Maxmudov Isroiljon Muxitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston janubida qurg‘oqchilikning shakllanish xususiyatlari (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari misolida)», 11.00.04 - Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Gr318.
Ilmiy rahbar: Xolmatjanov Baxtiyar Maxamatjanovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.18/2025.27.12.Gr.02.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Xamroqul Tursunqulovich, geografiya fanlari doktori, professor; Sultashova Oralxon Genjebaevna, qishloq ho‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida meteorologik, tuproq, gidrologik va atmosfera qurg‘oqchiliklarining shakllanish sharoitlarini miqdoriy baholash masalalaridan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining dasht, voha va tog‘li mintaqalarida 1991-2020 yillar davrida SPI va SPEI indekslari asosida meteorologik, tuproq va gidrologik qurg‘oqchiliklar taqsimoti (takrorlanuvchanlik, davomiylik, jadallik ko‘rsatkichlari) aniqlangan;
maksimal havo harorati va unga mos keluvchi shudring nuqtasi harorati asosida aniqlangan TGK indeksi yordamida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududida turli jadallikdagi atmosfera qurg‘oqchiligining takrorlanuvchanligi va davomiyligi hisoblangan;
havo massalari termogigrometrik ko‘rsatkichlari (havo harorati, unga mos shudring nuqtasi harorati, shudring nuqtasi defisiti, suv bug‘i maksimal defisiti)ning atmosfera qurg‘oqchiligi shakllanishiga olib keluvchi o‘zgarish diapazonlari aniqlangan;
O‘zbekiston janubida atmosfera qurg‘oqchiligini shakllantiruvchi havo massalari va ularning O‘rta Osiyo mintaqasiga kirib kelishini ta’minlovchi sinoptik jarayon turlari statistik tahlil asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qurg‘oqchilikning shakllanish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining dasht, voha va tog‘li mintaqalarida 1991-2020 yillar davrida SPI va SPEI indekslari asosida meteorologik, tuproq va gidrologik qurg‘oqchiliklar taqsimoti (takrorlanuvchanlik, davomiylik, jadallik ko‘rsatkichlari) Gidrometeorologiya xizmati agentligida hududlarda qurg‘oqchilik sharoitlarini baholashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025-yil 16-apreldagi 01-15/544-son ma’lumotnomasi). Natijada, SPI va SPEI indekslarini hisoblash asosida meteorologik, tuproq va gidrologik qurg‘oqchiliklar ko‘lamini baholash imkoniyati yaratilgan;
maksimal havo harorati va unga mos keluvchi shudring nuqtasi harorati asosida aniqlangan TGK indeksi yordamida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududida turli jadallikdagi atmosfera qurg‘oqchiligining takrorlanuvchanligi va davomiyligi ko‘rsatkichlari Gidrometeorologiya xizmati agentligida qishloq xo‘jaligiga agrometeorologik xizmat ko‘rsatishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025-yil 16-apreldagi 01-15/544-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi maydonlarida havo qurg‘oqchiligi monitoringini yuritishga xizmat qilgan;
havo massalari termogigrometrik ko‘rsatkichlari (havo harorati, unga mos shudring nuqtasi harorati, shudring nuqtasi defisiti, suv bug‘i maksimal defisiti)ning atmosfera qurg‘oqchiligi shakllanishiga olib keluvchi o‘zgarish diapazonlari Gidrometeorologiya xizmati agentligida meteorologik prognozlar tuzish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025-yil
16-apreldagi 01-15/544-son ma’lumotnomasi). Natijada, havo termogigrometrik ko‘rsatkichlarini baholash asosida atmosfera qurg‘oqchiligi jadalligini aniqlash imkonini bergan;
O‘zbekiston janubida atmosfera qurg‘oqchiligini shakllantiruvchi havo massalari va ularning O‘rta Osiyo mintaqasiga kirib kelishini ta’minlovchi sinoptik jarayon turlarining statistik tahlili natijalari Gidrometeorologiya xizmati agentligida meteorologik prognozlar tuzish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025-yil 16-apreldagi 01-15/544-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlari turlari va ular bilan bog‘liq havo massalarining xossalari asosida havo qurg‘oqchiligini qisqa muddatli prognozlash imkonini bergan.