Ibragimov Ravshan Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydonida bodringni konservlashda sterilizatsiyalash jarayonini jadallashtirish”, 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T1532.
Ilmiy rahbar: Narziev Mirzo Sayidovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Ahmadov Abdumalik Abduvahob o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydonida bodringni konservlashda sterilizatsiyalash jarayonini jadallashtirishdan iborat.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
1 litrli bankadagi bodring konservalarini o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydonida sterilizatsiyalash uchun 2450 MHz chastota va 50 - 60 mm to‘lqin uzunligi tanlanishi nazariy va eksperimental jihatdan asoslangan; 
bodringli konservaning o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydoni ta’sirida isishi va yutgan energiyasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishini hisoblash uchun matematik model (issiqlik va elektromagnit maydon tenglamalarini o‘z ichiga olgan differensial tenglamalar tizimi) hamda unga asoslangan kompyuter modeli ishlab chiqilgan; 
sterilizatsiya jarayoni davriy rejimda amalga oshirilish ishlab chiqilgan, kompyuter modellashtirish natijalariga ko‘ra, 360 soniya davomida mahsulot harorati 80 ℃ ga etganda 280 kJ/kg energiya olishi ilmiy asoslangan;
sterilizatsiya jarayonini uzlyuksiz rejimda amalga oshirish uchun qurilma ishlab chiqilgan, unda mahsulotning harorati 80 ℃ ga etishi hamda 355 kJ/kg energiya olishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydonida bodringni konservlashda sterilizatsiyalash jarayonini jadallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
o‘ta yuqori chastotali tok energiyasidan foydalanib meva va sabzavotlarni sterilizatsiyalash jarayonini jadallashtirish “Gala-River” QKda joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 19-apreldagi 19-38/04-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydonida bodringni konservlashda sterilizatsiyalash jarayonining ishlov berish davomiyligi 360-420 soniya, ishlov berish harorati 80 ℃ da olib borish imkonini bergan; 
o‘ta yuqori chastotali tok energiyasidan foydalanib meva va sabzavotlarni sterilizatsiyalash jarayonini jadallashtirish texnologik tizimi “Agro Trade” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 19-apreldagi 19-38/04-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, sterilizatsiyalash davomiyligi 4-5 martagacha qisqargani hisobiga energiya tejamkorligi va mahsulotni sterilizatsiyalash hajmi 3-4 martagacha ortishi imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish