Qarshiboev Abdullaziz Ixtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmogʻi nomi): “Sayoz joylashgan metropoliten tonnel qoplamalari konstruktiv echimlari va hisoblash usullarini takomillashtirish”, 05.09.02 – “Geotexnika” (Ko‘priklar, transport tonnellari va metropolitenlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5479.
Ilmiy rahbar:
Miralimov Mirzoxid Xamitovich – texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Ismoil Ibroximovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Djabbarov Saidburxan To‘laganovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shahar sharoitlarida barpo etiluvchi sayoz joylashgan metropoliten tonnel qoplamalarining konstruktiv echimlarini va ularning deformatsiyalanish jarayonini hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish tamoyillariga asoslangan holda, sayoz joylashgan va yarimyopiq usulda quriladigan metropoliten tonneli qoplamasining takomillashtirilgan konstruktiv echimi taklif etilgan;
mexanikaning umumiy prinsiplari asosida turli yuklamalar ta’sirlari ostidagi metropoliten tonnel qoplamalarini chekli elementlar usulini qo‘llash orqali hisoblashning mavjud usullari takomillashtirilgan;
sayoz joylashgan metropoliten tonnel qoplamasi konstruksiyalarining deformatsiyalanishini to‘liq ifodalash uchun turli yuklamalar, xususan tonnelni o‘rab turgan bir jinsli bo‘lmagan grunt massivlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini hisobga oluvchi diskret hisoblash modeli qurilgan;
taklif etilayotgan tonnel qoplamasining o‘rta qismi konstruksiyasi va o‘tish tonneli qoplamasi bilan birlashish elementlarida ichki bo‘ylama kuchlar va eguvchi momentlarning taqsimlanish qonuniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sayoz joylashgan metropoliten tonnel qoplamalari konstruktiv echimlari va hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Metropoliten tonnel qoplamalari uchun taklif etilgan yangi konstruksiya va takomillashtirilgan hisoblash usuli Toshkent shahridagi loyihalanayotgan metropoliten bekatlari hamda o‘tish tonnel qoplamalarini hisoblash ishlarida qo‘llanilib, “Ko‘prikqurilish” AJ tashkilotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026 yil 21 fevraldagi № 4/E247-sonli malumotnomasi). Keltirilgan qurilish texnologiyalaridan foydalanish jalb qilinadigan qurilish resurslarini kamaytirishga va ishlatiluvchi mashina hamda mexanizmlardan foydalanish unumdorligini bir necha barobar oshirishga imkoniyati yaratilgan. Taklif etilgan metropoliten tonnel qoplamasi andazoviy qoplamaga nisbatan har bir metr uzunlikda 11 400 000 so‘m ga teng mablag‘ tejashga imkon bergan.
Konstruksiyalash qoidalaridan foydalanish va zilzilabardosh inshootlar qurilishi umumiy tamoyillariga amal qilgan holda ishlab chiqilgan Toshkent shahridagi loyihalanayotgan va qurilayotgan metropoliten bekatlari tonnel qoplamalarining yangi konstruksiyalari hamda zamonaviy qurilish mexanikasi usullariga asoslangan metropoliten bekatlarini qoplamalarining kuchlanish-deformatsiyalanish holatini aniqlovchi hisoblash modeli va usulii “Ko‘prikqurilish” AJ tashkilotida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026 yil 21 fevraldagi № 4/E247-sonli malumotnomasi). Natijada, metropoliten bekati qoplamalarining qurilishida texnik-iqtisodiy samaradorlikning oshishi 20% ni tashkil etgan.