Eshonkulov Otabek Doniyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Salvia officinalis L. va Calendula officinalis L. ning bioekologik xususiyatlariga atrof-muhitni ta’siri”, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/V1667.
Ilmiy rahbar: Allaberdiev Rustamjon Xamraevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.B.01.15 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kulmatov Rashid Anarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xo‘janazarov O‘ktam Eshtemirovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli ekologik sharoitlarda Salvia officinalis L. va Calendula officinalis L. ning bioekologik xususiyatlariga atrof-muhitni ta’sirini o‘rganish hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqot hududlarida tarqalgan tuproqlarning morfologik belgilari, fizikaviy va agrokimyoviy xossalarining o‘zgarishlari turli ekologik sharoitlarga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
Salvia officinalis L. va Calendula officinalis L. ning bioekologik xususiyatlariga turli ekologik sharoitlarning ta’siri qiyosiy baholangan; 
Salvia officinalis L. va Calendula officinalis L. o‘simlik urug‘lariga ultrabinafsha nurlar hamda elektromagnit impuls bilan ishlov berish urug‘larning unuvchanlik ko‘rsatkichini oshirishi isbotlangan;
tadqiqot hududlarida etishtirilgan Salvia officinalis L. va Calendula officinalis L. urug‘larining laboratoriya sharoitida turli haroratlarda unuvchanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Salvia officinalis L. va Calendula officinalis L.ning bioekologik xususiyatlariga atrof-muhitni ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Salvia officinalis L. va Calendula officinalis L. o‘simliklarining o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash yuzasidan ishlab chiqilgan   amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 29-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-11010 - son ma’lumotnomasi). Natijada, dorivorlik xususiyatiga ega bo‘lgan ushbu o‘simliklarni hududning ekologik holatiga ko‘ra joylashtirishga xizmat qilgan;
Salvia officinalis L. va Calendula officinalis L. o‘simliklar urug‘lariga UBN, EMI hamda ikkalasini birga, ya’ni UBN+EMI bilan ishlov berildi hamda eng yaxshi ko‘rsatkich UBN+EMI da aniqlanib, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Jovliev Eson fermer xo‘jaligida nazoratga nisbatan Salvia officinalis L. 16 %,   Calendula officinalis L. 18 %, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Shag‘irli ovuli hududida nazoratga nisbatan Salvia officinalis L. 19 %,   Calendula officinalis L. 22 % ga ortib, Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 29-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-11010 - son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududlarda yangi yondashuvlar asosida dorivor o‘simliklarni oʻstirish hamda ko‘paytirish imkonini bergan;
tadqiqot hududlarida tarqalgan tuproqlar va sug‘oriladigan suvlarning fizik-kimyoviy tahlil natijalari asosida dorivor o‘simliklarni etishtirish yuzasidan ishlab chiqilgan   amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 29-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-11010 - son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot olib borilgan hududlarning ekologik holatini baholash imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani tadqiqot olib borilgan hududlarida tarqalgan tuproqlarning ekologik holati bo‘yicha 1:10000 masshtabli xaritasi ishlab chiqilgan hamda Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 29-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-11010 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududda tarqlagan tuproqlarning ekologik holati va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadirlar belgilash imkonini bergan;
turli ekologik sharoitlarda dorivor oʼsimliklarni koʼpaytirish bo‘yicha “Salvia officinalis L. va Calendula officinalis L. ning bioekologik xususiyatlariga atrof-muhitni ta’siri va etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 29-oktyabrdagi 03-03/1-03/3-11010 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma nafaqat qisho‘loq xo‘jaligida turli ekologik sharoitlarda dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish uchun, balki Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ilmiy izlanuvchilar uchun ilmiy uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish