdirish kollektorini qo‘llash natijasida avtonom iste’molchilarning issiq suv ta’minoti tizimlarida energiya resurslari sarfini o‘rtacha 50÷60%, atrof-muhitga chiqariladigan CO2 va boshqa issiqxona gazlari miqdori 1,5–2,0 martagacha kamaytirilishiga erishildi hamda 0,7 m2 foydali yuzaga ega reflektor va burama kanalli yassi quyosh suv qizdirish kollektoridan yiliga 2700÷3000 MJ issiqlik energiyasi olinganda xarajatlar 2,5-3 yilda qoplanishi asoslandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish