Nurmatov Asliddin Urozovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Qashqadaryo viloyati qishloq tumanlarida ijtimoiy infrastruktura tizimini rivojlantirish va takomillashtirish (umumiy o‘rta ta’lim muassasalari misolida)”, 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Gr447.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Maqsud Abdullaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Mamatqodir Ismatillaevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent; Usmanov Marufdjan Rustamovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Qashqadaryo viloyati qishloq tumanlaridagi umumta’lim muassasalari infrastrukturasi tiziminining hududiy xususiyatlarini demografik talab, maktablararo masofa va moddiy-texnik ta’minlanganlik mezonlari asosida baholash, barqaror rivojlanishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash orqali ta’lim infrastrukturasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining hududiy joylashuvi va infrastruktura rivojlanish darajasining iqtisodiy geografik xususiyatlari asosida hududlar kesimida infrastruktura nomutanosibligining baholash metodikasi ishlab chiqilgan;
viloyatning ichki mintaqalarida ta’lim infrastrukturasining joylashuvi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy geografik omillar (aholi zichligi, transport va kommunikatsiya tarmoqlari, iqtisodiy faoliyat turlari)ning o‘zaro bog‘liqligi asosida hududlarning ijtimoiy infrastruktura rivojlanishidagi differensial xususiyatlari aniqlangan;
Qashqadaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining hududiy joylashuvi, infrastruktura holati, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi iqtisodiy geografik omillari asosida ilk bor mavzuli kartalar yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatining hududlari kesimida aholi zichligi va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari zichligi o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasi Spearman korrelyasiya koeffisienti asosida baholanib, ularning o‘zaro moslik darajasi aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati qishloq tumanlari umumta’lim muassasalari infrstruktura tizimini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qashqadaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining hududiy joylashuvi va infrastruktura rivojlanish darajasining iqtisodiy geografik xususiyatlari asosida hududlar kesimida infrastruktura nomutanosibligining baholash metodikasi ma’lumotlarining natijalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 03-33-2538-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat tumanlarida ta’lim infrastrukturasining rivojlanish darajasi va iqtisodiy geografik omillar (aholi zichligi, ijtimoiy-iqtisodiy faollik, transport kirishuvchanligi) o‘rtasidagi nisbatni aniqlovchi kompleks ko‘rsatkichlar asosida baholovchi maxsus metodika orqali hududlar kesimida maktablar tarmog‘ining rivojlanishidagi nomutanosibliklarni aniqlash imkonini bergan;
viloyatning ichki mintaqalarida ta’lim infrastrukturasining joylashuvi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy geografik omillar (aholi zichligi, transport va kommunikatsiya tarmoqlari, iqtisodiy faoliyat turlari)ning o‘zaro bog‘liqligi asosida hududlarning ijtimoiy infrastruktura rivojlanishidagi differensial xususiyatlari ma’lumotlarining natijalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 03-33-2538-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududiy rejalashtirish va ta’lim infrastrukturasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha aniq, manzilli va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish, qiyin sharoitdagi hududlarda ta’lim sifati va mavjud infrastruktura imkoniyatlarini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining hududiy joylashuvi, infrastruktura holati, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi iqtisodiy geografik omillari asosida ilk bor yaratilgan kartalar ma’lumotlaridan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 03-33-2538-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim infrastrukturasining hududiy joylashuvi bo‘yicha nomutanosibliklarni aniqlash, infrastrukturani optimallashtirish, yangi ta’lim obektlarini joylashtirishda ilmiy asoslangan va manzilli yondashuvni shakllantirish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyatining hududlari kesimida aholi zichligi va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari zichligi o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasi Spearman korrelyasiya koeffisienti asosida baholanib, ularning o‘zaro moslik darajasi aniqlangan ma’lumotlari natijalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 03-33-2538-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim infrastrukturasi demografik ehtiyojlarga nisbatan etarli bo‘lmagan hududlarni ajratish hamda maktablar tarmog‘ini hududiy muvozanatlashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish