Abdujalilova Oygul Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi):  «Degradatsiyaga uchragan tuproqlarining biologik faolligi, biodiagnostikasi va unumdorligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar (Xovos tumani tuproqlari misolida)», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1523.
Ilmiy rahbar: Gafurova Lazizaxon Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.B/Qx.01.16.
Rasmiy opponentlar: Turdaliev Avazbek Turdalievich, biologiya fanlari doktori, professor; Kuchkarova Nodira Pazitdinova, biolgiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: degradatsiyaga uchragan sho‘rlangan tuproqlarning biologik holatini zamonaviy biodiagnostika usullari asosida aniqlash, GAT texnologiyalari yordamida kartografik modellarini tuzish, shu bilan birga biopreparatlar va biogumus qo‘llash orqali tuproq unumdorligi hamda kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hudud sho‘rlangan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarda biologik faollik ko‘rsatkichlari asosida tuproq ekologik-biologik holatining qiymatlari hisoblangan  hamda har bir ko‘rsatkich bo‘yicha ta’minlanganlik va faollik darajalari asoslangan;
sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida organik uglerod zaxirasi, uni dinamikasi, transformasiyasi va mineralizasiyasi koeffisentilari tuproq sho‘rlanishiga ko‘ra o‘zgarishi isbotlangan; 
ilk bor hududning sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlari sharoitida biologik parametrlarining hududiy farqlanishni aks ettiruvchi kartografik modellar geoaxborot texnologiyalari yordamida ishlab chiqilgan va ularni aniq dehqonchilikda qo‘llanilish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan; 
hudud tuproqlarning biologik faolligi hamda kimyoviy, agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan hamda ularning biologik faollikni baholashdagi ahamiyati asoslab berilgan;
biopreparatlar va biogumus qo‘llashning tuproq xossalari, biologik faolligi va kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’siri ilmiy ma’lumotlar asosida isbotlangan va  sho‘rlangan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning unumdorligini tiklash, oshirish va barqaror boshqarish bo‘yicha hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xovos tumani sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining biologik faolligi, unumdorligini oshirish hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:
tuproq unumdorligining diagnostik ko‘rsatgichlari va biologik parametrlarini hududiy farqlanishini aks ettiruvchi turli mavzuli elektron xaritalar Sirdaryo viloyati Xovos tumani Paxtakor massivining jami 5770,71 gektar maydonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar Milliy markazi 2025 yil 5 sentyabrdagi 05/06-04-528-son ma’lumotnomsi). Natijada, hudud tuproqlarining unumdorligini saqlash, erlardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish, agromeliorativ tadbirlarni rejalashtirish va biologik jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududidagi sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning asosiy xossa-xususiyatlari va tuproq ekologik-holatining integral ko‘rsatgichlarini inobatga olgan holda degradasiyaga uchraganligi bo‘yicha indikator mezonlari viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga  joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar Milliy markazi 2025 yil 5 sentyabrdagi 05/06-04-528-son ma’lumotnomsi). Natijada, hudud tuproq unumdorlik holatini diagnostika qilish, agroekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tizimli tuproq-ekologik monitoring yuritish imkonini bergan;
“Degradasiyaga uchragan tuproqlarning biologik faolligi, biodiagnostikasi va unumdorligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar” nomli ilmiy-amaliy tavsiyalar Sirdaryo viloyati Xovos tumani massivlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar Milliy markazi 2025 yil 5 sentyabrdagi 05/06-04-528-son ma’lumotnomsi).  Natijada, Xovos tumani qishloq xo‘jalik ekinlarini tuproq-iqlim sharoitiga mos holda joylashtirish, mikrobiologik hamda fermentativ faollikni tiklash, oziqa moddalar aylanishini faollashtirish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan zamonaviy agrobiotexnologik yondashuvlarni belgilashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyni oziqlantirishda maqbul me’yorlarda mineral o‘g‘itlar, biopreparatlar va biogumus qo‘llashga asoslangan agrobiotexnologiya taklif etilgan va ushbu tumanning  Paxtakor massividagi “Akmal Xusenov” fermer xo‘jaligining 28,0 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar Milliy markazi 2025 yil 5 sentyabrdagi № 05/06-04-528-son ma’lumotnomsi). Natijada, gumus miqdori 0,01 - 0,03 % ga, nitrat holatdagi azot miqdori 1,5 - 4,4 mg/kg ga, harakatchan fosfor (P₂O₅) 2,0 - 5,2 mg/kg ga, almashinuvchi kaliy (K₂O) 20 - 35 mg/kg ga oshishiga erishildi. Shuningdek, gektariga N180P90K60 qo‘llangan variantda 3,7 s/ga, biogumus - 4,6 s/ga, Azospirillum - 5,0 s/ga, Microzym-1-5,6 s/ga va Rizokom-2 qo‘llangan variantda esa 6,8 s/ga qo‘shimcha hosil olingan va rentabillik 28-30% gacha oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish