Mirzaxmedov Rustamjon Mirxamidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kobalt saqlovchi chiqindilarni kompleks qayta ishlash orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muhitni yaxshilash», 11.00.05 - Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/K258.
Ilmiy maslahatchi: Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Olmaliq davlat texnika insituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2026.31.01.K/T.02.08.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Qobiljon G‘ofurovich, texnika fanlari doktori, professor; Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kobalt saqlovchi sanoat oraliq mahsulotlari (keklari, oqava chiqndi suvlari) tarkibidagi kobalt (Co), nikel (Ni), mis (Cu), kadmiy (Cd) metallarni selektiv ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish orqali, atrof muhitga zararli ta’sir etuvchi omillarning tabiatga ta’sirini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat chiqindilar tarkibida uchraydigan kobalt, nikel, mis va kadmiy metallarning mavjud shakllarini hamda ularning fizik-kimyoviy xossalari (ion, oksid, gidroksid va kompleks shakllari) aniqlanib, ushbu omillarning metallarni ajratib olish samaradorligiga ta’siri tizimli ravishda ibotlangan;
kobalt (II), nikel (II), mis (II) hamda kadmiy (II) metall ionlarini tanlab eritish orqali halaqit qiluvchi metallarni cho‘ktirish orqali, eritmada kobalt (II) va nikel (II) metall ionlarini konsentratsiyasini oshirish hamda sanoat keki tarkibidagi kobalt va nikel metallini gidrometallurgik jarayon yordamida ajratib olishning samarali usuli ilmiy asoslangan;
kobalt metall tutgan eritmani ozon yordamida oksidlash orqali aralashma tarkibidagi halaqit beruvchi Fe²⁺, Al³⁺, Cr³⁺, Cd²⁺, Zn²⁺, Sb²⁺ va Cu²⁺ ionlari samarali bartaraf etilib (pH=4,8–6,2), kobalt metallini ajratib olish darajasi 96,4 %, nikel metallini 81,8 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
Cyanex 272 bis(2,4,4 – trimetil pentil fosfat kislotasi) organik reagenti yordamida (750C, λCo2+=520) kobalt (II) metall ionini ekstraksi usuli yordamida  kompleks hosil bo‘lish sharoitlari aniqlangan;
ilk bor kobalt metall ionini ekstraksiya asosida selektiv ajratib olishning optimal muhitlari (pH = 1.0–5.6, T=650C) aniqlanib, usulni sanoat keklari va oqova texnologik suvlarga qo‘llash orqali usulning xorijiy analoglarga (FAR 20260055) nisbatan ustunligi isbotlangan;
kobalt (II), nikel (II), mis (II) hamda kadmiy (II) ionlarini aniqlashning ekstraksiya usuli ishlab shiqish orqali kon-metallurgiya korxonalari keklari, oqova texnologik suvlari va tabiiy obektlari analizida qo’llash va  metall ionlarini selektiv ajratishning samarali, iqtisodiy, ekologik jihatdan maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kobalt (II), nikel (II), mis (II) va kadmiy (II) metall ionlarini tanlab eritish orqali halaqit qiluvchi metall ionlarini bartaraf qilish orqali ekstraksiya usulini ishlab chiqish natijalari asosida:
kobalt saqlovchi chiqindilari tarkibidagi kobalt metallini taklif qilingan ekstraksiya usuli yordamida ajratib olish “Olmaliq KMK” AJ rux zavodi “Kadmiy sexi” analitik laboratoriyasi amaliyotiga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJ ning 2026 yil 4 martdagi 03-26/01-00320-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan ekstraksiya usuli yordamida sanoat keki tarkibidan kobalt metallini ajratib olish imkonini bergan;
Co (II), Ni (II), Cu (II) va Cd (II) metall ionlarini Cyanex 272 ekstragenti asosidagi ekstraksion-gidrometallurgik usuli yordamida ajratib olish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ rux zavodi “Kadmiy sexi” ga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJ ning 2026 yil 4 martdagi 03-26/01-00320-son ma’lumotnomasi). Natijada  sanoat keki tarkibidagi metall ionlarini selektivlik ajratib olish imkonini bergan;
sanoat texnalogik chiqindi oqava suv tarkibidagi kobalt (II), nikel (II), mis (II) va kadmiy (II) metall ionlarini ekstraksiya usuli Olmaliq shahar Sanepid bo‘limi amaliyotga joriy qilingan (Olmaliq shahar Sanepid bo‘limining 2026 yil 16 fevraldagi 03/152-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhit abekti tarkibidagi Co (II), Ni (II), Cu (II) va Cd (II) metall ionlari miqdorini tezkor aniqlash usulini joriy qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish