Ashurov Qodirjon Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G.hirsutum L. kenja tur va shakllarini madaniy navlar bilan duragaylash asosida yangi genotiplar olish”, 03.00.09 - Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/B559.
Ilmiy rahbar: Amanov Baxtiyar Xushbakovich, biologiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.B.04.05
Rasmiy opponentlar: Chorshanbivev Nurali Esanpulatovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Jalolov Xurshidbek Xurram o‘g‘li, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G.hirsutum L. turiga mansub ayrim kenja tur va shakllarni madaniy navlar bilan duragaylash asosida amaliy seleksiya uchun irsiy jihatdan boyitilgan rekombinant shakllar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba G.hirsutum L. turiga mansub ayrim turichi xilma-xilliklarini duragaylash asosida F0 duragay ko‘saklari tugilishi 60,0-100,0%, duragay ko‘saklarda to‘liq urug‘lar tugilishi esa 72,6-93,5% bo‘lishi aniqlangan;
boshlang‘ich manbalar va F1 duragaylarida tola uzunligi bilan 1000 dona urug‘ vazni o‘rtasida (r=0,89), bitta ko‘sakdagi paxta vazni va 1000 dona urug‘ vazni o‘rtasida (r=0,89), bitta ko‘sakdagi paxta vazni va tola uzunligi o‘rtasida (r=0,78), kuchli ishonchli ijobiy korrelyasiya mavjudligi isbotlangan;
ota-ona shakllari va F1-F2 o‘simliklarining qimmatli xo‘jalik belgilarini irsiylanish xarakteri ochib berilgan hamda ayrim morfxo‘jalik belgilarini klaster tahlili aniqlangan;
G.hirsutum L. turiga mansub kenja tur, shakllari va madaniy navlari hamda F1-F2 duragaylarida bitta ko‘sakdagi paxta vazni, tola uzunligi, tola chiqimi ijobiy va salbiy oraliq, ijobiy dominantlik va ijobiy o‘ta dominantlik holatlarda irsiylanishi, F2 avlodida keng ko‘lamli transgressiv o‘zgaruvchanlik yuzaga kelishi aniqlangan, rekombinant shakllar amaliy seleksiya jarayonida boshlang‘ich manba sifatida foydalanish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G.hirsutum L kenja tur va shakllarini madaniy navlar bilan duragaylash asosida yangi genotiplar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
G.hirsutum L. turiga mansub duragay namunalar O‘zR FA Genetika va O‘EB instituti “Gʻo‘za genofondi” noyob ob’ektiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2025 yil 18 noyabrdagi № 4/1255-2893-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur F2 duragay kombinatsiyalari “Gʻo‘za genofondi” noyob obekti kolleksiyasini boyitish, amaliy va fundamental loyihalar uchun bevosita boshlang‘ich manba sifatida foydalanish imkonini bergan;
F2 duragay o‘simliklari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/04-04-877-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za kolleksiyasi genofondini boyitish bilan bir qatorda tezpishar, hosildor, tola chiqimi va uzunligi yuqori bo‘lgan yangi namunalar yaratishdagi keyingi genetik-seleksion tadqiqotlarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish imkonini bergan;
G.hirsutum L. turiga mansub turichi xilma-xilliklarini chatishtirish asosida olingan F2 o‘simliklari O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti kolleksiyasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 12 dekabrdagi 05/04-04-877-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yuqori ko‘rsatkichli F2 duragay rekombinant shakllari institutning genofondini boyitish bilan bir qatorda, Respublikamiz “Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof mihit muhofazasi” ustuvor yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish imkonini bergan.