Tursunov Lutfillo Abduxoliqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Markaziy Qizilqumning yuvib kuydirilgan fosforit konsentratidan oddiy superfosfat olish jarayonini takomillashtirish”, 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6114.
Ilmiy rahbar: Shamshidinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.08.
Rasmiy opponentlar: Qanoatov Xayrullo Murodullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Mirzaqulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida xomashyoning yuqori parchalanish darajasiga ega bo‘lgan donador oddiy superfosfat olishning takomillashgan va jadallashgan texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy fosfatni sulfat kislotali parchalash jarayoni haroratini tashqi issiqlik energiyasi manbasidan foydalanmasdan 210oS dan yuqori ko‘tarish imkoniyatining mavjudligi aniqlangan, bu esa erkin kislotalilik (H3PO4erkin) miqdorini 1% dan kamaytirish hamda donachalar mustahkamligini 2,0 MPa dan oshirish hisobiga mahsulotning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash imkoniyati aniqlangan;
ilk marotaba yuvib kuydirilgan fosforit konsentratini suv bilan oldindan namlash va keyinchalik konsentrlangan sulfat kislota bilan parchalash orqali, nordon superfosfatni (amaldagi kamida 10 sutka davom etadigan) etiltirish bosqichisiz parchalanish darajasini 80% va undan yuqori darajaga oshirish imkoniyati aniqlangan;
oldindan namlangan YuKFKni konsentrlangan sulfat kislota bilan parchalaganda hosil bo‘ladigan kalsiy sulfatning gidratlanishini mahsulotni donadorlash va quritish jarayonida amalga oshishi, bu esa superfosfat donadorlik tarkibi yaxshilanishiga va donachalar mustahkamligining ortishiga olib kelishi aniqlangan;
yuvib kuydirilgan fosforit konsentratini ammoniy nitrat eritmasining suvli eritmasi bilan oldindan namlash, so‘ngra namlangan fosfat massasini konsentrlangan sulfat kislota bilan parchalash orqali, omborli etiltirish bosqichisiz donador oddiy superfosfat olish jarayonini jadallashtirish imkoniyati ilmiy jihatdan isbotlangan;
yuvib kuydirilgan fosforit konsentratini suv bilan oldindan namlash va ammoniy nitrat ishtirokida konsentrlangan sulfat kislota bilan parchalash yo‘li bilan donador oddiy superfosfat olishning maqbul texnologik parametrlari aniqlangan;
texnologik jarayonni takomillashtirish hamda tovar xossalari yaxshilangan mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradigan donador oddiy superfosfat ishlab chiqarishning texnologik sxemasi hamda materiallar oqimi va moddiy balansi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Qizilqum yuvib kuydirilgan fosforit konsentratining fizik-mexanik xossalari yaxshilangan donador oddiy superfosfatga qayta ishlashning takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori karbonatli fosforitlarni kuydirish, suvda namlash va konsentrlangan sulfat kislota asosida parchalash yo‘li bilan qayta ishlash texnologiyasi “Indorama Kokand fertilizers and chemicals” AJning “Amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ahamiyatga ega ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Indorama Kokand fertilizers and chemicals” AJning 2025-yil 11-noyabrdagi 3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tashqi issiqlik energiyasidan foydalanmasdan parchalanish jarayonining haroratini 210°C gacha oshirish imkonini beradi;
termik qayta ishlangan fosforitni ammoniy nitrat va suv bilan birgalikda qayta ishlash, so‘ngra konsentrlangan sulfat kislota asosida parchalash yo‘li bilan Markaziy Qizilqumning yuqori karbonatli fosforitlaridan oddiy superfosfat olishning takomillashtirilgan texnologiyasi “Indorama Kokand fertilizers and chemicals” AJning “Amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ahamiyatga ega ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Indorama Kokand fertilizers and chemicals” AJning 2025-yil 11-noyabrdagi 3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oddiy superfosfat ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish hamda mahsulotning erkin kislotaliligini kamaytirish va donachalar mustahkamligini oshirish orqali fizik-mexanik xossalarini yaxshilash imkonini beradi.