Avazov Komil Xollievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tahdidbardosh jamiyatni shakllantirishning siyosiy tahlili», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligidan (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ss178 Ilmiy rahbar: Paxrutdinov Shukritdin Ilyosovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Mirzaaxmedov Kamoliddin Mansurjon o‘g‘li, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tahdidbardosh jamiyatni shakllantirishning siyosiy tahlilini amaliy siyosatshunoslik nuqtai nazaridan ochib berish hamda jamiyatning barqaror taraqqiyotini ta’minlash yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tahdidbardosh jamiyat”ning funksional modeli (“prujina” shakli) taraqqiyotning moddiy asosi – iqtisod, jamiyatning nomoddiy asosi – ma’naviyat tahdidlarga javob beruvchi katalizator (kuch beruvchi) vazifasini bajaruvchi omil ekanligini asoslangan;
siyosiy hokimiyat va jamiyat munosabatlari uyg‘unligi nazariyasi jamiyat bilan davlatning o‘zaro birdamlikda konsolidatsiyalashuvi tahdid ta’sirining stabilizatori bo‘lishi mumkinligi ochib berilgan;
“Tahdidbardosh jamiyat” “davlat va jamiyatning yakdilligi” hamda “davlat amalga oshirayotgan islohotlarni jamiyat o‘zi uchun deb bilishi” kabi mezonlar hamda davlat+fuqaro, davlat+siyosiy partiya, davlat+NNT singari o‘zaro hamkorlik tamoyillari hosilasi ekanligi asoslab berilgan;
“Tahdidbardosh jamiyat”ni rivojlantirishda milliy mafkura, siyosiy hokimyatning legalligi va legitimligi, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro uyg‘unligi hamda boshqaruvda so‘z va amaliyot birligi, shaxsiy namuna, mas’uliyat va tashabbuskorlik kabi konseptual masalalar echimi bilan bog‘liq tizimning mavjudligi muhim omil ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tahdidbardosh jamiyatni shakllantirishning siyosiy tahliliga oid ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
“Tahdidbardosh jamiyat”ning funksional modeli (“prujina” shakli) taraqqiyotning moddiy asosi – iqtisod, jamiyatning nomoddiy asosi – ma’naviyat tahdidlarga javob beruvchi katalizator (kuch beruvchi) vazifasini bajaruvchi omil ekanligiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonida mafkura va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar rivojini tadqiq qilish sohasida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 13 dekabrdagi 02/07.1663-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zbekiston Respublikasida 2019 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” Dasturining VI bobi “Jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, korrupsiya, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar” qismida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
siyosiy hokimiyat va jamiyat munosabatlari uyg‘unligi nazariyasi jamiyat bilan davlatning o‘zaro birdamlikda konsolidatsiyalashuvi tahdid ta’sirining stabilizatori bo‘lishi mumkinligiga oid takliflardan O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining amaliy va tashviqot hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Adolat” sosial-demokratik partiyasining 2019 yil 29 may, 01-1/1/167-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining jamiyatdagi obro‘sini mustahkamlashga, saylovchilar ishonchini kuchayishga erishilgan;
“Tahdidbardosh jamiyat” “davlat va jamiyatning yakdilligi” hamda “davlat amalga oshirayotgan islohotlarni jamiyat o‘zi uchun deb bilishi” kabi mezonlar hamda davlat+fuqaro, davlat+siyosiy partiya, davlat+NNT singari o‘zaro hamkorlik tamoyillari hosilasi ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining ilmiy, amaliy va tashviqot hujjatlarini ishlab chiqishda, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasidagi fraksiyaning tahliliy ma’ruzalari va hisobotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Adolat” sosial-demokratik partiyasining 2019 yil 29 may, 01-1/1/167-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat+fuqaro, davlat+siyosiy partiya, davlat+NNT singari o‘zaro hamkorlik tamoyillari mazmunan boyitilgan;
“Tahdidbardosh jamiyat”ni rivojlantirishda milliy mafkura, siyosiy hokimyatning legalligi va legitimligi, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro uyg‘unligi hamda boshqaruvda so‘z va amaliyot birligi, shaxsiy namuna, mas’uliyat va tashabbuskorlik kabi konseptual masalalar echimi bilan bog‘liq tizimning mavjudligiga doir taklif va xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Assalom, O‘zbekiston”, “Fikr.uz”, hamda “Munosabat” ko‘rsatuvlarining ssenariylarining yaratilishida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ma’lumotnomasi, 2019 yil 8 sentyabrdagi 02-13-2477-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat tahdidbardoshligini ta’minlash, ma’naviy tahdidlar, milliy xavfsizlik, hokimiyat legitimligi, jamiyat taraqqiyoti, barqarorligi va tahdidbardoshligini ta’minlashda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning o‘rniga doir ilmiy-amaliy va metodologik g‘oyalar keng jamoatchilikka etkazilgan.